37-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan ish yuritish
325-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish huquqi
Sud o‘zi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu bobda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 146, 192, 326 — 333-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 25.07.2003-yildagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarori.
326-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar
Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar bo‘yicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qaysi qarorlari va ajrimlari bilan sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha qarorlar va ajrimlarni qayta ko‘rish sud hujjatini o‘zgartirgan yoxud yangi sud hujjati qabul qilgan instansiya tomonidan amalga oshiriladi.
(326-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
327-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa va mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilishga asos bo‘lgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 325, 328, 329-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6 va 7-bandlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |