O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish



Download 356,97 Kb.
bet154/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171
Bog'liq
IPK

298-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(298-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjat chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
(298-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
299-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish chegaralari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari bo‘yicha tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirishga va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas.
(299-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 283, 294, 297-moddalari.
300-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) u sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(300-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish