Kassatsiya instansiyasi sudi ish
yuritishni ushbu Kodeksning
10-
bobida
nazarda tutilgan tartibda to„xtatadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
419-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko„rish
natijalari bo„yicha quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o„zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini
(protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to„liq yoxud qisman bekor qilishga va
ishni yangidan ko„rish uchun yubormasdan yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror
qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o„zgartirishga;
4) ushbu Kodeks 399
1
-moddasi
birinchi qismining
1-bandida
va 399
3
-
moddasi ikkinchi qismining
4-bandida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo„lgan
taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor
qilishga va ishni yangidan
ko„rish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga;
5) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to„liq yoki qisman bekor qilishga va
arizani ko„rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to„liq yoki qisman tugatishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo„yicha ilgari qabul qilingan
sud hujjatlaridan birini o„z kuchida qoldirishga.
(419-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-
661-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
419
1
-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko„rsatilgan bo„lishi
kerak:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy;
(419
1
-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi;
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki
to„g„risidagi ma‟lumotlar;
4) ish kimning shikoyati (protesti) bo„yicha ko„rib chiqilganligi;
5) shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan sud hujjatining nomi va uning
qisqacha mazmuni;
6) shikoyatda (protestda) bayon etilgan vajlar,
taqdim etilgan
materiallarning qisqacha mazmuni, ishni ko„rishda ishtirok etgan shaxslarning
tushuntirishlari, prokurorning fikri;
7) kassatsiya instansiyasi sudining xulosaga kelishiga asos bo„lgan sabablar
hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari;
8) qarorning xulosa qismi.
Sud hujjatlari bekor qilingan va ish yangidan ko„rib
chiqish uchun
yuborilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni yangidan ko„rganda qaysi
holatlar
aniqlanishi zarurligini, qaysi dalillar talab qilib olinishi kerakligini,
shuningdek ish topshirilayotgan sud boshqa qanday harakatlarni bajarishi
kerakligini ko„rsatishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni)
rad qilgan taqdirda,
shikoyat (protest) vajlari noto„g„ri deb topilishi yoki hal qiluv qarorini bekor qilish,
o„zgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarish uchun asos bo„lmasligi
sabablarini o„z ajrimida ko„rsatishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ishni ko„rgan sudyalar tomonidan
imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining nusxalari ishda ishtirok etgan
shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan e‟tiboran besh
kundan kechiktirmay pochta
orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e‟tiboran
qonuniy kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: