O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorning javobgarligi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

321-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorning javobgarligi
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga
o‘tkazilgan talabning haqiqiy emasligi uchun javob beradi, biroq qarzdor bu talabni bajarmaganligi


uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun o‘z zimmasiga
kafolatni olgan hollar bundan mustasno.
322-modda. Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish
Qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo‘l
qo‘yiladi.
Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan
barcha e’tirozlarni kreditor talabiga qarshi qo‘yishga haqli.
Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi bo‘lmasalar, qarz
boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor
bo‘ladi.
Qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish shakliga ushbu Kodeks 320-moddasining 
birinchi
va
ikkinchi
 qismlaridagi qoidalar tegishincha qo‘llaniladi.
323-modda. Qarzni va ijroni bir paytda boshqa shaxsga o‘tkazish
Qarzdorni qarzni to‘lash majburiyatidan ozod qilmagan holda qarzni yoki uning qismini
boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi
uchun solidar javobgar bo‘ladi.
Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida uchinchi shaxs majburiyatning
bajarilishi bo‘yicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli bo‘ladi.
24-BOB 
MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
324-modda. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati
Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga
yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni
aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy
qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo‘lmasa, — da’vo qo‘zg‘atilgan
kunda mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to‘lash haqidagi
talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi
mumkin.
(324-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun ko‘rilgan choralar va shu
maqsadda ko‘rilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish