O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Qarzdorning yangi kreditor talabiga qarshi e’tirozlari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

317-modda. Qarzdorning yangi kreditor talabiga qarshi e’tirozlari
Qarzdor majburiyat bo‘yicha huquqlar yangi kreditorga o‘tganligi haqida ogohlantirish olgan
paytida dastlabki kreditorga qarshi e’tirozlarini yangi kreditorning talabiga qarshi qo‘yishga haqli.
318-modda. Kreditor huquqlarining qonun asosida boshqa shaxsga o‘tishi
Kreditorning majburiyat bo‘yicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda o‘tadi:
1) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida;
2) kreditor huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi sudning qaroriga muvofiq;
3) qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan kafil yoki garovga
qo‘yuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida;
4) sug‘urta holati boshlanishi uchun javobgar bo‘lgan qarzdorga nisbatan kreditor
huquqlarining sug‘urta qiluvchiga subrogatsiyasi (o‘tishi) natijasida;
5) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
319-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kreditorning o‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonunchilikka
yoki shartnomaga zid bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi.
(319-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kreditorning shaxsi qarzdor uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan majburiyat bo‘yicha
talabdan qarzdorning roziligisiz boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
320-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shakli
Oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs
foydasiga voz kechish o‘sha shaklda amalga oshirilishi kerak.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim bo‘yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga
voz kechish ushbu bitimni ro‘yxatga olish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ro‘yxatga olinishi kerak.
Orderli qimmatli qog‘oz bo‘yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu
qimmatli qog‘ozga indossament (talab qilish huquqini o‘tkazish yozuvi) yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish