O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


Shaxs oti yasovchi qo`shimchalar



Download 445,48 Kb.
bet62/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Shaxs oti yasovchi qo`shimchalar. Bu guruhdagi otlar katta miqdorni tashkil qilganidek, turli ma`nolarni ham ifodalaydi. Shaxs oti yasovchilar orasida eng faol va turli ma`nolardagi otlar yasovchi qo`shimcha
- chi qo`shimchasidir . Bu qo`shimcha barcha so`z turkumlari va boshqa tillardan kirgan so`zlarga ham qo`shilib quyidagi ma`nolarni ifodalovchi otlar yasaydi .
1. -chi qo`shimchasi: a) ot va fe`l negizlarga qo`shilib, negiz orqali ifodalangan narsa, predmet bilan shug`ullanuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: ishchi, suvchi, terimchi, o`quvchi, o`qituvchi kabi.
b) Ot, sifat, son negizlarga qo`shilib negiz anglatgan predmet, narsa-hodisaga mansub ekanlikni ifodalovchi otlar yasaydi: Tursunoychi, musobaqachi, a`lochi, og`machi, o`n mingchi.
d) Fe`l va sifat negizlarga qo`shilib negiz anglatgan belgi, xususiyatga egalikni bildiruvchi otlar yasaydi: yozuvchi, sinovchi, qiziqchi, yolg`onchi kabi.2) kasb-hunar yoki mutaxassislikni ifodalovchi so`zlarga qo`shilib, negiz orqali anglashilgan kasb-korga egalikni bildiruvchi otlar yasaydi: pichoqchi, suvoqchi, tilchi. 2. -dosh. Bu qo`shimcha negiz anglatgan shakl yoki predmet bilan birgalik ma`nosidagi otlar yasaydi. a) Yashash joyda fikrda birgalikni ifodalovchi otlar yasaydi: vatandosh, mahalladosh, fikrdosh, suhbatdosh. b) qarindoshlik jihatdan birlikni bildiruvchi otlar yasaydi: qarindosh, qondosh, jondosh.
-dosh qo`shimchasi bilan o`rinda birlik: sinfdosh, vatandosh; paytda birlik: zamondosh, asrdosh, holatda birlik: fikrdosh, suhbatdosh kabi otlar yasalganidek, ayrim tilshunoslik atamalari ham hosil bo`lgan: sifatdosh, ravishdosh kabi.
3. -kash. Bu qo`shimcha tojik tilidan o`zlashgan bo`lib, tojikcha kashidan “tortmoq” so`zining o`zbek tilida affikslashgan shaklidir. -kash qo`shimchasi asl ma`nosiga mos holda “yurgizuvchi” ma`nosidagi otlar yasaganidek : tuyakash, aravakash, “biror ish bilan shug`ullanuvchi” ma`nosidagi otlar ham yasaydi: mehnatkash, chizmakash.
4. -bon. Negiz orqali anglashilgan predmetni qo`riqlovchi, qarovchi ma`nosidagi otlar yasaydi: darbozabon, bog`bon.
5. -dor. Tojikcha “ushlamoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali anglashilgan narsaga egalikni ifodalovchi otlar yasaydia; puldor, mulkdor, chorvador, aybdor.
6. -boz. Negiz orqali anglashilgan predmet bilan shug`ullanuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: nayrangboz, masxaraboz, dorboz, kaptarboz.
7. -paz. Tojikcha “ pishirmoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali anglashilgan taomni pishiruvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: oshpaz, somsapaz, kabobpaz.
8. -shunos. Tojikcha “bilmoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali anglashilgan sohani egallaganlik ma`nosidagi otlar yasaydi: tilshunos, adabiyotshunos, o`lkashunos kabi.
9. -parast. Negiz orqali anglashilgan ishga berilganlik ma`nosidagi otlar yasaydi: amalparast, mansabparast kabi.
10. -furush. Tojikcha “sotmoq” so`zidan o`zlashgan bo``lib, negiz orqali ifodalangan predmetni sotuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: nosfurush, qovunfurush.
11. - parvar. Tojikcha ‘’saqlamoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali ifodalangan predmetga sodiqlik ma`nosidagi otlar yasaydi: vatanparvar, xalqparvar, ma`rifatparvar kabi.
12. -xo`r. Tojikcha “emoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali ifodalangan taomni ko`p eyuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: oshxo`r, samsaxo`r kabi. Shuningdek, ishyoqmaslik, dangasalik ma`nosini ifodalovchi : nonxo`r, yuvindixo`r; yomonlik ma`nosidagi: odamxo`r, qonxo`r; mehribonlik ma`nosidagi: g`amxo`r, kabi otlar yasaydi:
13. -soz. Tojikcha “ yasamoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali ifodalangan narsani tuzatuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: soatsoz, aravasoz, mashinasoz.
14. -do`z. Tojikcha “tikmoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali anglashilgan narsani tikuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: do`ppido`z, mahsido`z, etikdo`z kabi.
15. -xon. Tojikcha “o`qimoq” so`zidan o`zlashgan bo`lib, negiz orqali anglashilgan narsani o`qish bilan shug`ullanuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: gazetxon, kitobxon.
16. -gar, -kor, -kar. Negiz orqali angshilgan predmet bilan qiziquvchi, u bilan shug`ullanuvchi ma`nosidagi otlar yasaydi: zargar, kimyogar, san`atkor, paxtakor, miskar.
Narsa - qurol otib yasovchi qo`shlmchaiar. Narsa -qurol otlari asosan ot va fe`l negizlaridan yasaladi. Narsa -qurol otlarini yasashda fe`l negizlar ancha faoldir .Qo`yidagi qo`shimchalar narsa- qurol otlari yasovchi qo`shimchalardir:

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish