O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


Mavhum ot yasovchi qo`shimchalar



Download 445,48 Kb.
bet64/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Mavhum ot yasovchi qo`shimchalar. Tubandagi ot yasovchi qo`shimchalar turli turkumdagi negizlarga qo`shilib, mavhum ot yasaydi.
1 -lik(-liq). Bu qo`shimcha mavhum ot yasovchi eng faol qo`shimcha bo`lib, quyidagi negizlardan ot yasaydi:
a) sifatlarga qo`shilib belgi, xususiyat ifodalovchi otlar yasaydi: go`zallik, yaxshilik, soflik;
b) otlarga qo`shilib holat ifodalovchi mavhum ot ysaydi: yigitlik, do`stlik, dushmanlik;
v) shaxs otlariga qo`shilib, o`zak orqali anglashilgan predmet, soha bilan shug`ullanuvchi ma`nosidagi mavhum ot yasaydi: binokorlik, tuproqshunoslik, manbashunoslik, pichoqchilik, zargarlik;
g) ravishga qo`shilib, harakatning mavhum miqdorini: tezlik ,ko`plik, songa qo`shilib, uning mavhum miqdorini: onlik, yuzlik bildiruvchi otlar yasaydi.
d) -liq qo`shimchasi bor modal so`ziga qo`shilib mavjudlik ma`nosidagi ot yasaydi: borliq.
2.-chilik. Bu qo`shimcha murakkab qo`shimcha (chi+lik) tartiblaridan tuzilgan bo`lib, ot, sifat negizlarga qo`shilib kasb-hunar bildiruvchi mavhum ot yasaydi: to`qimachilik , paxtachilik , chorvachilik ,dehqonchilik, pichoqchilik, suvoqchilik.
3. -garchilik. Bu qo`shimcha ham murakkab (gar-chi-lik) tarkiblardan tashkil topgan bo`lib, holat bildiruvchi mavhum ot yasaydi: yog`ingarchilk, loygarchilik.
4. - ch (inch). Fe`l negizlarga qo`shilib, kishidagi ruhiy holatni bildiruvchi mavhum ot yasaydi: seving, ishonch, quvonch.
5. -sh(-ish). Fe`l negizlarga qo`shilib harakat oti yasaydi: yig`ilish , tug`ilish.
Sintaktik usul bilan qo`shma va juft otlar yasaladi.Ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro ma`no va grammatik jihatdan birikishi asosida vujudga kelgan otlar qo`shma otlar deyiladi. Qo`shma otlar tarkibi quyidagi so`zlardan tashkil topadi.
1. Ot+ otdan: belbog`, qo`lqop, muzqaymoq, toshko`mir, Sirdaryo.
2. Sifat+ otdan: oqqush, oqsoqol, qizilo`ngach, sassiq popushak.
3. Son+otdan: to`rt burchak, uchburchak, To`rtko`l, Besh buloq.
4. Ot+ fe`ldan : o`rinbosar, beshiktervatar, muzyorar, kunga boqar kabi.
Qo`shma otlar quyidagicha yoziladi:
1.Ikki yoki undan ortiq so`zlarning birikuvidan tashkil topib, bir ma`no ifodalaydigan , bir urg`u bilan aytiladigan, otlar qo`shilib yoziladi: kunga boqar, oshqozon, belbog`, gultojixo`roz, Jarqo`rg`on kabi.
2.Ikki yoki undan ortiq so`zlarning birikuvidan tashkil topib, alohida urg`u bilan aytiladigan, tarkibli qo`shma otlar ajratib yoziladi: xalq xo`jaligi, Markaziy Osiyo, Qarshi cho`li kabi.Ikki so`zning o`zaro grammatik jihatdan teng bog`lanishidan hosil bo`lib, bir umumiy ma`no anglatuvchi otlar juft otlar deyiladi: ota-ona, aka-uka kabi.
Juft otlar tarkibi quyidagicha so`zlardan tashkil topadi.
1. O`zaro ma`nodosh bo`lgan so`zlardan: mehr- shafqat, kuch-qudrat, shon-sharaf, baxt-saodat.
2. Bir -biriga yaqin ma`noli, aralash tipdagi so`zlardan: ota-ona, aka-uka, qozon-tovoq, uy-ro`zg`or.
3. Tarkibidagi birinchi so`z mustaqil ma`no bildiradigan, ikkinchi so`z ma`no bildirmaydigan so`zlarning birikishidan: bozor-o`chor, don-dun, kiyim-kechak kabi.
Takror otlar ham tuzilishi jihatidan juft otlarga mansub. Biroq ular yasama ot sirasiga kirmaydi. Chunki, takror otlar tarkibidagi ikkinchi so`z fonetik jihatdan o`zgargan holda qo`llanilsa - da,birinchi so`z ifodalagan ma`nodan boshqa ma`noni bildirmaydi. Zero, birinchi so`z ifodalagan ma`no takror otlardagi asosiy ma`no bo`lib qoladi: non-pon, tosh-posh, kitob-mitob kabi.
Qisqartma otlar. Nutqda qisqalikka erishish maqsadida bir qator tarkibli otlar qisqartirilib qo`llaniladi. Bunday otlar qisqartma otlar deyiladi. Masalan, BMT, DAN, MHD kabi.
So`zlarni bu tipda qisqartirib qo`llash faqat ot turkumiga xos. So`z qisqarishi ham yasalishning bir turi bo`lib, unga abbreviatura usuli deyiladi.
Qisqartma otlar quyidagicha shakllardan iborat bo`ladi:
1. So`zlarning bosh harflari olingan holda so`z qisqartiriladi .Bunday qisqattmalar bosh harflar bilan yoziladi. GES, BAA(Birlashgan Arab Amirligi).
2. Birinchi so`zning birinchi bo`g`ini, keyingi so`zlarning bosh harflari olingan holda so`zlar qisqartiriladi; O`zR, O`zRFA, O`zMU kabi .



Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish