O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, sh, ch, k, q, x, h



Download 445,48 Kb.
bet30/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

2. jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, sh, ch, k, q, x, h.
Undoshlarni jarangli va jarangsizlarga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi:
a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda, tovush paychalari qatnashib taranglashadi va ular orasidadan o`tayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratadi. Jarangsizlarni talaffuz qilganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va taranglashmaydi;b) jarangli undoshlarni talaffuz qilganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo`shiladi. Lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo`ladi. v) Jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil bo`ladi va ovoz mutlaqo ishtirok etmaydi.
Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko`p bo`ladi. SHuning uchun ham ular undoshlar ichiga ovozliroq bo`lib unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo`lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O`zbek tilida sonorlar beshta -m, ng, n, l, r .
Boshqa undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.
II. Hosil bo`lish o`rniga ko`ra undoshlar uch turga bo`linadi: 1) Til undosh lari; 2) Lab undoshlari;3) bo`g`iz undoshlari.
1. Til undoshlari to`rt xil;1) til oldi; d, j, z, e, n, r, s, t, ch, sh; 2) til o`rta y, 3) til orqa; k, g, ng, 4) chuqur til orqa undoshlari: q, g`, x.
2. Lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo`lib,ularga b, p, m, v, f, undoshlari kiradi. Bular ham o`z navbatida ikki turga bo`linadi; 1) lab -lab undoshlari; b, p, m, 2) lab-tish undoshlari: v, f. Lab undoshlari boshqa tillardan o`zlashgan so`zlar tarkibida keladi. masalan, vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon , telefon kabi.
3. Bo`g`iz undoshlari h. Bu tovush bo`g`iz boshlig`ida hosil bo`ladi.
III. Hosil bo`lish usuliga ko`ra undoshlar uch turga bo`linadi: 1) portlovchilar; 2) sirg`aluvchilar; 3) portlovchi -sirg`aluvchilar.
1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a`zosining o`zaro jipslashuvi va o`pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a`zolarga zarb bilan urilib, portlab o`tishidan hosil bo`ladi; Bunga: b, g, d, j, k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchilar ham o`z xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q . b) qorishiq portlovchilar; ch, j, (d+j).
II . Sirg`aluvchi undoshlar ikki nutq a`zosining o`zaro yaqqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a`zo orasidan ishqalanib-sirg`alib chiqishi bilan hosil bo`ladi va unga v, j (jabra so`zidagi), z, y, s, f, x, sh, g`, h undoshlari kiradi.
Masalan, havo oqimining ikki lab o`rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi v, f, undoshlarini; til bilan yuqori milk o`rtasidagi tor oralig`dan sirg`alib o`tishi j, z, s, sh undoshlarini tilning o`rta qismi bilan qattiq tanglayning o`rta qismi orasidagi tor oralig`dan sirg`alib o`tishi Y undoshni: tilning o`rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o`rtasidagi tor oralig`dan sirg`alib o`tishi g`, x undoshlarini: bo`g`izdagi un paychalari orasidagi tor oralig`dan sirg`alib o`tishi h, undoshini hosil qiladi.
III. Portlovchi - sirg`alubchi undoshlar portlash va sirg`alish jarayonining bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m, n, ng, r undoshlari kiradi.
Bu undoshlar hosil bo`lish uculiga ko`ra portlovchilar sirg`aluvchilardangina emas, hatto o`zaro ham farqlanadi. Masalan, m undoshning hosil bo`lishida havo oqimining bir qism og`iz bo`shlig`idan lablarning to`sig`iga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shligidan sirg`alib chiqadi n undoshida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka tegib yarim portlash yuz beradi, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqadi.
Havo oqimining burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqishi ng, (n+g) tovushini ham hosil qiladi. Shuning uchun bunday tovushlar burun undoshlari deyiladi; l undoshini hosil qilishda til uchi yuqorida tomon bukilib, milkka tegadi, lekin havo oqimining tilning ikki yonidan sirg`alib o`tishi uning og`iz bo`shligidan bir qism portlab, biir qism sirg`alib o`tishiga olib keladi, shu sababli u yon tovush deb ataladi, r undoshlarini hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo to `lqini tilning uchiga zarb bilan
kuchli uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi havo oqimining og`iz bo`shlig`idan ham portlab, ham sirg`alib chiqishiga sabab bo`ladi va shunga ko`ra u titroq tovush yuritiladi.
Portlovchi- sirg`aluvchi tovushlarning hosil bo`lishida port- lovchilarga xos ikki nutq a`zosining jipslashuvi, ham sirg`aluvchilarga o`xshash ikki nutq a`zosi orasidagi tor oraliqdan ( yoki burun bo`shlig`idan ) sirg`alib o`tishi yuzaga keladi.



Ovoz va shovqin ishtirokiga ko`ra

Hosil bo`lish o`rniga ko`ra

Hosil bo`lish usuliga ko`ra











lab undoshlari

til undoshlari







lab-lab

lab-
tish

til
oldi

til
o`rta

til
orqa

chu.til
orqa

bo`g`iz
undoshlari

sof port-
lovchilar

sh

jarangli

b




d




g







sof


Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish