O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir



Download 445,48 Kb.
bet27/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Umumiy fonetika.Nutq tovushlarining nazariy masalalari, ohang urg`uning tabiati, bo`g`in tuzilishi tilning tovush tomonining grammatik tizimiga munosabati kabi masalalarini o`rganiladi.
Xususiy fonetika. Aniq bir tilni (masalan, o`zbek tili) ning nutq tovushlari,urg`usi bo`g`in tuzilishi, ohang tomoni kabi masalalar o`rganiladi.
Tarixiy (diaxron) fonetika. Tovush tizimidagi taraqqiyot va o`zgarishlarni o`rganadi.
Tasviriy (sinxrom) fonetika. Muayan birorta tilning ma`lum bir davrdagi (masalan, o`zbek tili) ning tovushlar tuzilishini o`rganadi.
Eksprimental fonetika.Tildagi tovushlarning artikulatsiyasi va akustik tomonini ma`lum asbob lar orqali tekshiradi va boshqalar.
23 s. O`ZBEK TILINING FONETIK VOSITALARI

So`z ma`nolarini ajratish va chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar deyiladi.Bunga nutq tovushlari, urg`u, ohang kiradi.Nutq tovushlari alohida kelsa ma`no ifodalamaydi, balki har qanday so`z nutq tovushlari vositasida shakllanadi. Masalan: o,f,t,o,b, o,l,m,a, tovushlarini ma`lum bir tartibda talaffuz qilsak oftob, olma so`zlari hosil qilinadi.So`zlar o`z tovush tarkibiga ko`ra turlicha bo`ladi:


1. Bir tovush bilan farq qiladigan so`zlar; osh-oz, o`t-o`s, oq- ot, ov-ol, or-os,ol-ov, bola-tola, aziz-azim, olma-olsa kabi.
2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko`ra farq qiladigan so`zlar; xo`sh- sho`x(birinchi so`z tarkibidagi birinchi tovush x ikkinchi so`zning oxirida qo`llangan).
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so`zlar: sava-savat, tana-tashna, cana-sahna, o`roq- so`roq, o`rik- ko`rik, taxt-taxta kabi.
Demak, tovush so`zning eng kichik bo`linmaydigan fonetik birligidir. Masalan, ona so`zida uchta (o+n+a), bola so`zida to`rta (b+o+l+a) mehnatkash so`zida to`qqizta (m+e+h+n+a+t+k+a+sh) tovush bor.
So`z ma`nolarini farqlash uchun ishlatiladigan nutq tovushlari fonema deyiladi. Masalan, bor-bar, bo`r -so`zlari tarkibidagi o, a, o` unli tovushlari, bosh- qosh, tosh, shosh so`zlaridagi b, q, t, sh, undosh tovushlari shu so`zlarning ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiluvchi fonemalardir.
Hozirgi o`zbek tilida 31 ta fonema bor, lug`at tarkibidagi barcha so`zlar, grammatik ko`rsatkichlar ana shu fonemalarning ma`lum bir tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllangan.
Ayrim hollarda o`xshash (omonim) so`zlarning ma`no va grammatik shakllariniajratishda urg`u(so`z urg`usi) gapning maqsadiga ko`ra turini ajratishda esa ohang (intonatsiya) fonetik vosita bo`lishi mumkin.

24 s. NUTQ TOVUSHLARINING UCH JIHATI


Nutq tovushlarining uch jihati bor; fiziologik (artikultsiya- talaffuz) jihati, akustik (eshitilish) jihati va lingvistik (funktsional- ma`no) jihati.


Fiziologik (artikulatsiya) ya`ni talaffuz jihati. Nutq a`zolarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati, artikulatsiya deyiladi. Bunda ikki narsa farqlanadi; 1) artikulatsiya o`rni, 2) artikulatsiya usuli.
Nutq tovushlarini hosil qilish paytida u yoki bu nutq a`zolarining faol qatnashgan qismi artikulatsiya o`rni deyiladi. Masalan: л, н, з, с, д, kabi tovushlarni hosil qilishda tilning old qismi va ularning milkka yaqinlashuvi ko`proq kuzatiladi. Shuning uchun bunday tovushlarning artikulatsia o`rni til oldidir.
Tovush hosil bo`lish paytida ikki nutq a`zolarining bir-biri bilan jipslashuvi yoki jipslashmay orada havoning o`tib ketishi uchun bo`shliq
qolishi artikulatsiya deyiladi.Masalan: b, m, p, tovushlari aytilganda lablar bir-biriga jipslashadi va so`ng havo lablarni yorib portlab chiqadi.
Akustik (eshitilish) jihatidan tovush biror jismning boshqa bir jism ta`sirida tebranishi va bu tebranishining quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari tovush paychalarining tebranishidan hosil bo`ladigan ovozdan, nutq a`zolarida hosil bo`ladigan shovqindan iboratdir.
Eshitilishi jihatidan tovushning balandligi kuchi tembri va cho`ziqligi farqlanadi. Tovushning balandligi tebranish miqdoriga bog`liq, agar tebranish qancha ko`p bo`lsa tovush shuncha baland bo`ladi yoki aksincha tebranish kam bo`lsa tovush shunchalik past bo`ladi.
Nutq tovusshlarining kuchi tebranishning shiddatiga bog`liqdir. Tebranish darajasi qanchalik katta bo`lsa, tovush ham hunchalik kuchli chiqadi. Tovushning kuchi o`pkadan chiqayotgan havo oqimining nutq a`zolariga qanday kuch(zarb) bilan urilishiga bog`liq.
Lingvistik (ma`no) jihatdan. Nutq tovushlarini birlashtiruvchi yoki ularni farqlovchi belgilari haqida ma`lumot berildi. Tovushlarning ma`no (funksional) tomoni deyilganda ularning so`zda ma`no farqlash xususiyati tushuniladi. Masalan: bir, bor, bar, bo`r kabi so`zlar uch tovushdan tashkil topgan bo`lsa ham e, u, a, o, o`, kabi unlilar ma`no farqlaydi, demak ular fonema sanaladi. Tovushlarning so`zda ma`no farqlovchi xususiyati fonema uchun asosdir.

25 s. NUTQ A`ZOLARI VA ULARNING VAZIFASI


Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi a`zolar nutq a`zolar deyiladi. Nutq a`zolarining jami nutq apparati deb ataladi. Nutq apparati quyidagi qismlarga bo`linadi;


1. Nafas yo`li ( buunga o`pka, bir juft bronxlar va nafas yo`li yoki traxeya kiradi ). Nafas yo`li tovush hosil qilish uchun havo manbayi sanaladi ya`ni o`zidan yuqaridagi nutq a`zolariga havo yetkazib beradi.
2. Bo`g`iz boshlig`i (bunga halqasimon, piramidasimon,qalqonsimon tog`aylar hamda ovoz (un) paychalari kiradi). Uning vazifasi ovoz (un) manbayidir. Chunki bo`g`izda ko`ndalang joylashgan elastik, yupqa un paychalari mavjud bo`lib,so`zlash paytida o`pkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonor va jarangli undoshlardagi ovoz ana shu un paychalarining bo`g`iz bo`shlig`i va tebranishi natijasidir.
3. Og`iz bo`shlig`i (bunga til tanglay, kichi til, tishlar joylashgan).
U shovqin manbayidir. Chunki bo`g`iz orqali o`tgan havo oqimi til, tanglay -yoki ikki labning to`siqligiga duch kelib, shovqin bo`ladi.
O`g`iz bo`shlig`i pastki jag`ning harakati bilan keng va tor holatga o`tib turadi. Og`iz bo`shlig`idagi a`zolarning turlicha harakati xilma-xil tovushlarning shakllanishiga yordam beradi.
Og`iz bo`shlig`i shovqin qiladigan a`zo bo`lish bilan birga ayni vaqitda tovush kuchaytirgich (rezanator) vazifasini bajaradi.
4. Burun bo`shlig`i. Tovushlarni hosil qilishda bo`yoqdorlik, ohangdorlik vazifasini bajaradi va tovushlarning talaffuzida alohida o`rin tutadi.
Nutq tovushlarini hosil qilishda hamma nutq a`zolari ham bir xilda ishtirok etmaydi. SHunga ko`ra ular ikki turga bo`linadi; 1) faol a`zolar , 2) nofaol a`zolar.
Nutq tovushlarini hosil qilishda nisbatan ko`proq ishtirok etadigan nutq a`zolari faol a`zolar deyiladi. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, tovush paychalari faol a`zolar hisoblanadi.
Tovush hosil qilishda kam qatnashadigan nutq a`zolari nofaol a`zolar deyiladi. Bunga tish, qattiq tanglay, burun bo`shlig`i kiradi.


Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish