O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Download 445,48 Kb.
bet25/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1.Frazeologizm nima ?Turg`un iboralar- chi?


2. Frazeologiya nimani o`rganadi ?
3. Turg`un iboralar so`z qo`shma so`z, so`z brikmasidan qanday farq qiladi?
4. Iboralar qaysi xususiyatlari bilan so`zga o`xshaydi ?
5. Frazeologizmlarning asosiy belgilarini ayting ?
6. frazeologizm (iboralar) turkumiga mansubligi jihatidan qanday turlarga bo`linadi.?
7. Iboralar sintaktik modeliga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
8. Frazeologizmlarning semantik tasnifini ayting?
AMALIY MASHG`ULOT


13-Mashq. Ko`chiring. Matndagi iboralarni topib, tagiga chizing va ma`nosini ayting. 1. Bugun negadir jahli chiqqan, qovog`idan qor yog`ib keladi.(N.F.) Bunga hayron bo`lib yoqasini ushlaganlar ham ozmuncha emas edi.(M.Is)3. Bolalar nafasini icfhiga yutib unga tikilishdi.(Shuhrat). 4. Xayri bibiningf tarbuzi qo`ltig`idan tushdi. (S.A.)5. Ish ning o`zini bilguncha ko`zini bil. (Maqol). 6. Jahli chiqqannidan rangio`chib ketgan edi.(Sh. R.)7. Kabinetni ko`rib Saidaning og`zi ochilib qoldi (A.Q.)8. Hali bir hafta o`tsin, o`p kanbgizni bosib turing (A.Q.)8. Asqar akaning dami ichiga tushib ketdi.(N.F. )
Quyidagi iboralarning ma`nosini aytib bbering? Rixini yormoq xamirdan qil sug`urganday, hafsalasi pir bo`lmoq, tomdan tarasha tushganday, joni uzilmoq, ay roni achimaydi, yuragi qinidan chiqib ketdi, ko`z alaytirmoq.

LUG`ATSHUNOSLIK


19s LUG`ATSHUNOSLIK (LEKSIKOGRAFIYA) HAQIDA TUSHUNCHA


Lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanuvchi leksikologiyaning bir sohasi lug`atshunoslik (leksikografiya) deyiladi. Bu soha o`zbek tilining lug`at tarkibiga kiruvchi so`zlar, iboralar, maqol va matallaar, hikmatli so`zlarni yozma shaklda alfavit tartibida joylashtirib, maxsus kitoblarni tuzish haqidagi talimotdir.




20s LUG`ATLAR VA ULARNING TURLARI

Lug`atlar avvalo, ikki turga bo`linadi; 1) qomusiy lug`atlar, 2)lingvistik (yoki filologik) lug`atlar.
Qomusiy lug`atlar. Bunday lug`atlarning farqlovchi belgilari. Qomusiy lug`atlarning sohasi so`z emas, balki ular bildirgan narsalar, tarixiy shaxslar, jug`rofiy nomlar haqida ma`lumot beriladi.
Qomusiy lugt`atlar ham ikki xil 1) umumiy lugatlar; O`zbekiston Respublikasi qomusi, Toshkent, 14 tomdan iborat “ O`zbek sovet ensiklopediyasi ” kabi; 2) maxsus lug`atlar “ Tibbiyot qomusi”,”Til qomusi”, S.Ibrohimov ”Farg`ona shevalarining kasb -hunar” leksikasi(Toshkent, 1956) va boshqalar.
Lingvistik lug`atlar. Bunday lug`atlarning farqlovchi belgilari.So`zlik shu tilning barcha lug`aviy birliklarini (leksik, frazeologik) o`z ichiga oladi va ularning ma`nosi, grammatik va boshqa xususiyatlari haqida ma`lumot beradi. So`zlik barcha so`z turkumlaridan bo`ladi.
Lingvistik lug`atlar lug`aviy birliklarining necha tillardan olinishiga ko`ra ikki turga bo`linadi.
1)bir tilli ( o`z til ) lug`atlari, 2) ikki tilli(tarjima) lug`atlari.
Bir tilli (o`z til ) lingvistik lug`atlarda so`z va iboralar bir tilda (masalan, o`zbek tilida) izohlanadi. Bunday lug`atlar ham ikki xil ko`rinishda ega. 1) umumiy lug`atlar : izohli lug`at , imlo lug`at, morfemik lug`at va boshqalar.
Masalan: “O`zbek tilining izohli lug`at” 1-11qism, (Toshkent,1992 yil) “O`zbek tilining imlo lug`at” Toshkent,1998 y.(Tuzuvchilar E.D. Panasenko, E.AA. Umarov ), morfem lug`at (A. Gulomov, A. N. Tixonov ). R. Qo`ng`irov, Toshkent, 1977; 2) Maxsus lug`atlar : sinonimlar lug`ati omonimlar lug`ati, antonimlar lug`atlar, dialektologik lug`at, terminologik lug`at, ters lug`at chastotali lug`at, orfoepik lug`at etimologik lug`at, toponimlar lug`ati, ismlar lug`ati, o`zlashma so`zlar lug`ati, frazeologik lug`at va boshqalar.
Misollar, “O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati(A. Hojiev,Toshkent, 1974 ) ”O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati “ (Sh. Rahmatullaev ,Toshkent, 1978). O`zbek tili antonimlarining izohi lug`ati, SH Rahmatulladv, N. Mamatov, R. SHukurov, Toshkent 198 ), “O`zbek ismlari”(E. Begmatov, Toshkent, ) va boshqalar.2) ikki tili (tarjima) lug`atlariga bir tilning lug`aviy birligiga boshqa tilning ma`no jihatdan to`g`ri keladigan ekvivalenti beriladi, o`zga tilning lug`aviy birligi tarjima etiladi va ular quyidagi turlarga bo`linadi.
1) ikki tilli lug`atlar, 2) uch tilli va ko`p tilli lug`atlar, Masalan, o`zbekcha- ruscha lug`at, o`zbekcha- inglizcha lug`at.
Ruscha-o`zbekcha lug`at (A. K. Borovkov tahriri besh tomli, Moskva, 1950-1955), o`zbekcha- ruscha lug`at (S. F. Akobirov, Z.M. Ma`rufov, A. T. Xo`jaxonov, Moskva, 1959) va boshqalar.


Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish