UYUSHISHNING IFODA VOSITALARI.
Uyshiq bo`laklarda gap bo`laklarining uyushib kelishi ikki xil yo`l bilan amalga oshadi. 1) ohang, 2) teng boh`lovchilar.
Ohang yordamida uyushiq bo`laklar sanash ohangi orqali birikadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi: Oqarar, bo`zarar, lovullar yuzlar, falak zamin bo`lar, osmon.(U.A.)
Teng bog`lovchilar. Gap bo`laklarining uyushib kelishida bog`lovchilarning o`rni katta. Bular quyidagicha:
1) va, hamda bog`lovchlari orqali: Bulbullarning va sa`valarning sayrashi bizga zavq beradi. Ko`p o`tmasdan sergo`sht hamda ma`zali shavla tortildi.(O.)
2) Zidlovchi bog`lovchilar orqali: Ketma-ket chaqaloqning yo`g`on, lekin bo`g`iq inga-ingasi eshitildi. (S.Z.)
3) Ayiruvchi va takrorlanuvchi bog`lovchilar orqali: Bektemir dam to`xtab, dam xayol surib turgan generalga duch keldi. (O. ) U o`z o`tmishini goh quvonch, goh g`amgin esladi.
Dillarga orom bag`ishlovchi kuylar goh qizlarning so`lim ovozlariga, goh shaydo bulbullarning gullar o`yiniga mast sayrashlariga, goh qirlar bag`rida cho`ponlarning naylaridan taralgan dilbar ohanglariga jur bo`lar edi. (Sh. R.)
Uyushiq bo`laklar bog`lovchilar orqali birikkanda ular orasiga vergul qo`yiladi.
UYUSHIQ BO`LAKLARDA UMUMLASHTIRUVCHI
BIRLIKLAR
Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi so`z ham ishlatiladi. Umumlashtiruvchi so`z uyushiq bo`laklardan oldin yoki keyin kelishi mumkin. Umumlashtiruvchi so`z uyushiq bo`laklar uchun berilgan so`roqqa javob beradi va umumlashtiruvchi so`zdan keyin ikki nuqta qo`yiladi: Daraxtdagi barcha qushlar: sa`va, bulbul, mayna va boshqalar unga jur bo`ldi (H. F.) Umumlashtiruvchi birlik uyushiqlardan keyin kelganda, undan oldin tire qo`yiladi. Samarqandlik, bog`dodlik, misrlik, hindlik, va xitoy- hamma sayohchilarga bu shahar manzur bo`ldi. (O.)
2.ss GAPNING AJRATILGAN BO`LAKLARI
O`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma`nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladigan va boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam bilan ajratilib, logik urg`u oladigan bo`laklar gapning ajratilgan bo`laklari deyiladi. Masalan: Ariqning bo`yida qalin-qalin mirzateraklarning soyasida, chiroyli taxta karavot turardi. (Sh . R.)
Ajratilgan bo`laklar, qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan to`ldiruvchi, ajratilgan hol kabi turlarga bo`linadi.
Ajratilgan aniqlovchilar. Ajratilgan aniqlovchilar uch xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi, ajratilgan izohlovchilarga bo`linadi.
Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelib uning belgisini bo`rttirish, alohida ta`kidlash uchun xizmat qiladi. Masalan: Seriyoja-oddiy, navqiron, mard yigit- o`rtoqlari uchun jonini fido qildi. (Sh. R.)
Bu misolda oddiy, navqiron, mard yigit sifatlovchilari (Sereyojaning) belgilarini bo`rttirib ko`rsatish uchun sifatlanmishdan keyin keltirildan.
Ayrim hollarda yakka kelgan sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin. Masalan: Shohista, beparvo taxta karavotning ustida nima bilandir shug`ullanardi.
Ajratilgan qaratuvchilar o`zidan oldin kelgan qaratuvchining ma`nosini izohlash uchun xizmat qiladi. Masalan: Sizning, universitet talabalarining, ko`rik tanlovda qo`lga kiritgan g`alabalaringiz hammamizni xursand qildi. (Gazetadan).
Ajratilgan izohlovchi izohlanmishdan keyin keladi va maxsus to`xtam bilan aytiladi. Masalan: Biz, paxtakorlar bu yil mo`l hosil beramiz. Abdulla Qodiriy o`zbek romanchiligining asoschisi -bizning qalbimizda abadiy yashaydi.
Ajratilgan toldiruvchilar o`zidan oldin kelgan to`ldiruvchining ma`nosini izohlaydi, aniqlashtiradi.Masalan: Bolalarining eng kichigini, Durbekni, oldin ko`rmagan ekanman. Biz sinf rahbarimizga, Salima opaga, ko`proq o`rganib qolgan edik.
Ajratilgan hollar o`zidan oldin kelgan holning ma`nosini izohlaydi va unga aniqlik kiritadi.Masalan: Yozda, kanikul kunlarida, ko`pgina badiiy asarlar o`qidik. Uzorda, ko`kimtir tuman ichida mudragan tog`lar ustida, siyrak yuldizlar ko`zlarini horg`ingina qisadilar.(O.)
Agap tomondagi mevazor bog`lar baland ko`tarilgan oy shu`lasida xuddi tutash qalin o`rmonga o`xshab qorayib turar, O`ng , tomonda jarlikning ustida bir qo`rg`on ko`zga chalinadi. (O. Yo)
Ajratilgan bo`laklar o`zi aloqador bo`lgan bo`lakdan ham, gapning boshqa bo`laklaridan ham, yozuvda vergul orqali ajratiladi.
Agar ajratilgan bo`laklar tarkibi-keng (yoyiq) bo`lsa, yoki uning tarkibida uyushiq bo`lak bo`lsa ajratilgan bo`lak bilan izohlanayotgan bo`lak o`rtasida ya`ni so`zini ishlatish mumkin bo`lsa, ajratilgan sifatlovchi gap oxirida kelsa, bunday holda ajratilgan bo`lak boshqa bo`laklardan tire bilan ajratiladi. Masalan: Gulnor o`limining uchinchi kuni , samarqanddan ularning bir qarindoshi -Gulsinbibi opasining o`g`li, sodda dehqon yigit-tasodifan kelgan edi .(O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |