O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


Aniqlov bog`lovchisi. -ki (-kim)



Download 445,48 Kb.
bet98/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Aniqlov bog`lovchisi. -ki (-kim). Bu bog`lovchi eng ko`p qo`llaniliadi.Aniqlov bog`lovchisi deyarli ergashgan qo`shma gaplarning har xil turlarini o`zaro bog`lab, gapning biror bo`lagini izohlab, aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o`tdi hamki inspektor chiqmadi. (A.Q.) Sabab bog`lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog`lovchilar ergashgan qo`shma gap tarkibidagi asosiy fikrning yuzaga kelishidagi sababni ifodalash uchun ishlatiladi. Nega yaxshi ishlamaydi !.Chunki yaxshi savodli siyosiy bilimli muxbirlar kam. (A. Q.)
Maqsad bog`lovchisi: toki . bu bog`lovchi maqsad ma`nosini ifodalovchi ergashgan qo`shma gaplarni bog`lash uchun ishlatiladi.
Chog`ishtiruv bog`lochilari: go`yo, go`yoki .Bu bog`lovchilar voqea -hodisalarni,narsa -predmetlarni o`xshatish uchun ishlatiladi. O`xshatish ergash gapli qo`shma gaplarni bog`lashda qo`llaniladi. “Bog`i maydon” darvozasiga etganda go`yo er yutganday yo`q bo`ldi-qoldi:(O.Yo.)
Bu bog`lovchi ko`pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda ham qollaniladi. Go`yo Shohruh Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir temirchiga qilich buyurgan, temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.) Shart va to`siqsizlik bog`lovchilari: agar, agarda, garchi , basharti. Bu bog`lovchilar yuzaga chiqishi shart bo`lgan voqea- hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo uning yuzaga chiqishiga to`siq bo`la olmasligini ifodalaydi.
Shart va to`siqsizlik bog`lovchilari shart ba to`siqsiz ergash gaplarni o`zaro bog`laydi.


71 s. YUKLAMALAR HAQIDA MA`LUMOT

Fikrning borliqqa bo`lgan munosabatini bildirib, so`z va gaplarga turli modal ma`no qo`shadigan yordamchi so`zlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar o`zi birikkan gapning ma`nosini ta`kidlab. kuchaytirib, chegaralab, so`zga ishonch, gumon, tasdiq, inkor ma`nolarini qo`shish uchun ishlatiladi. Yuklamalar ham gap bo`lagi vazifasida kelmaydi.


Yuklamalar shakl xususiyatlariga ko`ra ikki xil: so`z yuklamalar, affiks yuklamalar. So`z yuklamalar faqat, hatto, agar, havot, nahotki, xuddi. Bular shakl jihatidan so`zlarga teng kelsa ham vazifa nuqtai nazaridan yuklamadir.
Affiks yuklamalar -gina (-kina, -qina), -mi, -chi, -a, (-ya), -u, (-yu) , -da, -oq, -yo`q, -ku, -dir. Yuklamalar quyidagi modal ma`nolarni bildiradi:
1. So`roq va taa`jjub yuklamalari -mi, -chi, -a (-ya), nahotki. Bu yuklamalar turli so`zlarga qo`shilib so`roq ma`nosini, nahot, nahotki yuklamasi esa taajjubni ifodalaydi. Saltanatning gaplari-chi? Ularda haqiqat yo`gini? (O`.U.)2. Kuchaytirruv va ta`kid yuklamalari -ku, -u, (- yu), -da, oq, (yo`q), -ki (kim), axir, hatto, hattoki.
Bu yuklamalar ma`noni kuchaytirish, ta`kidlash uchun ishlatiladi. Tolmas Azimovday insofli odamlar-ku, achinishadi” ( O`.U.) Bu gal eshik tezda ochildi-yu, ichkaridan professorlar chiqib keldi.( O`.U.) 3. Ayiruv va chegaralov yuklamalar -gina (-kina, -qinq) , faqat. Bu yuklamalr narsa-hodisani boshqalaridan ajratish, ish -harakatni chegaralash uchun ishlatiladi. Zebixon bu pachoqqina ko`rimsizgina kamgap bolaning ichida shuncha gap borligini bilmagan ekan. (S.A.)
4. Aniqlov yuklamasi xuddi. Gap mazmunidan anglashiladigan voqea-hodisani boshqasiga o`xshatish uchun ishlatiladi. Osmon xuddi tomlarga tegib turganday. (A.Q.)
5. Gumon yuklamasi -dir. Bu yuklama gumon, noaniqlik ma`nolarini ifodalaydi . Shu payt birdan qo`shiq tindi. Nimadir shitirladi. (S.A.)
Affiks yuklamalardan -gina (-kina, -qina), -dir, -oq(-yo`q), -mi so`zlarga qo`shib yoziladi. Shu kuniyoq havoning aynib qolganligiga qaramasdan Naymanga qarab ketdi. (S.A. ) -ku, -chi, - da, -u (-yu), -a (-ya) yuklamalari so`zlardan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. To`ppa - to`g`ri kirib kelaverganini-ya . (O`U.) Mulla Fazliddin pastroqda to`xtab, qo`l qovushtirdi -yu, engil bir ta`zim bilan javob berdi. (P.Q.)
So`z yuklamalari axir, hatto, hattoki, faqat, nahot, nahotki, xuddi alohida holda yoziladi. Hosili o`rib olingan bug`doyzorlarda, hatto olis yaqindagi bog`larda biron-bir odam qorasi ko`zga chalinmas, hatto qirlarda mollar ham ko`rinmas edi.(O.Yo.)

TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Yordamchi so`zlar deb nimaga aytiladi ?
2. Ko`makchilar qanday bazifalarni bajaradi ?
3. Ko`makchilarning qanday turlari bor ?
4. Qanday so`zlarga bog`lovchilar deyiladi ?
5. Bog`lovchilarning qanday turlari bor ?
6. Bog`lovchilarning gapdagi vazifalari nimalardan iborat ?
7. Yuklamalar ma`no xususiyanlariga ko`ra necha xil ?
8. Yuklamalar qanday yoziladi ?



Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish