O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir



Download 445,48 Kb.
bet76/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

O L M O S H
60 s. OLMOSHNING MA`NOSI VA GRAMMATIK BELGILARI

Predmet yoki uning biror belgisiga nom bo`lmay predmet yoki belgi tushunchasining mavjudligini bildiradigan so`zlar turkumi olmosh deyiladi.Olmoshlar nutqda ot, sifat, son o`rnida qo`llanilib, ular bajaradigan vazifalarni bajarib keladi. Masalan, Xonim hazratlari bugun dafn marosimini o`tkazib ertaga Andijonga kelurlar.Ulug` onangiz ham chorbog`dan qo`rg`onga ko`chmoqchi edilar. Ular sizni qaerdan topurlar. (P.Q.) Shahrimizda chiroyli binolar juda ko`p. Qani edi shunday binolar ko`paysa. Birinchi va ikkinchi gapdagi xonim hazratlari, ulug` onangiz so`z birikmalari o`rnida keyingi gapda ular olmoshni, keyingi gapdagi chiroyli so`zi o`rnida shunday olmoshining qo`llanishi olmoshlarning ot , sifat, son o`rnida qo`llanilishidan dalolat beradi. Olmoshlar nutqda qaysi so`z turkumi o`rnida kelsa, shunga mos holda ma`no ifodalaydi. nutqdan tashqarida esa olmoshlarning ma`nosi mavhum va umumiydir.


Chunonchi, III shaxs birligidagi kishilik olmoshi u orqali shaxslar ifodalansa, ko`rsatish olmoshning xuddi shu shakli orqali barcha predmetlar ko`rsatiladi. Ko`rinadiki, u olmoshining har ikki varianti orqali ko`rsatilayotgan va ifodalangan narsa va predmetlar umumiydir.
Olmoshlar boshqa so`z turkumlari o`rnida kelganligi uchun ular bajarayotgan vazifalarni bajaradi.Olmoshlar ot o`rnida kelganda otga xos vaxifani bajarib otlar kabi kelishik va egalik qo`shimchalarini olib o`zgaradi: mening, meni, menga , manda, mendan, o`zim, o`zing, o`zi kabi.
`Olmoshlar gapda quyidagi bvazifalarni bajaradi. Ega vazifasida keladi:
1) kishilik olmoshlari ega vazifasida keladi. Siz bizdayin suyagi paxtada qotgan odamlarning so`ziga kiravering. (O. O`.)
2) o`zlik olmoshi ega vazifasida keladi. O`zim bilib oldim. (S. A.)
3) so`roq olmoshlari ega vazifasida keladi. Kim biladi, balki ranjimas. (S.A.)
4) belgilash olmoshlari ega vazifasida keladi . Hammasi butun, hammasi bir. (P.Q.)
5) bo`lishsizlik olmoshlari ega vazifasida keladi. Bandi solar yo`lida boshqa hech kim ko`rinmas edi. (P.Q.)
6) gumon olmoshlari ega vazifasida keladi; Asadbek ammamning buzog`iga o`xshab qolibdi, desa birov ishonmaydi. (T. Mal.)
Olmoshlar sifat o`rnida ishlatilganda gapda aniqlovchi vazifasida keladi. Endi bu yozuvlarni davom ettirib, O`sh to`g`risida bita boshladi. (P. Q.)Shuningdek, olmoshlar gapda to`ldiruvchi va hol vazifasida ham keladi. Ikromjon unga piching qildi .(S.A.)Olmoshlar boshqa so`z turkumlari o`rnida kelganligi uchun ularga xos belgilarga ega bo`ladi.Shu bilan bir qatorda o`ziga xos xususiytlari ham mavjud. Bu holat olmoshlarning kelishik va egalik qo`shimchalarini olib qo`llanishidagi o`ziga hosligida yaqqol ko`rinadi. Olmoshlarni boshqa so`zlardan farqlovchi asosiy belgi uning ma`no xususiyatidagi mavhumlik va umumiylikdir. Bu holat olmoshlarning so`z turkumi sifatida ajratilishidagi asosiy mezondir.
Olmoshlar boshqa so`z turkumlaridan yasalmaydi. Ular yasalish xususiyati mavjud emasligi jihatidan songa o`xshaydi.

OLMOSHLARNING MA`NOSIGA KO`RA TURLARI


Olmoshlar ma`no va grammatik jihatdan quyidagi turlarga bo`linadi: kishilik olmoshlari, ko`rsatish olmoshlari, o`zlik olmoshi, so`roq olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo`lishsizlik olmoshlari, gumon olmoshlari.



Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish