AMALIY MASHQLAR
Sifatlarni tahlil qilish tartibi
1. Sifatning ma`nosiga ko`ra turlari
2. Darajasi (Oddiy, qiyosiy, orttirma )
3. Tuzilishiga ko `ra turi.
4. Yasalishiga ko`ra turi.Yasalish usullari
5. Gapdagi o`zi uch to`rt kundan beri ga`latiroq bo`lib yuribdi.(S.A.)
g`alatiroq- sifat, asliy sifat qiyosiy daraja, sodda, tub, sifatlovchi- a niqlovchi vazifasifda .
29-mashq. Sifatlarni topib, qanday belgi bildirganini aniqlang, o`zi bog`langan so`z bilan birgalikfda ko`chirib yozing.
1. Osmon boyagina feruza shihsadek tip-tiniq edi.(O`.U.)2. Og`ir tab`iatlik, ulug` gavdalik , ko`rkam va oq yuzlik, kelishkan qora ko`zlik, mutanbosib qora qoshlik va endigina murtisabza urgan bir yigit. (A.Qod.) 3. Baland kungurador devor bilan o`ralib, yuksak burjlarga to`p o`rnatilgan o`rdadan hovlining har joy- har joyida tosh fonuslar miltirab turardi.(O.Yo.) 4. Egnilariga qizi, ko`k, yashil, movut va kimxo b to`n kiyib, qora qunduz telpak va bo`rklarini boshlariga bostirib olgan boshqa amirlar ham nag`al qoqilgan etiklari bilan marmar zina larni taq-taq bosib, pastga tushib ketishdi. (O.Yo.)
30-mashq. Sifatlarni topib, sifat darajalarini aniqlang.
1. Shu sababli habm keyingi fikrini anchamujmalroq shaklda bayon etdi.(O`.U.)2. Otalar o`az bolalarini dunyodagi bolalarning eng zo`ri, eng xushbichimi deb biladi.(S.A.) 3. Yarim ro`zg`ori qishloqfda qolib juda besaramjon bo`lib ketishdi.(S.A.) 4. -To`xta, to`xta, ona, durustroq qaragin, juda chiroyli.(S.A.)5. Bu erdagi eng ulkan va salobatli bino- to`rt qavatli ko`k saroy edi.(P.Q.) 6. Aslida esa soch-soqoli oppoq, nimjongina bir cholni ko`rdi.(O.Yo.) 7. U qosh-ko`zlari ,qop-qora, qiyg`ir burun, xush surat xotin bo`lsa ham,farishtasi yo`q, chehrasi sovuq ayol edi.(O.Yo.)
SON
57 s. SONNING MA`NO VA GRAMMATIK BELGILARI
Predmetning son-sanog`i, miqdori va joylashish tartibini bildiradigan so`zlar son deyiladi. Sonlar qancha? necha? nechanchi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Sonlar otga bog`lanadi va ot ifodalagan predmetning miqdorini, tartibini bildiradi: ikki o`rtoq, uch dugona, beshinchi sinf kabi.
Sonlar otga bog`lanmagan holda qo`llanilsa son ifodalaydigan miqdor mavhum bo`ladi. Masalan, ikki karra , ikki to`rt. Sonlarning bu xildagi mavhum holda qo`llanishi arifmetik hisob-kitoblar uchun xosdir.
Sonlar tildagi eng kam tub so`zlari mavjud so`z turkumlaridan hisoblanadi. Binobarin boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi. Hozirgi o`zbek tilida faol ishlatiladigan 22 ta tub son mavjud: bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, etti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million, milliard.
Qolgan sonlar shu sonlarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`ladi. Masalan, o`n besh, bir yuz qirq, ikki ming birinchi yil kabi.
Sonlar harf bilan ham: o`n, ming raqam bilan ham: 10,1000 yoziladi. .Raqam asosan arifmetik hisob-kitoblarda ishlatiladi. O`zbek tilida sonlarni qo`llashda ikki hil raqamdan foydalaniladi.
1. Arab raqamlaridan. Bu raqam yillarni chislolarni ifodalashda ishlatiladi: 1999 yil- ayollar yili. 9 may -xotira va qadrlash kuni.
2. Rim raqamidan. Bu raqamdan asrlarni, oylarni, s`ezd, konferensiya, sessiya, chaqiriq sanalarini ko`rsatishda foydalaniladi. VI asr, 10.III.2001 yil, XXI chaqiriq X sessiya kabi.
Sonlar so`z turkumlari orasida o`zining nisbatan mavhumligi bilan ajralib turadi. Chunki sonlar ifodalaydigan miqdor tushunchasi mavhum bo`ladi. Masalan,uch, besh, o`n besh kabi sonlarda faqat miqdor tushunchasi bor. Biroq bu niqdor nimaning miqdori ekanligi noaniq, mavhum . Sonlar ot bilan bog`langandagina bu miqdor nimaning miqdori ekanligi oydinlashadi: besh battar, o`n kishi kabi.Sonlar so`z turkumi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Sonlar boshqa so`z turkumlaridan yasalmaydi, biroq sondan boshqa turkumdagi so`zlar yasaladi: bir+ ik (fe`l,) uch+ lik, (sifat) 2. Sonning muhim morfologik belgilaridan biri turlanmasligidir. Ular ot oldidan kelib, otning miqdorini sanog`ini ifodalab, aniqlab keladi: besh kishi, o`n otliq, yuz uy.
3. Sonlar otlashganda ot bilan bog`lanmaydi. Bu hollarda sonlar ot kabi kelishik qo`shimchalarini olib gapda ot bajaradigan vazifalarda keladi. Masalan, oltovlon ola bo`lsa og`zidagini oldirar. (Maqol.)
4. Sonning modal shakllari songa maxsus son shaklini yasovchi qo`shimchalar qo`shish bilan hosil bo`ladi; to`rt + ta, uch+ ala, besh-ov, olt+ovlon, yuz+larcha kabi.
5. Ko`pincha son bilan ot orasida maxsus sanoq bildiruvchi so`zlar (numerativlar) ishlatiladi: uch kilogramm yog` , o`n gektar yer.
Sonlarning qo`llanilishi birlik, yuzlik va minglik tizimi bo`yichadir. O`ndan yuzgacha bo`lgan sonlarni ishlatishda katta sonlardan boshlab aytiladi: o`n besh, ellik uch, to`qson olti.Yuzdan yuqori sonlarni aytishda kichik sonlardan boshlab aytiladi: bir yuz ellik, bir ming to`qqiz yuz ellik.
Sonlar quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:
1. Ot oldidan kelib aniqlovchi vazifasini bajaradi: O`rta bo`yli yo`g`on gavdali ko`k movut avrali po`stin kiygan, qirq besh yoshlardagi bir kishi kirdi. (A. Q.)
2.Fe`l oldidan kelib hol vazifasini bajaradi. Fikrlar tuyg`ular o`ylar sonsiz bir -biriga ulashib boradi, chuvalashadi. (O.)
3. Ot yoki fe`lga bog`lanmagan holda ega, to`ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi: besh karra besh -yigirma besh, o`ndan beshni olsa besh qoladi..
Sonlar orasida ma`no va grammatik xususiyatlari jihatidan bir soni alohida ajralib turadi. Bir soni bir tomondan sonlarga xos: bir uy, birinchi uy xususiyatlariga ega bo`lganidek, sonlarga xos bo`lmagan xususiyatlarga ham ega. Shunga ko`ra bir soni quyidagi ma`nolarda ifodalanadi. 1. Noaniqlik ma`nosini ifodalaydi: Uyimizga bir kishi keldi.
2. Miqdor ifodalovchi so`zlarga va so`roq olmoshlariga qo`shilib ko`plikni, ortiqlikni ifodalaydi: bir talay, bir necha, bir qancha; ba`zan kamlikni ham ifodalaydi: bir muncha. Bular tag`in bir muncha yurgandan so`ng katta darvoza oldida to`xtadilar. (O.)
3. Ot, sifat, fe`l , ravish oldidan kelib ma`noni kuchaytiradi. Bir jum hayratda qolgan chol kalovlanib o`rnidan turdi, ikki qo`llab ko`rishgach, mehmonni taqir po`stakka taklif qildi.(O.)
4. Ayiruv bog`lovchisi vazifasida keladi: bir yig`laydi , bir kuladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |