HOL VA UNING IFODALANISHI
Ish- harakatining belgisi, qay tarizda bajarilishi, sababi maqsadi va uning bajarilishi bilan bog`liq bo`lgan o`rin va paytga munosabatini ifodalovchi gap bo`lagi hol deyiladi qay tarizda? qay holatda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? kabi so`roqlardan biriga javob beradi.
Hol ravish, ravishdosh, jo`nalish, chiqish, o`rin kelishigidagi ot yoki ko`makchili ot bilan, taqlidiy so`z va son bilan ifodalanadi.Hol vazifasida keluvchi so`z turkumi, asosan, ravishdir. Masalan:
Tong chog`i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi.
(U. A.)
Ravishdoshning ham asosiy vazifasi gapda hol bo`lib kelishdir. Masalan: G`ulomjon qishloqda bo`lgan voqealarni oqizmay -tomizmay so`zlab berdi. (M. I.)
Hol ma`no xususiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: ravish holi, payt, holi, o`rin holi, sabab holi, maqsad holi, daraja - miqdor holi.
Ravish holi. Ish- harakatining qaytarzda bajarilishini bildiradigan hol ravish holi deyiladi. Masalan: Ali Qushgchi o`ychan odimlaganicha rasadxonaga kirdi. (O. Yo)
Bulut zamin bilan yig`lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg`ab uchrashdi.
(U. A.)
O`rin holi. Ish- harakatining bo`lish, yo`nalish, boshlanish o`rnini bildirgan hol o`rin holi deyiladi. Masalan:
Bunda bulbul kitob o`qiydi
Bunda qurtlar ipak to`qiydi. (H.O.)
Qalandar atrofiga diqqat bilan razm soldi (O. Yo) . Tepadan unga tanish ko`chalar, uylar, dalalar bir-bir ko`rinib o`tadi. (P. Q.)
Payt holi. Ish- harakatining bajarilish paytini bildiradigan hol payt holi deyiladi. Masalan:
Ertalab osh suzsak, bir nasiba kam (G.G.)
Ular Samarqanddan kecha tun yarmida chiqqan, tong otguncha, yo``l yurib, subhidan shu jilg`aning boshidagi yong`oqzorga kelib qo`nishgan edi.(O. Yo.)
Daraja -miqdor holi. Ish- harakatining bajarilishini daraja- miqdor jihatidan aniqlab keladigan hol daraja- miqdor holi deyiladi. Masalan: Yigirma uch gul fasli , barigday umrimdan uchdi. (U.A.)
Mard bir marta oladi, nomard ming marta (Maqol).Ko`p o`yla, kam suyla (Maqol).
Sabab holi. Ish -harakatining bajarilish sababini bildiruvchi hol sabab holi deyiladi. Masalan:
Ne uchun sevaman O`zbekistonni,
Tuprog`in aylab ko`zga to`tiyo
(A. O.)
Mustaqillik bo`lgani uchun biz dunyo hamjamiyatiga a`zo bo`ldik. (Gazetadan). Sen bor uchun men buyerlarga keldim.Elmurod xursandligidan tez-tez qadam bosib ilgari yurib ketdi. (P. T.)
O`zi seni nega sevdim,
Buncha bo`lmasam ojiz.
Maqsad holi. Ish-harakatining bajarilish maqsadini anglatuvchi hol maqsad holi deyiladi.
Bola ekan tish chiqardim,
Yovlarni tishlasin deb.
(H.O.)
Ko`rgali husningni zori mubtalo bo`ldim senga. (A.N.)Atay senga she`r yozdim mustaqil O`zbekiston. (Gazetadan) Olimpiada g`oliblarini qutlagani butun shahar to`plandi. (Gazetadan)
Do'stlaringiz bilan baham: |