SINTAKSIS
75-s SINTSKSIS VA UNING TURLARI
Sintaksis termini grek. suntaxis “tuzish” lemakdir. Gap va uning tuzilishi, turlari so`z birikmasini o`rganuvchi gramatikaning bir bo`limi sintaksis deyiladi.
Ma`lumki, kishilar bir -birlari bilan fikr almashadilar; aloqa qiladilar. Bu esa gap orqali ro`yobga chiqadi. Gap o`z navbatida so`zlarning turli sintaktik munosabatlari asosida tuziladi. Ana shu fikr almashuv vositasi bo`lgan gap va so`z birikmasini o`rganish sintaksisning asosiy vazifasidir.
SHunga ko`ra sintaksisning o`rganish sohasi birnecha turlarga bo`linadi.
So`z shakl sintaksisi -har bir gapda ma`lum bir shaklda ishtirok etadigan mustaqil so`zlarni ya`ni gap bo`laklarini o`rganadi.Masalan: oftob olamni yoritadi (gapida oftob -ega, olamni to`ldiruvchi, yorimadi -kesim) kabi.
So`z birikmasi sintaksisi - o`zaro sintaktik bog`lanib, tushuncha ifodalovchi birliklarni o`rganadi. Masalan: rektorning bo`yrug`i, quyoshning tafti, odamlarning fikri, talabaning kitobi.
Gap sintaksisi -o`zaro sintaktik bog`lanib, fikr ifodalovchi birliklarni -sodda va qo`shma gaplarni o`rganadi. Masalan, Bahor keldi.(sodda gap). Bahor keldi, gullar ochildi (qo`shma gap).
Matn sintaksisi- mazmuniy yaxlitlikni tashkil etgan oliy darajadagi kommunikativ butunliklarni o`rganadi. Masalan,Bizning keyingi yillarda erishgan eng katta yutug`imiz - bu umumiy xonadonimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir.
(I. Karimov ). Sintaksisning asosiy birliklari quyidagilar;
1.So`z (leksema)- leksik, so`z shakl-grammatik birlik, ma`lum grammatik shakldagi so`z (so`z shakl) gapda ma`lum sintaktik vazifa bajaradi, sintaktik birlik bo`ladi va gap bo`lagi vazifasini bajaradi;
2. So`z birikmasi - so`zlar o`zaro sintaktik bog`lanib, tushuncha ifodalovchi birlik- so`z birikmasini hosil qiladi. U gap tarkibida uni hosil qiluvchi unsur hisoblanadi.
3. Gap- so`zlar sintaktik bog`lanib xabar bildiruvchi, fikr ifodalovchi birlik yuzaga keladi.
76- s SO`Z BIRIKMASI
Tushunchalar orasidagi munosabatlarni ifoda qilish uchun ma`no va grammatik jihatdan o`zaro b og`lanib kelgan ikki va undan ortiq mustaqil so`z , so`z birikmasi deyiladi. Masalan: a`lochi talaba, keksa bog`bon, tovushdan tez, oppoq qor, Shohistaning kitobi.
So`z birikmasi kamida ikkita mustaqil so`zning o`zaro grammatik jihatdan bog`lanishidan hosil bo`ladi.So`z birikmasi erkin birikma hisoblanadi va turg`un birikmalardan farq qiladi.
Turg`un birikmalar tarkibidagi so`zlar o`rnini almashtirib bo`lmaydi va ular bir gap bo`lagi vazifasini bajaradi. Erkin birikma tarkibidagi so`zlar o`rnini almashtirish mumkin va birikma tarkibidagi harbir so`z alohida gap bo`lib kela oladi .Misolarni solishtiring:
Anvarning bu gaplardan keyin hafsalasi pir bo`ldi (gapida hafsalasi pir bo`ldi -kesim, turg`un birikma), Anvarning onasi uyga keldi (Anvarning -aniqlovchi, onasi ega- erkin birikma).
So`z birikmasi nutq birligi va nutq jarayonida yuzaga keladi; turg`un birikma esa til birligidir.
So`z birikmasini gap va qo`shma so`zlardan ham farqlash kerak. So`z birikmasi teng bo`g`langan so`zlardan ham farq qiladi. Qiyoslash uchun misollar: chiroyli kuylakli qiz (so`z birikmasi) chiroyli qizni ko`rdim (gap), eryong`oq (qo`shma so`z ), chiroyli (so`z), janoblar va xotinlar(teng bog`lanish ) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |