O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-§. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

2-§. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun 
loyihalari (qonunlar), shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan 
qonunlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining 
o‘ziga xos xususiyatlari 
82. O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi (qonun) nomlanishga ega bo‘lmagan moddalardan 
iborat bo‘ladi. Moddalar bandlarga yoki xatboshilarga bo‘linadi. Moddalardagi bandlar 
xatboshilarga bo‘linadi. 
Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish va qonunlarni yoki ularning 
tarkibiy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normalar qonunlarda 
arab raqamlari bilan raqamlanib, kichik qavslar bilan yopiladigan bandlardan iborat 
alohida moddalar tarzida bayon etilishi mumkin. 


5-bob. Loyihaga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarga qo‘yiladigan 
asosiy talablar 
83. Loyihaga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallar, qoida tariqasida, 
axborot-tahliliy materialning hajmiga qarab Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi 
parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi: 
sahifaning chap hoshiyasi 1 — 3 sm, o‘ng hoshiyasi 1-2 sm, pastki va yuqori 
hoshiyasi 1-2 sm; 
axborot-tahliliy materialning hajmiga qarab 11 — 14 o‘lchamli shrift; 
birinchi qator xatboshisi 0,50 — 1,27 sm; 
qatorlar o‘rtasidagi interval (mnojitel) 1 — 1.2. 
84. Loyihaning tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak: 
normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini 
asoslantirish, shu jumladan loyiha tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari 
(topshiriq mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
loyihani ishlab chiquvchining to‘liq nomi; 
maqsadlar va vazifalar, shuningdek loyiha bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, 
ularning qisqacha asosi. Bunda loyihaning erishishga yo‘naltirilgan asosiy maqsadlari 
belgilanadi, loyihaning aniq maqsadlarga erishishga vosita bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
alohida qoidalari qisqacha ko‘rsatiladi; 
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda 
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga 
solish natijasida yuz berishi mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi. 
Kutilayotgan natijalar, miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham 
mumkin; 
loyiha predmetiga taalluqli bo‘lgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar 
qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va ifoda shakllari to‘g‘risidagi axborot 
(qonunosti hujjatlari uchun — zarur bo‘lgan taqdirda). Tegishli sohada ijobiy xorijiy 
tajriba mavjud bo‘lgan taqdirda, tushuntirish xatida loyihani tayyorlashda hisobga 
olingan norma nazarda tutilgan davlat, hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni 
ko‘rsatilishi mumkin; 
loyiha mazmunining tavsifi, unda loyihaning tuzilishi bo‘limlar, kichik 
bo‘limlar, boblar, paragraflar va moddalarning mazmuni bilan birga qisqacha bayon 
etiladi (qonunosti hujjatlari uchun — zarur bo‘lgan taqdirda). Zarur bo‘lganda 
normativ-huquqiy hujjatning eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy 
mohiyati ochib beriladi; 
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi axborot; 
loyihada foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har 
birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan loyiha normasining mazmuni qisqacha 
ochib beriladi; 
agar normativ-huquqiy hujjatning qoidalarini amalga oshirish qo‘shimcha 
moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida 
yo‘qotishlarga olib kelsa, qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asos. Agar normativ-huquqiy 


hujjatning qoidalarini amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni talab etmasa yoki 
yo‘qotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli axborot 
keltiriladi; 
loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasi 
hamda uning natijalari to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalari muhokamasi portalida o‘tkazilgan muhokama natijalari yuzasidan axborot; 
loyihani manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish to‘g‘risidagi 
axborot. Bunda loyiha kelishilgan (viza qo‘yilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar 
sanab o‘tiladi; 
loyiha bo‘yicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular 
to‘g‘risidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda); 
loyihani asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. 
85. Taqqoslash jadvali quyidagi uchta grafadan iborat bo‘ladi: 
o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat 
tegishli tarkibiy birligining amaldagi tahriri; 
loyihada taklif etilayotgan tahrir
kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning asosi. 
Taqqoslash jadvalida tegishli tarkibiy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan 
tahriri grafalari quyidagi tarzda bayon etiladi: 
amaldagi tahrir grafalarida o‘zgartirilayotgan so‘zlar (raqamlar) kursiv bilan 
tagiga chizib ko‘rsatiladi, taklif etilayotgan tahrir grafalarida esa “yarim qora” shrift 
bilan ajratib ko‘rsatiladi; 
taklif etilayotgan tahrir grafasida qo‘shilayotgan so‘zlar (raqamlar) “yarim 
qora” shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi; 
amaldagi tahrir grafasida chiqarib tashlanayotgan so‘zlar (raqamlar) va 
xatboshilar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan boshqa tarkibiy 
birliklar “yarim qora kursiv” shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi. 
Agar loyihada tegishli tarkibiy birlikning yangi tahriri bayon etilsa, faqat 
o‘zgartirilayotgan, qo‘shilayotgan, chiqarib tashlanayotgan so‘zlar (raqamlar) ajratib 
ko‘rsatiladi. 
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlarning grafalarida tarkibiy birlikning 
o‘zgartish kiritilayotgan tarkibiy birlik bilan bog‘liq bo‘lgan va kiritilayotgan 
tuzatishlarning ko‘rinarli bo‘lishini ta’minlaydigan tegishli qismlari oddiy shriftda 
keltiriladi. 
Qism yoki xatboshi belgisidan ham foydalaniladi, “to‘ldirilmoqda”, “chiqarib 
tashlanmoqda”, “ko‘chirilmoqda” degan so‘zlar qo‘llaniladi. 
86. Kelishmovchiliklar jadvali (normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar 
kiritish 
nazarda 
tutilgan 
loyiha 
bo‘yicha 
tayyorlangan 
kelishmovchiliklar jadvalidan tashqari) quyidagi uchta grafadan iborat bo‘ladi: 
normativ-huquqiy hujjat tegishli tarkibiy birligining taklif etilayotgan tahriri; 
manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari, shuningdek normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali kelib tushgan fikr-mulohazalar 
va takliflar; 
ko‘rib chiqish natijalari. 


Kelishmovchiliklar jadvalining “Taklif etilayotgan tahrir” grafasida fikr-
mulohazalar va takliflar taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy 
birligi aks ettiriladi. 
Kelishmovchiliklar jadvalining “Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va 
takliflari” grafasida loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini taqdim etgan 
organ hamda tashkilotning taklif va mulohazalari yoki ular asosida bayon etilgan tahrir 
keltiriladi. 
Kelishmovchiliklar jadvalining “Ko‘rib chiqish natijalari” grafasida taqdim 
etilgan fikr-mulohazalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar ishlab chiquvchi tomonidan ko‘rsatiladi. Agar fikr-mulohazalar va 
takliflar inobatga olinsa, fikr-mulohazalar va takliflar berilgan tarkibiy birlikning yangi 
tahriri keltiriladi. Agar fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olinmasa, qaysi 
asoslovchi ma’lumotlar sababli mazkur fikr-mulohazalar va takliflar inobatga 
olinmagan bo‘lsa, o‘sha ma’lumotlar tegishli tartibda ko‘rsatiladi. 
87. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni 
nazarda tutuvchi loyiha bo‘yicha tayyorlangan kelishmovchiliklar jadvali quyidagi 
to‘rt grafadan iborat bo‘ladi: 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat 
tegishli tarkibiy birligining amaldagi tahriri; 
loyihada taklif etilayotgan tahrir; 
manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari; 
ko‘rib chiqish natijalari. 
Birinchi ikkita grafa qiyosiy jadval bo‘yicha bayon etiladi. 
“Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari” hamda “Ko‘rib 
chiqish natijalari” grafalarida loyihani kiritayotgan organ tomonidan ushbu Yagona 
uslubiyot 
86-bandining oltinchi va yettinchi 
xatboshilarida nazarda 
tutilgan 
ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 
88. Normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va kelishib olish xronologiyasi 
haqidagi ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: 
normativ-huquqiy hujjatning turi; 
normativ-huquqiy hujjatning nomi; 
normativ-huquqiy hujjatni kiritish uchun asos; 
loyihani ishlab chiquvchining nomi; 
normativ-huquqiy hujjat kelishib olingan sana, vazirlik va idoraning nomi, 
uning rahbarining F.I.O. va lavozimi, kelishib olish natijalari to‘g‘risidagi axborotni, 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlarga kiritilgan 
sanani o‘z ichiga olgan jadval. 
89. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak: 
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti; 
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy 
tavsifi va uning holatiga berilgan baho mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holda; 
qonun loyihalarini ishlab chiqish zaruriyatining asosi; 
qonun loyihalarining asosiy qoidalari; 
bo‘lajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi. 


90. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmetini 
aniqlashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yo‘naltirilgan 
asosiy vazifalar va maqsadlar, loyiha tartibga solishi kerak bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan 
qo‘llanilish sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va 
majburiyatlari) bayon etiladi. 
91. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning 
umumiy tavsifida va uning holatiga berilgan bahoda ushbu sohada amal qiluvchi 
normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan: 
tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy 
hujjatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari; 
qonunchilikdagi bo‘shliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lmagan qoidalarning 
mavjudligi; 
huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning 
oqilona va samaraliroq usullari; 
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek 
xorijiy mamlakatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi; 
statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslikka oid tadqiqotlarni, shuningdek 
boshqa ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish natijalari; 
bo‘lajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur bo‘lgan qonunosti 
hujjatlari ro‘yxati ko‘rsatiladi. 
Qonun loyihalarini ishlab chiqish zaruriyati asosida qonunni qabul qilish 
zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi. 
92. Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan bo‘lishi va muammoning 
amaldagi qonunchilik mukammal emasligi bilan sabab-oqibat aloqasini belgilashi 
kerak. Qonun loyihasi tegishli bo‘lgan qonunchilik tarmog‘i, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining hujjat orqali amalga oshirishga 
qaratilgan qoidalari, shuningdek uning huquqiy tizim uchun ahamiyati ham 
ko‘rsatiladi. 
93. Qonun loyihalarining asosiy qoidalarida bo‘lajak qonunda belgilanadigan 
qoidalar, imkoniyat bo‘lganda bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar va 
moddalarning qisqa mazmuni bayon etilgan namunaviy tuzilmasi bayon qilinadi. 
94. Bo‘lajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari 
prognozi taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishdan kutilayotgan 
pirovard natijalari tavsifini o‘z ichiga oladi. Bunda bo‘lajak qonun amalga 
oshirilishining nafaqat ijobiy, balki ehtimoldagi salbiy oqibatlari ham hisobga olinishi 
kerak. Bo‘lajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognoz qilishda, zarur bo‘lganda, 
uning ijro etilishini ta’minlaydigan ma’muriy-huquqiy, sud-huquq mexanizmlari ham 
hisobga olinadi. 
95. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur axborotni ham ko‘rsatishi 
mumkin. 
Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi 
topshiriqda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiquvchining rahbari 


tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni 
tayyorlanadi. 
Zarur bo‘lganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishib 
olinishi mumkin. 
96. Tayyorlangan qonun loyihasiga quyidagilar ham ilova qilinadi: 
xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalari, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston 
Respublikasi sharoitida qo‘llashning maqbulligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan takliflar 
ketma-ketlik tartibida ko‘rsatilgan holdagi tahliliy-qiyosiy jadval; 
qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi, o‘zgartish yoki 
qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunosti 
hujjatlarining ro‘yxati. Bunda qonunosti hujjatini qabul qilish, unga o‘zgartish yoki 
qo‘shimchalar kiritish uchun asoslar va ularning qabul qilinishi, ularga o‘zgartish yoki 
qo‘shimchalar kiritilishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar qisqacha ko‘rsatiladi. 
Qonun loyihasiga boshqa tahliliy va axborot materiallari ham ilova qilinishi 
mumkin. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish