O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, 
shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyihalarni 
tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
1-§. Umumiy qoidalar 
57. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, 
shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyiha, qoida 
tariqasida, quyidagi hollarda tayyorlanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
hujjatlarining va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qonunchilikni yangidan qabul 
qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishga doir talablarini bajarish, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish uchun; 
agar ishlab chiqilayotgan loyiha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga 
o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb 
topish zaruriyatini keltirib chiqarsa; 
loyihani tayyorlash jarayonida xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi 
normativ-huquqiy hujjat mavjudligi ma’lum bo‘lib qolganda hamda yangi normativ-


huquqiy hujjatni qabul qilmasdan mazkur normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan huquqiy jihatdan tartibga solish imkoniyati 
aniqlanganda; 
ayni bir masala bo‘yicha bir talay normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lishini 
va huquqiy normalarda aniqlangan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun. 
58. Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartishlar kiritish deb e’tirof 
etiladi: 
raqamlar, so‘zlar, jumlalar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish; 
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, moddalar (moddalarning qismlari), 
paragraflar, boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, qismlar, ilovalarni o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb topish yoki raqamlar, so‘zlar, jumlalar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va 
xatboshilarni chiqarib tashlash; 
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, moddalar (moddalarning qismlari), 
paragraflar, boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, qismlar, ilovalarni, shuningdek 
paragraflar, boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, qismlar, ilovalarning nomlarini yangi 
tahrirda bayon qilish. 
Grafa — ikki vertikal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida ifodalangan 
matnning, hujjatning bo‘limi yoki bandi. 
Blok — turli shakllarda (to‘rtburchak, to‘g‘ri burchak, silindr, oval va h.k.) 
funksional jihatdan birlashtirilgan jadvallarning bir qismi; 
Pozitsiya — ikki gorizontal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida grafada 
ifodalangan matnning, hujjatning bo‘limi, kichik bo‘limi, bobi, bandi, kichik bandi. 
59. Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatga qo‘shimchalar kiritish deb e’tirof 
etiladi: 
normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligini yangi so‘zlar, raqamlar yoki 
jumlalar bilan to‘ldirish; 
normativ-huquqiy hujjatlarni tarkibiy birliklar (qism, bo‘lim, kichik bo‘lim, 
bob, paragraf, ilova, grafa, blok, pozitsiya, modda (moddaning qismi), band, kichik 
band va xatboshi) bilan to‘ldirish. 
60. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni 
nazarda tutuvchi matn quyidagilarga bo‘linadi: 
arabcha raqamlar bilan nuqta qo‘yib raqamlanadigan bandlar; 
kichik harflarda qavs bilan raqamlanadigan kichik bandlar; 
xatboshilar. 
61. Agar modda yoki band bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatga faqat bitta 
o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, kichik bandlar 
qo‘llanilmaydi. 
62. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda uning 
bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari, paragraflari, moddalari, bandlari raqamlar bilan 
raqamlanishi hamda kichik bandlarining raqamlar bilan raqamlanishi yoki harflar bilan 
raqamlanishi o‘zgarmaydi. 
63. Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tarkibiy birliklar bilan to‘ldirilayotgan 
bo‘lsa, ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha 
raqamlar bilan belgilash zarur. 


64. Asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan raqamlarni 
qo‘shishga faqat keyingi o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni kiritishda yo‘l qo‘yiladi. 
Tarkibiy birliklarning barcha raqamlanishi o‘zgarishining oldini olish uchun bunday 
belgilardan faqat keyingi qo‘shimchalarda foydalaniladi. 
65. Agar tegishli qo‘shimchalar normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligi 
(qism, bo‘lim, kichik bo‘lim, bob, paragraf, modda (moddaning qismi), band, kichik 
band va xatboshi) oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, mavjud raqamlanish davom etadi. 
66. Modda, band yoki kichik band yangi xatboshi bilan to‘ldirilganda mazkur 
moddaning, bandning yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli 
tartibda o‘zgaradi. 
67. Agar loyiha bir vaqtning o‘zida bir nechta normativ-huquqiy hujjatga yoki 
ularning tarkibiy birliklariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni 
o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutayotgan bo‘lsa, mazkur hujjatlar 
(ularning yuridik kuchi va qabul qilingan sanasi bo‘yicha) xronologik tartibda 
joylashtiriladi. Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ularning 
raqamlariga muvofiq ortib borish tartibida joylashtiriladi. 
68. Agar normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, 
shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normalarni o‘z ichiga 
olgan loyihada ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va hajmi katta 
bo‘lsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) tarzida tayyorlanadi. 
69. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganda 
mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami va nomi ko‘rsatiladi. 
70. Agar tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar normativ-huquqiy hujjatning 
ilovasiga kiritilayotgan bo‘lsa, loyihada tegishli normativ-huquqiy hujjatning nomi 
keltirilmaydi, balki u bilan tasdiqlangan ilovaning nomi ko‘rsatiladi. 
71. O‘zgartirilayotgan, qo‘shilayotgan va chiqarib tashlanayotgan so‘zlar 
hamda raqamlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi. 
72. Agar ilovaning, qismning, bo‘limning, kichik bo‘limning, bobning, 
paragrafning, moddaning, bandning, kichik bandning, xatboshining va jumlaning 
matnini sezilarli o‘zgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish zarur. 
73. Agar normativ-huquqiy hujjatning qismi, bandi yoki kichik bandi kirish 
xatboshisining davomi bo‘lgan xatboshilardan iborat bo‘lsa, xatboshilarni hisoblash 
kirish xatboshisidan boshlanadi. 
74. Qonunosti hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi 
loyihaning ilovasi faqat bandlardan iborat bo‘ladi. Bu holda bandlardan iborat o‘z 
kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati 
keltiriladi. 
75. Butun normativ-huquqiy hujjatni yoki uning kichik bandiga qadar bo‘lgan, 
shu jumladan kichik bandni ham qo‘shgan holda, tarkibiy birligini o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan hollarda, ushbu hujjat umuman yoki uning kichik 
bandiga qadar bo‘lgan, shu jumladan kichik bandni ham qo‘shgan holda, tarkibiy 
birligi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi. 
Normativ-huquqiy hujjatning xatboshi tarzidagi tarkibiy birligini o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan hollarda, mazkur xatboshi chiqarib tashlanadi. 


76. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy birliklari o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tarkibiy birliklarning raqamlanishi 
o‘zgarmaydi. 
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta 
ko‘rib chiqiladi, bundan qonun loyihalari mustasno. 
77. Agar normativ-huquqiy hujjatda faqat bitta amaldagi tarkibiy birlik mavjud 
bo‘lib, qolganlari esa o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa, ushbu tarkibiy birlikni o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan taqdirda, butun normativ-huquqiy hujjat o‘z 
kuchini yo‘qotgan deb topilishi shart. 
78. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy 
hujjatlarning ro‘yxatlariga amal qilish muddati tugagan vaqtinchalik tusdagi hujjatlar 
yoki normalar kiritilmaydi. 
79. Amal qilish muddati tugagan normativ-huquqiy hujjat alohida normasining 
yoki butun normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda 
yangi norma kiritilishini nazarda tutuvchi loyiha tayyorlanadi. 
80. Agar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan moddada 
(moddaning qismida, bandida, kichik bandida va xatboshisida), bandda, kichik bandda 
yoki xatboshida tegishli ravishda o‘z kuchini yo‘qotishi kerak bo‘lgan ilovaga 
ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, mazkur tarkibiy birlik va unda nazarda tutilgan ilova o‘z 
kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim. 
Agar ilova to‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin bo‘lmasa, uning 
faqat tegishli tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi (chiqarib 
tashlanishi) lozim. 
81. Normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb 
topilgan taqdirda, o‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-
huquqiy hujjatga qaysi normativ-huquqiy hujjatning qoidalariga ko‘ra o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, o‘sha normativ-huquqiy hujjatning tegishli qoidalari 
ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim. 
Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb 
topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan 
taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. 
Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb 
topishga (chiqarib tashlashga) nisbatan ham tatbiq etiladi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish