O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida


Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risida



Download 53,53 Kb.
bet6/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
287 - qaror

Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (keyingi o‘rinlarda — Milliy malakalar tizimi) amal qilishining huquqiy va tashkiliy asoslari hamda tartibini, shuningdek ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Milliy malaka tizimi O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan, mehnat bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish, bozor sharoitlarida xodimlarning raqobatbardoshligini ta’minlashning bazaviy mexanizmi hisoblanadi.

3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

milliy malakalar tizimi — ta’lim, o‘qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tomonidan mehnat bozorining malakali xodimlarga ehtiyoji va malakali ishchi kuchi taklifining butun umr davomida muvofiqligini ta’minlovchi huquqiy va institutsional tartibga solish mexanizmlari majmui;

institutsional komponentlar — milliy va tarmoq malakalar ramkalari, kasb standartlari hamda Kasb standartlari milliy registri;

malaka — xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning, uning bilimi, mahorati va ko‘nikmalarining tegishli kasb va mutaxassislik bo‘yicha aniq mehnat funksiyalarini sifatli bajarishga tayyorgarlik darajasi;

malaka darajasi (malakaviy daraja) — xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning tayyorgarligi va ko‘nikmalari darajasi bo‘yicha mehnat funksiyalarining murakkabligi, ularni mustaqil bajarish va natijalarga mas’uliyati parametrlari bo‘yicha belgilanadigan toifalangan talablar majmuasi;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi — O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat va ta’lim sohalarini malaka darajalari va ularga erishishning asosiy yo‘llarini umumlashtirib ifodalash orqali uyg‘unlashtirish vositasi;

Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi — ta’lim muassasalarida, shuningdek kasb-hunarga o‘qitish markazlarida, kasbga o‘qitish va kompetensiyalarni baholash markazlarida kasbiy ko‘nikmalarni baholash va tasdiqlash sohasidagi masalalarning muvofiqligini ta’minlovchi organ;

davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari huzuridagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi — tegishli tarmoq yoki tashkilotda kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirishni hamda kompetensiyalarni baholashni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi masalalarni muvofiqlashtiruvchi organ;

ko‘nikmalarni baholash — xodim yoki ishga (kasbga) talabgor malakasining kasb standarti qoidalariga yoki malakaviy talablarga mosligini tasdiqlash tartibi;

kasb standarti — asosiy mehnat funksiyalari va ularni bajarish sharoitlarini ifodalovchi, ko‘nikma darajasiga mehnat mazmuni, sifati va sharoitlariga talablarni belgilovchi standart;

kasbga o‘qitish — muayyan mehnat funksiyalarini bajarish uchun o‘quvchiga zarur bo‘lgan bilim, mahorat va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan ta’lim turi;

bilimlar — o‘qitish va shaxsiy tajriba orqali mehnat faoliyati uchun ahamiyatli ma’lumotni o‘zlashtirish natijasi;

ko‘nikmalar — insonning muayyan mehnat funksiyalarini bajarishga qobiliyatini ifodalovchi, ta’lim jarayonida yoki shaxsiy tajriba orqali egallangan sifati (mahorati);

kompetensiya — xodimning kasbiy faoliyatda bilimlar, ko‘nikmalar, mahorat va tajribani qo‘llash qobiliyati va rasmiylashtirilgan talablar;

tajriba — mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida egallanadigan bilimlar va mahoratlar;

mehnat funksiyasi — mehnat natijasiga erishishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq mehnat harakatlari majmuasi;

mehnat harakatlari — xodimning mehnat predmeti bilan o‘zaro ta’sirida muayyan mehnat natijasiga erishiladigan jarayon;

kasb — insonning kasbiy tayyorgarlik natijasida egallangan va ta’lim to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi bilan tasdiqlangan, muayyan bilim, mahorat va amaliy ko‘nikmalarni talab etuvchi asosiy mehnat faoliyati, mashg‘ulotlar turi;

lavozim — xodimning vakolatlari mazmuni va ko‘lamini hamda uning tashkilotning iyerarxik tuzilmasida egallagan o‘rnini belgilovchi birlamchi tarkibiy birlik;

ko‘nikmani baholashni o‘tkazish uchun baholash vositalari — kasbiy imtihonni o‘tkazishda kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan qo‘llaniladigan topshiriqlar, baholash mezonlari majmui;

baholash usullari — kasbiy imtihonni o‘tkazishda kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan qo‘llaniladigan va xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning belgilangan mezon va kasb standartlariga mosligini aniqlashga qaratilgan usullar majmuasi;

talabgor (xodim yoki ishga (kasbga) talabgor shaxs) — ishga joylashish yoki lavozimda rivojlanish yoki ushbu Nizomga muvofiq tartibda o‘zining kasbiy kompetensiyalarini tasdiqlash maqsadida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompetensiya tasdig‘ini olishni xohlovchi jismoniy shaxs;

kompetensiya to‘g‘risidagi sertifikat — ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish bo‘yicha kasb standarti (yoki malaka talabi) bilan ko‘zda tutilgan tegishli malaka darajasining berilgani va kompetensiyaning ijobiy baholanganini tasdiqlovchi hujjat;

Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi — ishsizlar va band bo‘lmagan aholini o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ushbu Nizomga muvofiq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;

kompetensiyalarni baholash markazi — ushbu Nizomga muvofiq talabgorlar kompetensiyasini baholashni o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;

vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, ushbu Nizomga muvofiq fuqarolarning kasbiy malakasini baholash va tasdiqlashni amalga oshirish uchun vakolatlarni tasdiqlaydi;

akkreditatsiya — vakolatli organ tomonidan kompetensiyalarni baholash markazi haq-huquqlarini rasman tan olish;

Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestri — ishchi kasblari va mutaxassislar toifalari bo‘yicha tasdiqlangan kasbiy kompetensiyalarga ega jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi doimiy yangilanadigan ma’lumotlar bazasi;

ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish parametrlari — ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish hamda fuqarolarning kasbiy malakasini baholash va tasdiqlashning mehnat organlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari, boshqa ta’lim muassasalari va kompetensiyalarni baholash markazlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar, shuningdek, grantlar orqali belgilangan talablarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilish ko‘rsatkichlari.




Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish