O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida


-§. Kompetensiyalarni mustaqil baholashni o‘tkazish tartibi



Download 53,53 Kb.
bet15/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
287 - qaror

2-§. Kompetensiyalarni mustaqil baholashni o‘tkazish tartibi

77. Kompetensiyalarni baholashni o‘tkazish uchun baholash vositalari va har bir yo‘nalish bo‘yicha baholash usullari vakolatli organ tomonidan belgilanadi va malaka imtihonining nazariy va amaliy qismlari uchun topshiriqlardan hamda malaka imtihonini o‘tkazishda ishlatiladigan moddiy-texnika resurslaridagn iborat bo‘ladi.

78. Kompetensiyani baholash ixtiyoriylik, xolislik, maxfiylik va mustaqillik tamoyillari asosida kasb standartlari talablari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi tarif-malaka ma’lumotnomalari talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

79. Malaka imtihonini o‘tkazishda vakolatli tashkilot, respublika va tarmoq kengashlarining vakillari ishtirok etishga haqli.

80. Malaka imtihoni:

ishga (kasbga) talabgor tashabbusiga ko‘ra — ishga (kasbga) talabgor mablag‘lari;

ish beruvchi yo‘llanmasi bo‘yicha — ish beruvchi mablag‘lari;

xususiy bandlik agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasida — xususiy bandlik agentligi mablag‘lari;

kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasida — kasb-hunarga o‘qitish markazi mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.

81. Malaka imtihonidan o‘tish uchun Kompetensiyalarni baholash markaziga talabgor bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoxud umumiy foydalanishdagi axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, internet tarmog‘idan foydalangan holda elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ushbu Nizomga 4-ilovadagi shaklga muvofiq malaka imtihonida ishtirok etish uchun ariza;

pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi;

kompetensiyani baholashni o‘tkazish xizmatlari uchun to‘lovni tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi;

zarurat bo‘lganda, bu qonunchilikda belgilangan bo‘lsa, kasb faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishga tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar nusxalari.

Ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Ushbu bandda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

82. Ariza va hujjatlarning tegishli to‘plami Kompetensiyalarni baholash markaziga tushgan kundan boshlab 10 yil davomida saqlanadi. Agar ushbu hujjatlar qog‘oz shaklida bo‘lsa, ular raqamlashtirilishi va elektron shaklda saqlanishi mumkin.

83. Talabgor ushbu Nizomning 81-bandi talablariga to‘g‘ri kelmagan hollarda Kompetensiyalarni baholash markazi malaka imtihonini topshirishni rad etadi.

Qonunchilikda belgilangandan boshqa hollarda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish taqiqlanadi.

84. Kompetensiyalarni baholash markazi talabgorni hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi, malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, joyi, vaqti va tartiboti to‘g‘risida besh ish kuni davomida xabardor qiladi.

85. Malaka imtihoniga uzrli sabab (kasalligi yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlar) bo‘yicha kelmagan talabgorga Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan belgilangan muddatda malaka imtihonini qayta topshirishga ruxsat beriladi.

Malaka imtihoniga uzrli sababsiz kelmagan kelmagan holda ushbu talabgor uchun malaka imtihoni bekor qilinadi, muqaddam amalga oshirilgan to‘lov qaytarilmaydi.

86. Kompetensiyani baxolashni o‘tkazish uchun baholash vositalari va baholash usullari vakolatli organ yoki Respublika yoxud tarmoq kengashi tomonidan belgilanadi va malaka imtihonining nazariy va amaliy qismlari uchun topshiriqlar hamda malaka imtihonini o‘tkazishda ishlatiladigan moddiy-texnika resurslar va onlayn test uchun dasturiy ta’minotdan iborat.

87. Barcha topshiriqlarning to‘g‘ri bajarilishini baholash:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda — onlayn testlash uchun ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot asosida avtomatik rejimda;

kompyuter texnologiyalarisiz — ekspertlar malaka komissiyalari a’zolari tomonidan o‘tkaziladi.

88. Agar talabgor baholovchi vositalarda belgilangan baholash mezonlariga mos natijaga erishsa, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi.

89. Malaka imtihoni natijalari ushbu Nizomga 5-ilovadagi shakl bo‘yicha bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

90. Malaka imtihonlari o‘tish natijalariga ko‘ra talabgorga uch kun muddatda Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan kompetensiya to‘g‘risida sertifikat beriladi, malaka imtixonidan o‘tishda qoniqarsiz baho olingan taqdirda — talabgorga tavsiyalarni o‘z ichiga olgan malaka imtihonidan o‘tganligi haqida xulosa beriladi.

91. Malaka imtihonlari o‘tish natijalari bo‘yicha Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan shaxslar malaka imtihonidan o‘tish natijalari to‘g‘risida xabardor qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar kun davomida vakolatli organ yoki respublika kengashiga yozma shikoyat berishga haqlidirlar.

Malaka imtihonlarini o‘tkazish natijalari va kompetensiya to‘g‘risida sertifikat berish bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

92. Berilgan kompetensiya to‘g‘risidagi sertifikatlar haqidagi ma’lumotlar Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga kiritiladi.


Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish