7-bob. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri
93. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri vakolatli organ tomonidan yuritiladi.
94. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri elektron platformasini ishlab chiqish va yuritish, shuningdek, kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyatining dasturiy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
95. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tartib raqami;
identifikatsiya raqami (noyob, avtomatik ravishda belgilanadigan);
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi (talabgor ruxsati bilan);
talabgorning pasporti ma’lumotlari;
kompetensiyalari baholangan kasb (mutaxassislik yoki tegishli xorijiy til);
kompetensiyalari baholangan kasb (mutaxassislik) kodi (xorijiy tilni bilishga imtihon topshirilgan hollardan tashqari);
kasb (mutaxassislik) yoki xorijiy til bo‘yicha kompetensiyalar bahosi;
xorijiy davlat qonunchiligining bazaviy asoslarini bilish darajasi bahosi — mavjud bo‘lsa;
xorijiy davlat madaniy-etnik bazaviy asoslarini bilish darajasi bahosi — mavjud bo‘lsa;
Kompetensiyalarni baholash markazi nomi va uning joylashgan o‘rni (pochta manzili);
telefon (faks) raqamlari;
muassasa rahbari familiyasi, ismi, otasining ismi;
imtihon topshirilgan sana va vaqt;
Kompetensiyalarni baholash markazining akkreditatsiyalangan sanasi va akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma raqami.
96. Vakolatli organ Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga joylashtirish uchun talab qilinadigan ma’lumot turlariga qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
97. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri ma’lumotlari vakolatli organ veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompetensiya to‘g‘risida sertifikat olgan shaxslar haqidagi axborot kiritiladi..
98. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri kasblar (mutaxassisliklar), xorijiy tillar turlari va boshqa belgilarga ko‘ra turlarga ajratilishi mumkin.
99. Kompetensiyalarni baholash markazining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasini to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish haqida qaror qabul qilingan hollarda vakolatli organ akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnomasi to‘xtatib qo‘yilgan yoki bekor qilingan tegishli Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan tasdiqlangan malakaga ega shaxs(lar)ni, kompetensiya to‘g‘risida sertifikat berilgan talabgor(lar)ning kompetensiyalarini baholash natijalarini Milliy reyestrdan chiqarishga haqli.
Bunda vakolatli organ, jumladan uchinchi tomonni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan baholangan talabgorlar, shuningdek, mehnat faoliyatini xorijda amalga oshirayotgan talabgorlar kompetensiyalari sifatini tekshirishga, tekshirish natijalariga ko‘ra, shaxs(lar)ni Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga qaytadan kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
100. Vakolatli organ shunday tartib o‘rnatishi mumkinki, unga ko‘ra Kompetensiyalarni baholash markazlari Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga himoyalangan elektron imzodan foydalanish orqali talab qilingan ma’lumotlarni mustaqil ravishda kiritishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |