O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida


-bob. Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari



Download 53,53 Kb.
bet10/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
287 - qaror

5-bob. Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari

1-§. Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari maqsad va vazifalari

17. Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi (keyingi o‘rinlarda — kasb-hunarga o‘qitish markazi) ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish muassasasidir.

18. Kasb-hunarga o‘qitish markazi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish muassasasidir. Kasb-hunarga o‘qitish markazida aholining kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji mavjud boshqa toifalarini ham ishchi kasblari va o‘rta bo‘g‘in mutaxassisliklari bo‘yicha kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillar o‘rgatilishi, shuningdek, kasbga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilishi mumkin.

19. Kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va buyruqlari, ushbu Nizom hamda ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiradi.

20. Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qonunchilikda belgilangan tartibda kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari bo‘yicha kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish bo‘yicha vakolatlar beriladi.

21. Kasb-hunarga o‘qitish markazi fuqarolarni chuqurlashgan maxsus va toifalangan kasbga o‘qitish, uzluksiz kasbiy rivojlanish hamda kasb (mutaxassislik)ni egallash maqsadlarida tuziladi.

22. Kasb-hunarga o‘qitish markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari bo‘yicha sifatli kasbga o‘qitish, qayta o‘qish va malaka oshirishni ta’minlash;

shaxsning intellektual va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lish uchun bilimlar va yuqori sifatli kasbiy tayyorgarlikni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlari va kasb standartlari doirasida kasbiy dasturlarni amalga oshirish;

iqtisodiyot tarmoqlarini kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari bo‘yicha kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar bilan ta’minlash;

kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari bo‘yicha normativ hujjatlar va kasb standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va takliflar tayyorlash.

23. Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, pedagoglar va ish beruvchilar ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.

24. Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qitish ixtiyoriy ravishda kasb standartlarida belgilangan maqsadli talablar darajasiga erishishga mo‘ljallangan o‘quv dasturlariga mos ravishda amalga oshiriladi.

25. Kasb-hunarga o‘qitish markazining tashkiliy tarkibi, uning xodimlarining huquq va majburiyatlari muassis tomonidan ushbu Nizom talablarini hisobga olib belgilanadi.

26. Kasb-hunarga o‘qitish markazlari moliyaviy faoliyati quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari;

muassislar mablag‘lari;

o‘qish uchun to‘lovlar;

xalqaro kreditlar va grantlar;

yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablag‘lari va maqsadli to‘lovlari, vasiylar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar.

27. O‘qish uchun to‘lovlar miqdori kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi.

28. Kasb-hunarga o‘qitish markazlari qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy davlat akkreditatsiyasidan o‘tishlari shart.


Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish