Bog'liq 7. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy o’zgarishlar
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy o’zgarishlar
G. Dawletnazarova
1. Kuchli ijtimoiy siyosat konceptsiyasining shakillanishi, bosqichlari va rivojlanishi. İjtimoiy himoyaning harakatdagi tizimining shakillanishi.
2. İjtimoiy tarmoqlarini shakllantirish va rivojlantirish, sog’liqni saqlash tizimidagi rivojlanish, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligining oshirilishi.
3. O’zbekiston Respublikasi «Korrupciyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun”ning mazmun-mohiyati
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, bozor iqtisodiyotiga o’tish qiyinchiliklar bilan kechadi. Deyarli barcha mamlakatlarda o’tish davrining dastlabki bosqichlarida ishlab chiqarish hajmining pasayishi, ishsizlik darajasining o’sishi, turmush darajasining pasayishi, kishilar hayot farovonligi o’rtasidagi tafovutning kuchayishi kuzatiladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bilan bog’liq O’zbekiston modelida markaziy zveno sifatida kuchli ijtimoiy siyosat belgilandi. U eng avvalo aholini adresli himoya qilishni ko’zda tutadi. «Eng katta e’tibor, -deb yozadi İslom Karimov, -muhtoj oilalarga yordam berishga qaratildi. Aholini aniq ijtimoiy himoyalash mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida katta ishlar qilindi. İjtimoiy qo’llab-quvvatlashning butun tizimi boqimandalik kayfiyatini tugatishga qaratildi.»
Mustaqil rivojlanish yillarida ijtimoiy sohadagi o’zgarishlarni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadli yo’nalishi bo’yicha 2 ta bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin:
1991-1994-yillarda mavjud ijtimoiy tizimni o’zgartirish va iqtisodiy islohotlarning borishi darajasiga qarab uni takomillashtirish amalga oshirildi. İjtimoiy himoya qilishning past samarali shakllari bekor qilindi, aholini ijtimoiy himoya qilish uchun harajatlar byudjeti imkoniyatlariga muvofiq amalga oshirildi va x.k. Bu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi aholi daromadlari va birinchi extiyoj mahsulotlari istemolining keskin pasayishini maksimal darajada oldini olishdan iborat bo’ldi. Bu davr bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichiga to’g’ri keladi.
1995-yildan boshlab umumiy ijtimoiy himoya tizimidan maqsadli va adresli ijtimoiy qullab-quvvatlash tizimiga o’tish amalga oshirilmoqda. Bu davr uchun barqarorlashtirish va aholi turmush darajasi hamda sharoitlarini asta-sekin yaxshilab borish xarakterlidir.
Aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
pensiyalar va stipendiyalar, byudjet sohasi ishchilari ish haqining minimal darajalarini muntazam oshirib borish. Masalan, 1996-yil yanvarda minimal ish haqi 250 sum bo’lgan bo’lsa, 1997-yil dekabrda 750 sumga teng bo’ldi.
kam ta’minlangan bolali oilalarga pul nafaqalarini muntazam berish shaklidagi adresli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash. 1997-yil 1-yanvardan boshlab 16 yoshgacha bo’lgan bolalarga ega barcha oilalarga oylik nafaqa bolalar soniga bog’liq hajmlardan belgilandi: