O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy o’zgarishlar



Download 190,96 Kb.
bet2/2
Sana12.12.2022
Hajmi190,96 Kb.
#883869
1   2
Bog'liq
7. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy o’zgarishlar

Vaqtincha ishsiz qolgan shaxslarni ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lash, kasbga tayyorgarligi davomida stipendiya berish bilan bepul o’qitish, ishsiz shaxs oilasidagi har bir boqimanda uchun ishsizlik bo’yicha nafaqalariga 10 foizli ustama to’lash shaklida moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.


Shunday qilib, islohotlarning amalga oshuvi va bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga qarab ijtimoiy siyosatning ustivor yo’nalishlari o’zgarib bordi, aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi, tengsizlik va qashshoqlikka barham berish shakllari va usullari takomillashdi. Natijada chora-tadbirlarning butun bir tizimi shakllandi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi asosida aholi turli xil qatlamlariga qa’tiy tabaqalashgan yondoshuv, ijtimoiy yordamning maqsadli xarakteri va adresliligi, uni amalga oshirishda davlat bilan bir qatorda korxonalar, ijtimoiy tashkilotlar, shu jumladan fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlari, xayriya fondlari va boshqa nodavlat fondlarining qatnashuvi yotadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilishning muhim yo’nalishi xalqaro va respublika xayriya fondlaridan foydalanish hisoblanadi.
«Ekosan» xalqaro xayriya fondi
mablag’laridan nafaqat respublika mintaqalarida ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish uchun, balki respublika aholisi sog’ligini yaxshilash uchun ham foydalaniladi.
«Manaviyat va hukumat» Markazi qoshida tashkil etilgan «Oltin avlod» Xalqaro fondi hisobidan yosh avlodni manaviy jihatdan tarbiyalash va ta’limni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Respublikada respublika veteranlarini qo’llab-quvvatash uchun «Nuroniy» xayriya fondi, respublika yoshlar harakatini qo’llab-quvvatlash uchun «Kamolot» fondi, qobiliyatli, istedodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun respublika Prezidentining «Umid» fondi, shuningdek «Mahalla» respublika fondlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Davlatimizda yolg’iz boshli keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2006-yili Prezidentning «2007-2010-yillarda yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniq ijtimoiy himoya va ularga xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida» qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq «Nuroniy» fondı hisobidan xalqning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga sanatoriylarga, «Sahovat» va «Muruvvat» uylariga dori-darmon qurollari yetkazib berildi.
Davlatimizda 2005-yilni «Salomatlık yili», 2007-yilni «Ijtimoiy himoya yili», 2015-yil «Keksalarni qadrlash yili» deb e’lon qilindi va bu bo’yicha masxus dasturlar qabul qilindi.
Respublika «Mahalla» fondi samarali ishlarni amalga oshirmoqda. O’z faoliyati davomida turli xil chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bularning barchasi muxtojlarga yordam ko’rsatish, maktablarni mustahkamlash, mahallarni obodonlashtirish, respublika xalqining bir necha asrlik ma’naviy qadriyatlarini tiklash, respublika aholisini birlashtirishga yo’naltirilgan.
Respublikada onalar va bolalarning sog’ligiga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Bu bo’yicha «Ona va bola skriningi» Davlat tizimi tashkil etildi. 2015-yili Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumoti bo’yicha O’zbekistonda tug’ilgan bolalarning 92 foyizi toliq sog’lom. «Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tarafidan tuzilgan jahon reytingida O’zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash bo’yicha g’amxorlik qilayotgan davlatlar reytingida o’ntalik qatoriga kirgan mamlakat hisoblanadi.
Respublikamızda xalqning o’rtacha umr ko’rish darajasi sezilarli o’sdi. Bu ko’rsatkich 1990-yili 67 yoshni tashkil etgan bo’lsa, 2015-yili 74 yoshni tashkil etgan. Erkak kishilar orasida umr ko’rish 66 yoshdan 70 yoshga, hotin qizlar orasida bo’lsa 72 yoshdan 76 yoshni tashkil etgan.
Bugun islohatlar markazi qishloq xo’jaligiga kuchmoqda. Sanoatimiz kabi qishloq xo’jaligi ham jahon andozalariga mos keladigan sohaga aylanishiga to’liq asoslar bor. Belgilanayotgan reja va dasturlarning amalga oshirilishi tanlangan yangilanishi va islohotlar yo’lining to’g’riligini yana bir isbotlaydi. Prezidentimiz ijtimoiy infratuzilmani, avvalo qishloq joylarda yanada rivojlantirish, aholini tabiiy gaz va ichimlik suv bilan ta’minlash yuzasidan qabul qilingan davlat dasturini bajarish lozimligini ta’kidladi.
Shaxsiy qishloq tomorqa xo’jaligi har doim aholi turmush darajasini oshiruvchi muhim manba bo’lib kelgan. Biroq sovet hokimiyati yillarida aholi shaxsiy extiyojlarini qondirishda ijtimoiy xo’jaliklar imkoniyatlariga ortiqcha baho berish oqibatida shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining roli pasaytirildi. Bu esa respublika aholisini turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shu munosabat bilan respublika mustaqillikni qo’lga kiritgach, bu masala yana kun tartibiga quyildi va mustaqil rivojlanishning dastlabki yillaridayoq hal qilindi.
Davlatimizning yanada rivojlanishi uchun korrupciya illati to’sqınlik qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisge Murojatida: «Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investiciya muhitini yaratib bo’lmaydi, umuman jamiyatning biron-bir tarmog’I rivojlanmaydi. Jamiyatimizning barcha a’zolarini, aytish kerak bo’lsa, «halollik vakcinasi» bilan emlanmas ekan, o’z oldimizga qoygan marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupciyaning oqibatlari bilan kurashishdan avval uning oldini olishimiz kerak»,- deb aytib otgan edi.
Korrupciyaga qarshi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2003-yil 31-oktyabrda konvenciya qabul etildi. U kirish va 71-moddadan iborat.
Ózbekiston Respublikasida 2017-yil 3-yanvarda «Korrupciyaga qarshi kurashish haqida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 6 bob 34 moddadan iborat. Qonunda korrupciya tushunchasiga aniqlama berilgan: «korrupciya- shaxsning o’z amali yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatini, shuning bilan birga o’zga shaxslarning manfaati uchun moddiy va nomoddiy foyda olish maqsadida qonunga qaychi ravishda foydalanishi hamda bunday foydani taklif qilishi”, - deb ko’rsatiladi.
2017-jılı 2-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupciyaga qarshi kurashish haqida»gı O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish tadbirlari haqida» qarori qabul qilindi. Bu bo’yıcha 2017-2018 yillari korrupciyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqildi. Ushbu qaror asosida Korrupciyaga qarshi kurashish bo’yicha komissiya tashkil etildi.
Download 190,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish