O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 83,61 Kb.
bet1/34
Sana31.05.2022
Hajmi83,61 Kb.
#622639
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
PF-6165




РУС
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 09.02.2021 yildagi PF-6165-son
Кучга кириш санаси
10.02.2021
Қўшимча ахборот
Улашиш







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ICHKI VA ZIYORAT TURIZMINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibi joriy qilinayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita):
a) “Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda:
bir oy muddatda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona, Termiz-Urganch-Termiz hamda Qarshi-Urganch-Qarshi aviareyslarini yo‘lga qo‘yish va Andijon-Xiva-Andijon temir yo‘l qatnovi sonini oshirish;
2021-yil 1-aprelga qadar Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;
b) Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan aviareyslarni va temir yo‘l qatnovlarini, shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Nukus, Termiz va Urganch shaharlari hamda Farg‘ona vodiysiga qatnov yo‘nalishlari bo‘yicha aviareyslarni subsidiyalash nazarda tutilsin;
v) turoperatorlar bilan birgalikda subsidiyalash mexanizmini qo‘llagan holda boshqa avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
3. Qo‘mita, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi imtiyoz va preferensiyalar muddatlarini 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
a) turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish;
b) kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash;
v) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar bo‘yicha:
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish;
ular tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilash.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasidagi yirik moddiy madaniy meros obyektlarida ichki turizm oqimlarini shakllantirish rejasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining ziyorat turizmi salohiyatini manzilli targ‘ib qilish chora-tadbirlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi;
ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan “oilaviy sayohat ta’tili” tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy sayohat ta’tili” yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi;
2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi. Bunda, turistik (mehmonxona) yig‘im ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning O‘zbekiston Respublikasiga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda “Umra+” dasturi doirasidagi O‘zbekiston Respublikasiga aviaparvozlari, qo‘nish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, to‘sqinliksiz amalga oshiriladi;
respublikaning turizm namoyishi obyektlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros obyektlari bilan tanishtirish hamda ichki turizmni ommalashtirishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni ko‘zlamagan) axborot ma’naviyat va ma’rifat masalalariga doir axborotga tenglashtiriladi.
6. 2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilansin.
7. Transport-logistika masalalarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiyaga quyidagi vakolatlar berilsin:
xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarning turizm va investitsiya yo‘nalishlarida aviaparvozlarni tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan tezkorlik bilan hal etish;
aviaparvozlarga ruxsat olish tizimini soddalashtirish, loukosterlarni jalb etish, parvozlar geografiyasini “bog‘lash” prinsipi orqali kengaytirishga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va ularni hal etish;
“Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yo‘nalishlar ochish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish, ularning loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish;
aeroportlarda quruqlikda xizmat ko‘rsatish (ground handling) sohasini takomillashtirish, belgilangan narxlarni qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish orqali investitsiyalarni jalb qilish;
hududlararo yo‘nalishli avtotransport qatnovlarini kengaytirish, yangi qatnovlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolarni tezkor hal qilish choralarini ko‘rish;
temir yo‘l transporti, shu jumladan temir yo‘l vagonlari va konteynerlar orqali tashish tizimiga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini takomillashtirish, bu yo‘nalishdagi muammolarni tezkorlik bilan hal qilish.
8. Belgilansinki:
har yili 1-iyulga qadar Qo‘mita tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatga asosan turizm namoyishi obyektlariga olib boradigan yo‘llar qurish va ta’mirlash uchun maqsadli davlat dasturlariga kiritiladi;
2021-yil 31-dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi.
9. Qo‘mita, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ikki oy muddatda turizm obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish, madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish hamda obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan teng ulushlarda ajratishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va unga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, istisno tariqasida, 200 milliard so‘m ajratish va ushbu mablag‘lar yo‘naltiriladigan maqsadlar nazarda tutilsin.

Download 83,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish