O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 83,61 Kb.
bet2/34
Sana31.05.2022
Hajmi83,61 Kb.
#622639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
PF-6165

Oldingi tahrirga qarang.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 2021-yilda ajratilmagan mablag‘lar, shuningdek, moliyalashtirilmasdan qolgan (o‘zlashtirilmagan) mablag‘lar 2022-yilda ajratilishi ta’minlansin.
Dasturda imzolangan shartnomalar bo‘yicha 2021-yilda bajarilmagan ishlar va moliyalashtirilmagan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida 2022-yilda ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hamda dastur doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
11. Belgilansinki, 2021-yil 1-martdan boshlab Tashqi ishlar vazirligining mas’ul shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlagan taqdirda, ularga Qo‘mita taklifiga muvofiq mukofot to‘lanadi, prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.
12. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
bir oy muddatda ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilishga oid 2021-yil bo‘yicha asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini hamda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni tasdiqlasin;
har oy yakuni bo‘yicha tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur Farmonga 1 va 3-ilovalardagi obyektlarga olib boruvchi yo‘nalishli avtotransport qatnovi tizimi yo‘lga qo‘yilishini, shuningdek, hududdagi aholining boshqa hududga sayohat qilishi uchun transport qatnovlari tashkil qilinishini ta’minlasin.
13. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ziyorat turizmi yo‘nalishida to‘g‘ri targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish va ziyorat obyektlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida, Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi va uning faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
14. Qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
15. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi 2021-yil 1-avgustga qadar qadimiy ipak qog‘ozi xomashyo zaxirasini shakllantirish manbai sifatida Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 64 gektar yer maydonida tut plantatsiyasi va Samarqand ipak qog‘ozini ishlab chiqarish bo‘yicha “Ipakchilik shaharchasi” turistik majmuasini tashkil etishni ta’minlasin.
16. Qo‘mita O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda buyuk alloma va ulamolarimiz, ayniqsa, Imom Buxoriyning bebaho merosini keng ko‘lamda ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, indonez, bengal, malay, turk, arab, hind, urdu, pushtu va boshqa xorijiy tillarda “Imom Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanalini, xorijiy mamlakatlarda uning muxbirlari faoliyat olib borishini nazarda tutgan holda tashkil etish va uni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Samarqand viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi va Qo‘mita bilan birgalikda ikki oy muddatda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamolarning qabrlarini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Samarqand viloyati hokimligi Qo‘mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand shahrida islom dini, mintaqadagi mavjud din namoyandalari merosi va moddiy madaniy meros obyektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobonni yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi innovatsion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Quyidagilarga:
Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga — ichki turizmni ommalashtirish va ziyorat turizmini rivojlantirish, Dastur doirasida vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatish;
tashqi ishlar vaziri A.A. Kamilov zimmasiga — xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini tizimli targ‘ib qilish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish choralarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari zimmasiga — ushbu Farmonga 3-ilovada belgilangan xorijiy mamlakatlarda ziyorat turizmi salohiyatini keng targ‘ib qilish, ulardan respublikaga aviareyslarni tashkil qilishga har tomonlama ko‘maklashish;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A.T. Axmedov zimmasiga — ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi obyektlaridagi mas’ul rahbar va xodimlarning xizmat va servis sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish;
transport vaziri vazifasini bajaruvchi I.R. Maxkamov zimmasiga — ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi obyektlariga yangi transport aloqalarini o‘rnatish, mahalliy va xalqaro aviareyslar geografiyasini kengaytirish va o‘z vaqtida tashkil qilish hamda “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yo‘nalishlar ochish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi obyektlarida zarur infratuzilmani o‘z vaqtida barpo etish va ichki turizm oqimini tashkil qilishga oid 2021-yil bo‘yicha asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tematik ko‘rsatuvlarni tashkil etsin.
22. Moliya vazirligi Qo‘mita bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonning 3-bandida belgilangan soliq imtiyozlari muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
23. Qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi PF-5819-son Farmoni 2021-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
26. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Download 83,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish