17-jadval
Yevropa sug’urta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning ulushi (1999 yil, foizda)
Keyingi o’n yillikda, hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning yig’iladigan sug’urta badallarining ortishi bilan, ushbu kompaniyalarning investitsiya faoliyati jadallashdi. 1992 yilda, EH mamlakatlari sug’urtachilari-ning investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar ulushi 75,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1995 yilda 77,1 foizni, 1998 yilda 79,9 foizni va 1999 yilda 81,7 foizni tashkil etgan.
Sug’urta kompaniyalarining soni va unda band bo’lganlar salmogining o’zgarishi. ESQga kiruvchi mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining soni, nisbatan barqaror bo’lib, o’rtacha 5,4 mingtani tashkil etishini quyidagi 2-diagrammadan ko’rish mumkin. Shuning bilan bir vaqtda, EHga kiruvchi mamlakatlar sug’urta kompaniyalarining soni ancha kamayganligi kuzatilmoqda. Buni, ushbu mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining birlashuvi va yiriklashuv jarayoni bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |