4 savollik Geodeziya fanining ahamiyati nimalardan iborat?
* yer yuzasidagi yechiladigan geodezik masalalarni yechish va boshqarish
2. Geodezik o‘lchash ishlarida yer yuzida qanday elementlar aniqlanadi
* gorizontal, vertikal burchak, nisbiy balandlik va chiziq uzunligi
3. Referens-ellipsoid nima?
* har bir davlatda geodezik ishlar uchun qabul qilingan ma’lum kattalikdagi yer ellipsoidi
4. Nuqtaning geodezik uzunligi nima?
* biror nuqtadan o‘tkazilgan meridian
5. Nuqtani geodezik kengligi nima?
* biror nuqtadan o‘tkazilgan parallel
6. Direksion burchak nima?
* o‘q meridian yoki unga parallel bo‘lgan chiziqdan soat mili yo‘nalishi bo‘yicha chiziq yo‘nalishigacha o‘lchangan burchak
7. Rumb nima?
* o‘q meridianning yaqin uchidan chiziq yo‘nalishigacha o‘l-changan burchak
8. Karta nima?
* yer yuzining yoki uning katta bir qismi-ning sferik yuzaga tushurilgan proyeksi-yasining qog'ozdagi kichraytirilgan tasviri
9. Plan nima?
* yer yuzasi kichik qismining tekislikdagi proyeksiyasining qog'ozdagi kichraytirilgan tasviri
10. Profil nima?
* yer yuzasining berilgan yo‘nalish bo'yicha vertikal kesimini kichraytirib qog'ozga tushirilgan tasviri
11. Asbob gorizonti nima?
* sathiy yuzadan asbob ko‘rish o‘qigacha bo‘lgan balandlik
12. Topografik s'yomkada qanday ish bajariladi?
* Gorizontal va vertikal s'yomka bir vaqtda bajarilib joy tafsiloti va relifi s'yomka qilinadi,
13. Meridianlar deb nimaga aytiladi?
* Shimoliy hamda janubiy geografik qutblarni birlashtiradigan, paralellar bilan tutashib 90° li burchak xosil qiladigan tekislik
14. Areallar usuli nima?
* Areal lotincha ”areal” maydon, fazo, makon bo‘shliq degan manolarni anglatadi
15. Kartogramma usuli nimaga aytiladi?
* Muayyan chegaradagi asosan mamuriy chegara doirasidagi xodisa va voqealarni nisbiy miqdorida ko‘rsatish usuliga aytiladi.
16. Gorizantallar nima
* Bir xil balandlikli chiziqlardir
17. Toponimka nima
* Geografik nomlarning kelib chiqishi mazmuni o‘zgarishi va tasnifini o‘rganadigan maxsus fan
18. Generalizatsiya deb nimaga aytiladi.
* Kartada tasvirlanayotgan obektlarning kartaning maqsadi mashtabi mavzuyi va tili kartaga mos ravishda tanlab olish Generalizatsiya deyiladi.
19. Legend anima.?
* Kartaning mazmunini o‘qish uchun asosiy qurol bo‘lib xisoblanadi. Legenda kartadagi tasvirlanilayotgan voqea va xodisalarning xammasini o‘z ichiga olishi kerak. Kartaning legendasi aniq, mantiqli xamda qisqa bo‘lishi zarur.
20. Kartogafik manbalar necha xil bo‘ladi?
* 3 xil bo‘ladi: 1.Asosiy kartografik manbalar; 2.Qo‘shimcha kartografik manbalar; 3.Yordamchi kartografik manbalar.
21. Yerning yadrosi qanday xususiyatga ega?
* Qattiq bo‘lib, unda elektr toki va magnit hosil bo‘ladi.
22. Fоtоgrammetriya fani nimalarni o‘rgatadi?
*. Fotografik tasvir asosida ob’ektning shakli, o‘lchamlari va fazoviy joylanishini aniqlash
23. Statoskop bu-
*. Suratga olish balandliklarining farqini aniqlash uchun asbob
24. Aerosyomka qanday turlarga bo‘linadi?
* Ko‘p marshrutli, marshrutli va yakka marshrutli
25. Fotoplan bu:
* Ortogonal proektsiyada va berilgan masshtabda joyning fotografik tasviridir
26. Binokulyar qanday ko‘rish.?
* Suratni ikkitta ko‘z bilan ko‘rishga Binokulyar ko‘rish deyiladi
27. Monokulyar nima.?
* Suratni bitta ko‘z bilan ko‘rishga monokulyar ko‘rish deyiladi?
28. Transformatsiyalash deb nimaga aytiladi?
* Aerosuratlarni bir xil masshtabdagi aerosuratlarga keltirishda bajariladigan ishlarga
29. Fototriangulyatsiya deb nimaga aytiladi.?
* Aerosuratlar bo‘yicha nuqtalar koordinatalarini aniqlash
30. Koordinatalar – bu?
* Dekart koordinatalar tizimidagi X va Y yoki dunyo koordinatalar tizimidagi kenglik va uzoqlik qiymatlari
31. Piksel nima?
* Piksel ─ bu skaner tasviridagi elementar yacheyka o‘lchamidir
32. Ma’lumotlar modeli – bu.?
* Haqiqiy geografik obektlarni diskretli obektlarga aylantirish qoidalaridir.
33. Geoaxboro tizim nimadan iborat?
* Kompyuter, raqamli tarzga aylantirish vositalar, ma’lumotlar bazalari va dastur
34. Yer mantiyasi nechta qatlamdan iborat.?
* Yer mantiyasi uchta: substrat, yuqori mantiya va quyi mantiya qatlamlariga ajratiladi.
35. Yer po‘sti nechta qatlamdan iborat.?
* Yer po‘sti uchta qatlamdan iborat: cho‘kindili, granitli va bazaltli 36. Mineral deganda nimani tushunasiz.?
* Mineral (lotincha minera – ma’dan, fransuzcha mineral – ruda) – Yer (va boshqa kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘lib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan tabiiy jism.
37. Geomorfologiya atamasining ma’nosi qanday.?
* Geomorfologiya atamasi ham yunoncha γεω (geo) – Yer, μορφη (form) shakl va λογος (logos) – bahs, fikr, g‘oya, mulohaza degan ma’nolarni anglatuvchi so‘zlar yig‘indisidan tashkil topgan. Geomorfo-logiya ‒ Yer yuzasining relyefi haqidagi fan.
38. Yerning ichki geosferalari qanday qatlamlardan tashkil topgan.?
* yer posti, mantiya, yadro
39. Teodalitni tekshirish shartlari qanday.?
* 1. Ufqiy doira alidadasidagi silindrik adilak o‘qi asbob aylanish o‘qiga tik bo‘lishi kerak.
2. Trubaning ko‘rish o‘qi trubaning aylanish o‘qiga tik bo‘lishi kerak
3. Teodolitning ufqiy o‘qi tik o‘qqa tik bo‘lishi kerak
4. Iplar to‘rining tik ipi teodolit ufqiy tekisligiga tik bo‘lishi kerak
40. Nivelirni tekshirish shartlari qanday.?
* 1. Doiraviy adilak o‘qi nivelir aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak
2. Iplar to‘rining ufqiy ipi nivelir aylanish o‘qiga perpendicular bo‘lishi kerak
3. Trubaning ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi kerak