ISHNI BAJARISH TARTIBI
Optik teleskopni birorta yulduzga to’g’irlab uning keskin tasvirini oling.
2 ta okulyardan foydalanib teleskop ko’rish maydonining diametrini aniqlang va ularning olingan qiymatlarini hisoblangan qiymatlari bilan solishtiring.
Oy sirtidagi biror uchastkasini chizib oling va uni Oy xaritasi bo’yicha solishtiring.
Yuqoridagi vazifalardan topilgan ma’lumotlarga asoslanib, yozma ravishda hisobot tayyorlang.
Nazorat savollari
Teleskoplar necha turga bo’linadi ?
Teleskop asoschilarini bilasizmi ?
Hozirgi kunda qaysi turdagi teleskopning boshqa teleskoplarga nisbatan ustunligi amalda isbotlangan ?
“Robot teleskop” kuzatishdan tashqari yana qanday vazifani bajaradi ?
Teleskop aperturasi deb nimaga aytiladi ?
Teleskop optik quvvati deb nimaga aytiladi ?
Teleskopning masshtabi deb nimaga aytiladi?
LABORATORIYA ISHI -14
NURLANISH QONUNLARIGA ASOSAN OSMON YORITKICHLARINING HARORATINI ANIQLASH
ISHNING MAQSADI: Osmon yoritkichlarining haroratini fizik formulalar yordamida nazariy hisoblash.
KERAKLI ASBOBLAR VA QO’LLANMALAR: Osmon yoritkichlarining harorati berilgan jadval, osmon yoritkichlarigacha bo’lgan masofalar berilgan jadval, Spektral sinflar to’g’risidagi ma’lumotlar jadvali (spektr-yorqinlik diagrammasi).
QISQACHA NAZARIYA
Osmon yoritkichlarining fotosferasidagi haroratni Stefan-Bolsman qonuni orqali aniq baholash mumkin. Qonunga asosan, ”absolyut qora jismning birlik sirtidagi nurlanish quvvati absolyut haroratning to’rtinchi darajasiga to’g’ri mutanosib”, ya’ni (1)
Bu yerda G=5,67·10-8 doimiy kattalik bo’lib, Stefan-Bolsman doimiysi deyiladi.
Agar biz Quyosh fotosferasidagi haroratni topmoqchi bo’lsak, u holda yuqoridagi formula va quyidagi kattaliklardan foydalanamiz: Quyosh radiusi
R= 6,96·108 metr va Quyosh sirtining umumiy maydoni
S=4π·R2=6,08·1018 m2 (2)
ga teng. Bunday yuzadan nurlanish energiyasining quvvati
I= 4π·R2·G·T4 = 4·1026 W (3)
ga teng bo’ladi.
(3) formuladan T ni topamiz:
(4)
(4) formula natijasi Quyosh fotosferasidagi effektiv haroratni ifodalaydi.
1893 yilda nemis fizigi V.Vin tomonidan yaratilgan qonunda «elektromagnit to’lqinlarning to’lqin uzunligi λ nurlanayotgan jismning haroratiga bog’liq» bo’ladi, ya’ni
b=λ·T= 2.9·107 Ǻ ·K (5)
yoki xalqaro birliklar sistemasida
b=λ·T= 2.9·10-3 m ·K (6)
(5) va (6) formulalardan quyidagi xulosa chiqadi:
a) yuqori haroratlarda to’lqin uzulik kichik;
b) past haroratlarda to’lqin uzunlik katta bo’ladi, lekin Vin doimiysi b o’zgarmas saqlanadi.
Ma’lumki, elektromagnit to’lqinlarning to’lqin uzunligi 4000 Ǻ dan 7600 Ǻ gacha bo’lsa, insonnning ko’rish sezgilariga ta’sir etadi. λ= 4000 Ǻ da to’q binafsha, λ= 7600 Ǻ to’q qizil ranglar to’g’ri kelib, ular orasida ko’k, yashil, sariq, zarg’aldoq ranglar ham yotadi.
Agar bizning Quyoshimiz sariq yulduzlar turkumiga kirsa, sariq ranglar uchun λ= 4800 Ǻ to’lqin uzunlik to’g’ri keladi. (6) formulaga va to’lqin uzunlikka tayanib, Quyosh fotosferasidagi haroratni topamiz:
(7)
Agar yuqoridagi (6) formulani boshqa osmon yoritkichlarining haroratini aniqlash uchun ham qo’llasak, yaxshi natijaga ega bo’lamiz. Masalan, Sirius yulduzi spektrogrammasida maksimal energiya λ= 2800 Ǻ to’lqin uzunligiga to’g’ri keladi. Bundan,
(8)
Haqiqatda nazariy hisoblashlarga ko’ra, oq rangda ko’rinadigan yulduzlar uchun harorat 10 000 K atrofida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |