O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


T= 2 800 000 (3 400 000) K



Download 7,18 Mb.
bet17/25
Sana02.04.2022
Hajmi7,18 Mb.
#525218
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
лаборатория

T= 2 800 000 (3 400 000) K.
Qavs ichida bir jinsli bo'lmagan Quyosh uchun kattaliklar keltirilgan.


ISHNI BAJARISH TARTIBI

  1. Quyoshning fizik ko’rsatkichlarini (m, V, ρ, T va hokazo) fizik va matematik formulalar yordamida hisoblab toping.

  2. Hisoblab topilgan natijalarni astronomik va fizik jadvallarda (M.Mamadazimov, B.Izbosarov, I,R. Kamolov. “Astronomiya” o’quv qo’llanmasi 71-72 betlar) keltirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslang.

  3. Hisoblab topilgan natijalarni absolyut va nisbiy xatoliklarini aniqlang.

  4. Ushbu laboratoriya ishi bo’yicha yozma hisobot tayyorlang.



Nazorat savollari

  1. Quyoshning ichki tuzilishi necha qismdan iborat ?

  2. Quyosh markazida harorat qanday ?

  3. Quyoshning to’la nurlanish quvvati nechaga teng ?

  4. Quyosh doimiysi nechaga teng ?

  5. Quyoshning effeektiv harorati nechaga teng ?

  6. Quyosh zichligi o’zgaradimi ?



Taklif: O’qituvchi ushbu laboratoriya ishini o’tishda darsning “Axborot texnologiyalarini qo’llash” (Quyosh haqidagi elektron ma’lumotdan), “Yalpi fikriy hujum” (oldindan olingan ma’lumotlarni eslash) hamda “fanlararo bog’lanish” (matematika, geometriya) usullaridan foydalansa, maqsadga muvofiq bo’lardi.
LABORATORIYA ISHI -11


QUYOSH RADIUSI (DIAMETRI)NI ANIQLASH


ISHNING MAQSADI: Quyoshning burchak kattalignni o’lchash usullari aniqligini tekshirishdan iborat.
KERAKLI ASBOBLAR VA QO’LLANMALAR: o’lchov lentasi, karton (ekran), igna, maktab teleskopi, astronomik va matematik jadvallar.


QISQACHA NAZARIYA

Astronomik kuzatishlar astronomiya o’qitishda muhim o’rin egallaydi, ular o’quvchilarda osmon yoritkichlarini kuzatish va ularning ko’rinishi to’g’risida ma'lum ko’nikmalarning shakllanishiga olib keladi. Quyosh mavzusi mazmunini o’rganishda Quyoshni oddiy kuzatish yordamida talaba (o’quvchi) oladigan bilimlariga ham tayanishni nazarda tutish kerak. Bunday kuzatishlar asosida Quyoshning fizik parametrlarini o’rganish mumkin, ular nurning tarqalishi, to’siq, chetida difraksiya va linzada parallel nurning yig’ilishi to’g’risida fizikadan olingan bilimlarni mustahkamlaydi.


Quyosh mavzusini o’qitishda Quyoshni kuzatish va tekshirishlar muhim ahamiyatga ega. Bunday kuzatish-tekshirishlarda Quyosh gardishi diametrini o’lchash kerak bo’ladi. Quyosh energiyasini o’lchashda, avvalo, uning burchak kattaligining yil davomida o’zgarib borishini hisobga olish kerak bo’ladi. Quyoshning Yerdan uzoqligi yil davomida o’zgarishi tufayli uning burchak diametri biroz o’zgarishi, Yerning Quyosh atrofida elliptik orbita bo’ylab aylanishi bilan bog’liq; iyulning boshida uning burchakiy diametri 31' 31" bo’lsa, yanvarning boshida 32'36" ga yetadi. Buni aniqlashda bir necha usullardan foydalanish mumkin. Quyoshning ko’rinma radiusini "Aстрономический ежегодник" yoki "Astronomik kalendar (yilnoma)" ning har yil chiqariladigan qismidan topish mumkin.
Quyoshning ko’rinma diametrini o’lchashning eng sodda usuli - bu dioptriya usulidir.
1-usul: markazida kichik (kattaligi 0,1 mm) aylana teshik qilingan kvadrat shakldagi kartonni shtativga o’rnatamiz. Kartonni Quyosh nurlariga perpendikulyar tarzda qotiramiz. Aylana teshikdan o’tgan yorug’lik dastasini ekranga tushiramiz va ekranni nur bo’ylab aniq aylana gardish hosil bo’lguicha suramiz. Chetlari aniq bo’lmagan yorug’ gardish ko’rinadi. Buning sababi, kichik teshikda difraksiya hodisa kuzatiladi, yorug’ dog’ esa difraksiyannng bosh maksimumidir. Teshikdan difraksion dog’ning ko’rinish burchagi teshik diametriga teskari proporsional o’zgaradi: teshik qancha kichik bo’lsa, difraksion dog’ shuncha katta bo’ladi.
Teshikka yaqin joylashtirilgan ekranda hosil bo’lgan dumaloq, shakldagi yorug’ dog’ hali Quyoshning tasviri emas. Chunki, teshik qancha kichik bo’lsa, bu difraksion dog’ (bosh maksimum)ning diametri shuncha katta bo’ladi va bu dog’ teshikda Quyosh nurlarining difraksiyalanishi tufayli hosil bo’ladi. Ekranni teshikdan uzoqlashtira boshlasak, dog’ ham kattalasha boradi va uning ichida unga simmetrik ravishda yorug’ gardish hosil bo’ladi. Ekranni teshikdan uzoqlashtirgan sari gardish tez kengaya boshlaydi. Bunda yorug’ dog’ ham kengayadi, biroq bu kengayish gardishnikidan sekin bo’ladi. Ma'lum uzoqdikda ichma-ich simmetrik joylashgan ikkita, ichkisi tashqisidan yorug’roq, gardishlar hosil bo’ladi. Ichki gardish bu Quyosh gardishi bo’ladi, tashqisini esa teshikda difraksiyalangan Quyosh nurlari hosil qiladi (1-rasm). Bu usullar bilan bajarilgan kuzatishlarda Quyosh tasvirining diametri tashqi va ichki gardishlar diametri yig’indisining taxminan yarmiga teng.


Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish