1-rasm. Yulduzlarning yillik parallakslari
Yulduzgacha bo`lgan masofa D qancha katta bo`lsa, yulduzning parallaksi shuncha kichik bo`ladi. Osmonda yulduz vaziyatining yil davomida parallaktik siljib borishi kichik ellips yoki, agar yulduz ekliptika qutbidan bo`lsa, aylana bo`ylab sodir bo`ladi.
Yulduzgacha bo`lgan masofa bu Yerda a-Yer orbitasining katta yarim o`qi. Kichik burchaklar uchun, agar r yoy sekundlari bilan ifodalangan bo`lsa, u holda a=1 a.b. deb olsak, quyidagini hosil qilamiz:
(1)
Sentavrning eng yaqin yulduzi ά sigacha bo`lgan masofa D=206265:0,75=270000 a.b. Yorug`lik bu masofani 4 yilda bosib o`tadi, holbuki yorug`lik Quyoshdan Yergacha bo`lgan masofani 8 minutda, Oydan Yergacha bo`lgan masofani esa 1 sekundda bosib o`tadi.
Yorug`lik bir yil davomida bosib o`tadigan masofa yorug`lik yili deyiladi. Yulduzlargacha masofalarni o`lchashda uzunlikning bu birligidan parsek (pk) deyiluvchi birlik bilan bir qatorda foydalaniladi.
Yer orbitasining ko`rish nuriga tik bo`lgan katta yarim o`qi qanday masofadan turib qaralganda, 1o burchak ostida ko`rinsa, shu masofa bir parsek deyiladi.
Parseklarda berilgan masofa yillik parallaksining yoy sekundlari bilan ifodalangan teskari miqdoriga teng. Masalan, Sentavrning ά yulduzigacha bo`lgan masofa 1:0,75 ¾ ya`ni 4/3 pk ga teng.
1 parsek = 3,26 yorug`lik yili = 206265 a.b =3,08·1013 km
Yoritgichning absolyut yulduz kattaligi M (10 ps masofada)
M = m+ 5 – 51g D (2)
bunda D parseklarda ifodalangan.
D = 1/ ga teng, bunda yulduzning yillik paralaksi yoy sekundlarda bo’lsa, unda M = m + 5 + 51g (3) bo’ladi.
Quyoshning absolyut yulduz kattaligi M0 quyidagi formula bilan topiladi.
M0 = m0 +5 – 51gD (4) bunda
D = pk (5)
Quyoshni ko’rinma yulduz kattaligi mv = - 26m, 78 deb olsak unda uning absolyut fotovizual sistemada yulduz kattaligi
Mopt = -26m, 78 +5m – 51g *(1/206265) bo’lib,
Mopv = + 4m, 96 ga teng bo’ladi. Yulduz yorqinligi (nurlanishi) L bo’lsa,
L = = 2,512 (6) ga teng.
Haroratlari bir xil bo’lgan yulduzlarning, masalan, Quyosh bilan Kapellaning o’lchamlarini qanday solishtirish mumkinligini soddagina bir misolda ko’rsatamiz. Bu yulduzlarning spektri, rangi va harorati bir xil, lekin Kapellaning yorqinligi Quyoshning yorqinligidan 120 marta ortiq. Bir xil haroratdagi yulduzlarning bir yuza birligiga to’g’ri keladigan ravshanligi ham bir xil bo’lganligi sababli, Kapellaning sirti Quyosh sirtidan 120 marta, diametri va radiusi esa Quyoshnikidan marta katta bo’lishi kerak.
Nurlanish qonunlarini bilish boshqa yulduzlarning xam o’lchamlarini aniqlashga imkon beradi.
Masalan, qizdirilgan jismning 1 m2 yuzasidan vaqt birligida tarqaluvchi to’la energiya I=σT4 ga teng bo’lishi fizikada isbotlangan. Bu yerda T absolyut harorat. Ma’lum T haroratli yulduzlarning nisbiy chiziqli diametri quyidagi formuladan topiladi:
(7)
Bu yerda r yulduzning radiusi, i yulduzninig yuza birligidan chiqayotgan nurlanish energiyasi, r¤, i¤, T¤ Quyoshga tegishli kattaliklar bo’lib, L¤=1. Bundan
(8)
Quyosh radiusi hisobida.
Yulduzlarning burchak diametrlarini maxsus optik o’lchamlariga tegishli yuqoridagi hisoblash natijalari to’la tasdiqlandi.
Yorqinligi juda katta bo’lgan yulduzlar o’ta gigant yulduzlar deyiladi. Qizil o’ta gigant yulduzlar o’lchamlari jihatdan ham juda kattadir. Bizda yanada uzoqda bo’lgan Sefeyning yulduzi shunday kattaki, uning ichiga Quyosh sistemasining Yupiter orbitasigacha (Yupiter orbitasi ham kiradi) bo’lgan qismini joylashtirish mumkin. Shu bilan birga o’ta gigant yulduzlarning massalari Quyosh massasidan atigi 30-40 marta katta, xolos. Natijada qizil o’ta gigant yulduzlarning hatto o’rtacha zichligi, xonadagi havo zichligidan minglab marta kamligi ma’lum bo’ladi.
Yorqinliklari bir xil bo’lgan yulduzlar qancha qizigan bo’lsa, ularning o’lchamlari shuncha kichik bo’ladi. Oddiy yulduzlar ichida eng kichigi qizil karlik (mitti) yulduzlardir. Ularning massalari va radiuslari Quyosh massasi va radiusning undan bir qismiga to’g’ri keladi, o’rtacha zichligi esa suvning zichligidan 10-100 marta, Oq karlik (mitti) yulduzlar ajoyib yulduzlar bo’lib, qizil karliklarga nisbatan yana ham kichik. Bizga yaqin yorug’ Sirius yulduzining atrofida aylanadigan yo’ldoshi bor. Bu yo’ldoshning aylanish davri 50 yil. Bu qo’shaloq yulduzning uzoqligi, orbitasi va massasi ma’lum. Bu ikki yulduz oq va deyarli bir xilda qaynoq yulduzlardir. Binobarin, bu yulduzlarning sirtidagi bir xil kattalikdagi yuzalar birday energiya tarqatadi, lekin yo’ldoshning yorqinligi Siriusnikiga qaraganda 10000 marta kuchsiz.
1gL =0,4 (M0 – M ) (9)
Do'stlaringiz bilan baham: |