«Tovush qayerdan kelyapti»
Bolalar xonaning bir tomonida guruh bo‘lib o‘tiradilar yoki tik turadilar. Tarbiyachi ularga devorga qarab turishni vii o'tirmaslikni taklif qiladi. Shu payt enaga qo‘liga qo'ng'iroq olib, xonadagi shkaf orqasiga yashirinadi. I m biyachi bolalardan qo‘ng‘iroq qayerda jiringlayapti, deb »o‘ruydi. Bolalar buni qidirib, tovush kelayotgan tomonga yugurib ketadilar. Topganlaridan keyin yana tarbiyachi yoniga qaytib keladilar. Enaga boshqa joyga yashirinadi. O'yin takrorlanadi.
I naga qayerga yashirinayotganini sezib qolmasliklari inhun tarbiyachi bolalarni chalg‘itib turadi. U bolalarni o'/iga yaqinroq kelishga undaydi. Qo‘ng‘iroqni avvaliga »ckinroq, keyin qattiroq jiringlatish kerak. O‘yin bir necha iiuirta takrorlanganidan keyin enaganing o‘rniga biror hoshqa bolani qo‘yish mumkin.
«Bayroqchani top»
Bolalar xonaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda o‘tirishadi. Tarbiyachi ularga ko'zlarini yumishni taklif qiladi. Shu payt u bolalarning hammasiga yetadigan bayroqchalarni xonaning turli joylariga qo‘yib chiqadi. Shundan so‘ng u: «Berkitilgan bayroqchalarni toping», deydi. Bolalar ko‘zlarini ochib, bayroqchalarni qidiradilar. Kim bayroqchani topsa, tarbiyachiga keltirib beradi. Bayroqchalarni hamma bolalar topganlaridan keyin tarbiyachi bayroqchalami ko‘tarib, xona bo'ylab yurishni keyin esa o‘z joylarga kelib o‘tirishni taklif qiladi. O‘yin takrorlanadi.
Bayroqchalar bir xil rangda bo'lishi kerak. Aks holda bolalar o‘rtasida janjal chiqishi mumkin. Bayroqchalarni shunday joyga qo‘yish kerakki, bolalar ularni tez topa olsinlar.
«Ko‘prikcha ustidan»
Tarbiyachi yerga ikkita chiziq chizadi (xona ichida esa arqonchadan foydalanish mumkin). Chiziqlar anhor vazifasini o‘taydi. So‘ngra uning ustidan uzunligi 2-3 metr, kengligi 25-30 sm keladigan taxta qo‘yadi. Bu esa ko‘prik bo‘ladi. Bolalar anhorning bir tomonidan ikkinchi tomoniga ko‘prik orqali o‘tishlari shart.
Tarbiyachi bolalarga ko‘prik ustidan asta-sekin yuring, bir-biringizning oyog‘ingizni bosib olmang va oyoqlaringizni «ho‘l» qilmasdan yuring, deydi. Hamma bolalar anhorning ikkinchi tomoniga o‘tib bo‘lganlaridan keyin ularga shu yerda o‘ynab, sayr qilishni, gullar terishni, yerga yoki pol ustiga sochib tashlagan har xil rangdagi qiyqimlarni terib olishni taklif qiladi.
Tarbiyachining signali bo‘yicha kichkintoylar ko'prik orqali yana o‘z joylariga qaytib keladilar.
Mashqlarni takrorlash vaqtida ularni biroz murakkab- lashtirish mumkin. Buning uchun taxtaning tagiga 2-3 ta lnxia qo‘yib, 10 sm baland ko'tariladi. Shundanso‘ngbolalar ko'prik ustidan yugurib o‘tishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |