37
O‘quv kursi yakunida o‘quvchilarda har bir organning tuzilishi va vazifasi
bo‘yicha morfologik, anatomik, fiziologik, gigienik, ekologik, embriologik va
evolyusion tushunchalar tizimini shakllantirish nazarda tutilgan.
Bir o‘quv fani davomida rivojlantiriladigan tushunchalar xususiy tushunchalar
deyiladi. Botanikada o‘simliklarning ildiz yordamida mineral oziqlanishi, barg orqali
oziqlanishi - fotosintez, zoologiyada
hayvonlar morfologiyasi, anatomiyasi,
fiziologiyasi, ekologiyasi, 8-sinf “Odam va uning salomatligi” o‘quv kursida odam
organizmida boradigan hayotiy jarayonlar, ba’zi kasalliklarning belgilari va ularning
oldini olish haqidagi tushunchalar xususiy tushunchalarga misol bo‘ladi.
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan
tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Lokal tushunchalar sirasiga «Poyalarning
xilma-xilligi» mavzusidagi poyaning tik o‘suvchi, o‘rmalovchi, chirmashuvchi,
palak
otuvchi, ilashuvchi, qisqargan turlari, «O‘g‘itlar» mavzusidagi o‘g‘itlarning xillari
kiradi.
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
o‘simlik hamda hayvonlarning organlari to‘g‘risidagi tushunchalar;
o‘simlik hamda hayvon organizmida boradigan hayotiy jarayonlar to‘g‘risidagi
tushunchalar;
ekologik, sistematik va filogenetik bog‘lanishlar to‘g‘risidagi tushunchalar;
Biologiya o‘quv fani mazmunida umumiy biologik tushunchalar asosiy o‘rinni
egallaydi. Barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan biologik qonuniyatlar va ayrim
biologik o‘quv kurslarining xususiy tushunchalarini umumlashtiruvchi tushunchalar
umumiy biologik tushunchalar deyiladi.
Umumiy biologik tushunchalarga quyidagilar kiradi: hujayra tirik
organizmlarning tuzilish, qurilish va hayotiy birligi;
organlar tuzilishi va funksiyasining birligi; organizm bilan
muhitning o‘zaro bog‘liqligi; organizm - o‘z-o‘zini
boshqaruvchi yaxlit sistema; moddalar va energiya
almashinuvi; irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organizmlarning
ko‘payishi; organik olamning evolyusion rivojlanishi.
Umumiy biologik tushunchalar xususiy biologik tushunchalardan hosil bo‘ladi
va ularning har biri maktab biologiya o‘quv fanlari mazmunida rivojlantirib boriladi.
9-sinfda o‘qitiladigan «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) o‘quv fani
mazmunida anatomik, morfologik, sitologik, fiziologik, genetik tushunchalar asosiy
o‘rinni egallaydi va ular o‘quvchilarning avvalgi kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari
asosida rivojlantiriladi va mustahkamlanadi.
5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik xarakterga
ega bo‘lgan tushunchalar «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) o‘quv fanini
38
o‘qitishda xususiy tushunchalarga aylanadi.
Tushunchalarning bir tartibdan boshqa tartibga o‘tishi, ya’ni umumiy biologik
tushunchalarning «Biologiya» o‘quv fanini o‘qitishda xususiy tushunchalarga aylanishi
biologik kurslarda tushunchalarni rivojlantirish- ning o‘ziga xos xususiyati sanaladi. Bu
tushunchalar ko‘p tomonlama va ayni paytda harakatchan aloqalar bilan bog‘lanib,
o‘zaro uzviylikda rivojlantiriladi.
Masalan, 5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik
tushuncha sanalgan hujayra tushunchasi va unga bog‘liq ma’lumotlar
9-
sinfda “II bo‘lim. Hujayra haqidagi ta’limot”da yangi tushunchalar bilan
o‘zaro bog‘lanadi va uzviy rivojlantiriladi. Jumladan, yadro tushunchasi botanika,
zoologiya, odam va uning salomatligi kurslarida hujayraning
asosiy qismi shaklida
e’tirof etilgan bo‘lsa, 9-sinfda yadrodagi xromosomalarning tuzilishi, kariotip, diploid,
gaploid to‘plam haqidagi tushunchalar bilan boyitilib, yadro hujayraning ajralmas qismi
bo‘lib, u irsiy axborotni saqlash, irsiy axborotni nasldan-naslga o‘tishini ta’minlash,
hujayrada boradigan modda va energiya almashinuvi jarayonini boshqarish kabi
funksiyalarni bajarishi qayd etiladi. 10-11-sinflar biologiya o‘quv fani mazmunida
evolyusion va ekologik tushunchalar etakchi o‘rinni egallaydi va mazkur tushunchalar
o‘quvchilarning avvalgi o‘quv kurslaridan egallagan bilimlari asosida rivojlantiriladi.
«Botanika» va «Zoologiya» o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan sistematik birliklar
tur, avlod, turkum, oila, sinf, tip, bo‘lim kabi tushunchalari turlarning paydo bo‘lishi,
mikroevolyusiya, makroevolyusiya tushunchalari bilan o‘zaro bog‘likda kengaytiriladi
va rivojlantiriladi.
Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashganligi haqidagi bilimlar
11-sinfda “Hayotning ekosistema darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar” bobida
rivojlantiriladi.
Shunday qilib, dastlab birlamchi oddiy tushunchalar, murakkab tushunchalarga,
so‘ngra xususiy va umumiy biologik tushunchalarga aylanib boradi.
O‘quvchilarda tushunchalarning shakllanganlik va rivojlanganlik darajasining
ko‘rsatkichi biologik ta’lim samaradorligining darajasini belgilaydi. SHu sababli,
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan tushunchalarning eng yuqori darajasi
tushunchalarni erkin bayon etish va amaliyotda mustaqil foydalana olish sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: