34
yaxlitligini, o‘zaro bog‘liqligini ifoda etgan holda o‘qitilishi taqozo qilinadi.
Didaktikada ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari juda ko‘p tadqiqotchilar
tomonidan aniqlangan.
Jumladan, akademik I.YA. Lerner tomonidan ta’lim
mazmunining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiritilgan: bilimlar (ilmiy tushunchalar,
g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar); faoliyat usullari (ko‘nikma va malakalar); ijodiy
faoliyat tajribalari; qadriyatlar tizimi.
Biologiya o‘quv fanining bilimlar tarkibiy qismiga birinchi navbatda ilmiy
tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga oid xususiy va biologiyaning
barcha sohalariga xos bo‘lgan umumiy biologik tushunchalardan tashkil topadi.
Umumiy biologik tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi,
modda va energiyaning almashinuvi, organizm va muhitning o‘zaro birligi, irsiyat va
o‘zgaruvchanlik, organik olam evolyusiyasi tushunchalari kiradi.
Biologiya o‘quv fani mazmunining bilimlar tarkibiy qismiga g‘oyalar ham
kiradi. Biologiya ta’lim mazmunida o‘quvchilar ongiga quyidagi g‘oyalar singdiriladi:
organik olam evolyusiyasi; tirik tabiat tuzilishining har darajada ekanligi; organ tuzilishi
bilan funksiyasining o‘zaro bog‘liqligi; biologik sistemalarning
tabiiy muhit bilan
aloqadorligi; o‘z-o‘zini boshqarish; nazariya bilan amaliyotning birligi.
Biologik qonunlar ham biologiya o‘quv fani mazmunining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Biologik qonunlar sirasiga Mendel va Morganning irsiyat qonunlari, Ber
qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning biogen migratsiyasi qonuni va h.k.
Biologiya fani mazmunining yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir.
Umumiy o‘rta ta’lim biologiya o‘quv ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olam
evolyusion nazariyasi, A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi, T.Morganning
xromosoma nazariyasi va hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan.
YUqorida qayd etilganidek, ta’lim mazmunining asosiy qismini bilimlar (ilmiy
tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar) tashkil etadi.
Faoliyat usullari ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘lib, o‘quvchilar
tomonidan o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ko‘nikma
va malakalarni egallashini
belgilaydi.
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari
o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan
vaziyatlarda qo‘llash orqali tarkib toptiriladi. SHu sababli, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya
jarayonida bilimlarni tayyor axborot shaklida emas, balki muammoli vaziyatlarni
vujudga keltirish natijasida o‘quvchilarning avvalgi mavzularda o‘zlashtirgan bilim,
ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashiga imkon yaratishi,
ularda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarining
tarkib topishiga zamin
tayyorlashi zarur.
Ta’lim mazmunining to‘rtinchi tarkibiy qismi bo‘lgan qadriyatlar tizimi o‘qitish
35
jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, o‘quvchilarni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Mazkur tarkibiy qismni
o‘quvchilarda shakllantirish biologiyani o‘qitishda ta’lim-tarbiya masalalariga bog‘liq
holda yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: