O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi



Download 0,57 Mb.
bet188/322
Sana23.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#404338
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   322
Bog'liq
Ona tili o`qitish matodikasi. o`quv-uslubiy majmua

1-kartochka

Gapni o’qing ega va kesimini topib, ular qanday yo’l bilan moslashganini ayting. Taraqqiyot so’zini izohlang.



Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.

2-kartochka

Gap bo’laklarini tahlil qiling. Sajdagoh so’zini ma’nosini tushintiring (o’quvchi bilmasa, o’qituvchi izohlaydi)



3-kartochka

Gapning uyushiq bo’laklarini ajrating. Fakultet, kafedra, talaba so’zlarining ma’nosini ayting.



Oliy ta’lim muassasalarida fakultetlar,bo’limlar,kafedralar va talabalarning akademik guruhlari shakllanadi.

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.

O’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda frazeologizmlar, maqollar, metafara va metanimillar alohida ahamiyatga egadir. Badiiy asarlar mutolaasi vaqtida,qisman grammatik tahlil vaqtida, o’quvchilar mana shunday badiiy vositalar orqali berilgan ma’noni analiz qilishlari, ular o’rniga sinonim topib qo’yishlari lozim. Misollar: 1. Rang-barang gullar o’z chiroyini ko’z-ko’z qiladi.(Sh.R) 2. Xat yozibdi,Onajon! Deb Љahramon ko’rar ko’zing.(H.O) 3. Bu yerda qo’li gul odamlar yashaydilar. 4. Ular qo’lni-qo’lga berib ishlaydilar.

Ma’lumki, til sistemadir,uning qismlari bir-biri bilan o’zaro bog’langanholda bir butunni tashkil qiladi: tilning tovush tamoni, so’z va gap-tilning butun izimi o’zaro aloqadordir. Demak fonetika, leksika, grammatika (morfologiya va sintaksis) o’zaro uzviy bog’liqdir. Shuning uchun ham maktab ona tili kursiga grammatika bilan qatorda fonetika, so’z haqidagi ta’minot-leksika ham kiritilgan. So’z yasash ham alohida qismni tashkil qiladi. Orfografiya va punktuasiya fonetika va grammatika bilan bog’lab o’qitiladi.

Inson o’z fikrini gap orqali anglaydilar. Gap bir so’zdan yoki so’zlar bog’lanishidan,so’z esa ma’lum qoidalar asosida, izchil tartibda birikkan nutq tovushlaridan iborat bo’ladi. Nutq tovushlari so’z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilad. Shuning uchun fonetika mashg’ulotlarida o’quvchilar e’tiborini bir tovush ikkinchi tovush almashganda,so’z ma’nosining o’zgarishiga tortish kerak: qo’l-kul, ho’l-mo’l, o’n-un, mosh-tosh va boshqalar.

Mustaqil so’z turkumlari-ot, sifat,olmosh,fe’l kabilar-gapda ma’lum sintaksik funksiya bajaradi: ular gapning biror bo’lagi bo’lib keladi. O’quvchi sintaksisni o’rganib,ayrim so’z turkumlarining morfologik belgilarini, ularning sintaktik xusussiyati bilan solishtirish orqali til hodisalarini ongli tushuna boradi. Masalan sifat turlanmaydi, gapda, odatda aniqlovchi yoki kesim bo’lib keladi, lekin sifatlar ba’zan ot kabi qo’llanib, gapda ot bajaradigan vazifalarda keladi: Yosh kelsa ishga, qari kelsa oshga.(Maqol).

O’quvchilar bunday hodisalarni anglay borib, marfalogik bilan sintaksisni aloqasini, so’z turkumlarini, ularning tabiatini o’qib oladilar xullas, «O’zbek tili» kursining qismlari:fonetika, leksika, morfologiya, orfografiya, sintaksis, punktuasiya bir-birini to’ldiradi.

So’z morfologiyada o’rganiladi va bir hil vazifa, ma’no tashiydi, doim birgina savolga javob bo’ladi. Sintaksis esa gap va uning strukturasini o’rganadi. Bunda so’zlar o’zaro aloqaga kirib, sintaktik kategoriyalarga aylanadi.

So’z morfologiyada qat’iy bir shaklda turib, yakka holda ham ma’no ifodalaydi. Sintaksisda esa ba’zan ikki va undan ortiq so’z birikib, birgina vazifani bajaradi. Ayrim birikmali gap bo’laklari gapda ajralmas, mustahkam bir tuzilishga (frazeologik ibora shakliga) kirib qoladi.

Grammatika o’qitishda davomida ana shunday misollardan ba’zilari, ayniqsa, badiy adabiyotdan olinganlari o’qituvchi rahbarligida tahlil etiladi va o’quvchilarga ayrim qo’shimcha ma’lumotlar beriladi: ularning so’z va gap to’g’risidagi, morfologik va sintaksis to’g’risidagi bilimlari kengaytirib boriladi.

Fonetik va morfalogik va sintaksis nutq o’stirish, orfografiya va puntuasiya bilan ham bog’lanadi.

Maktabda o’quvchilarning nutq madaniyatini va orfagrafik savodligini oshirishda grammatik bilimlarga asoslanadi. O’quvchi adabiy tilning qonun qoydalarini o’rganib olgandan so’ng, uni turli orfagrafik, punktuasion va nutq o’stirishga oid mashqlar orqali mustahkamlay borib, o’z fikrini to’g’ri ifodalash (yozma va og’zaki) malakasini hosil qiladi, bu esa boshqalarning fikrini to’g’ri tushinishga ham imkon beradi.

O’quvchilar nutqidagi hatolarning ko’pi grammatikani ongli bilmasdan kelib chiqadi.

Maktabda nutq o’stirish darslari grammatika va adabiy o’qish darslari bilan bog’liq holda olib boriladi. Bunda turli usulda mashqlardan foydalaniladi. Masalan, o’qituvchi biror adabiy asardan tekst tanlab olib, uni bir necha qismga bo’ladi va uning hammasini yaxlitligicha o’quvchilarga o’qib beradi, keyin uning mazmunini turli savollar yordami bilan o’quvchilardan og’zaki so’rab ko’radi. Undan so’ng o’qutuvchi tekstning bir qismini bir marta o’qib beradi, o’quvchilar esa eslab qolganlarini yoddan yozadilar va shu tartibda tekst oxiriga yetkaziladi.

Boshqa bir misol: o’qituvchi doskaga bir hil tipdagi bir qancha so’zlarni yozadi. O’quvchilarga shu so’zlar ishtirokida gap tuzish vazifasi topshiriladi. O’quvchilar tuzgan gaplardan eng yaxshilari tanlab olinadi. Bu gaplarning mazmuni, tuzilishi, so’zlarni o’rinli ishlatilganligi, ularning mey’riy talaffuzi, urg’usi kabi hodisalar-nutq ustirishga aloqador bo’lgan o’rinlar, shuningdek, so’zlarning to’g’ri yozilishi analiz qilinadi.

Bu usuldagi mashq boshqacha shaklda o’tkazilishi ham mumkin: o’qituvchi doskaga yozilgan so’zlar bilan bog’langan,shular uchun umumiy bo’lgan kichikroq bir mavzu beradi. O’quvchilar shu so’zlar ishtirokida mavzuga mos keladigan matn tuzadilar.

Maktabda umumiy madaniyatning bir ko’rinishi hisoblangan nutq madaniyati, asosan, grammatika va grammatik mashqlar asosida egallanadi. Bunday mashg’ulotlar o’quvchilarni o’z fikrini qisqa, ixcham ifodalashga, oz so’z bilan ko’p fikr anglatishga o’rgatish kerak.

Ona tili o’qitishda, ayniqsa, so’zlarning talaffuzi bilan yozilishi o’rtasidagi farqqa ko’proq ahamiyat berish kerak. Buning uchun o’qituvchi mahalliy o’zbek shevalari bilan tanish bo’lishi zarur.

O’quvchilarni savodli yozishga o’rgatishda orfografiya va punktuasiya bilan bog’langan maxsus gramatik mashqlar ham o’tkaziladi.Yozuv bilan bog’langan mashqlarning hamma turi orfografiya punktuasiya qoidalarini takrorlashda, ularni ongli va mustahkam o’zlashtirishda o’quvchiga yaqindan yordam beradi.

Grammatika o’qitishda orfografiya, punktuasiya va stilistikaga qancha ko’p e’tibor berilsa, o’quvchilar o’zlari olayotgan bilim va malakalarining hayotiy ahamiyatini shuncha ongli tushunadilar va grammatika mashg’ulotlariga qiziqib, faol munosabatda bo’ladilar.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish