Glossariy
Fonetika yunoncha so’z bo’lib, tovushga oid degan ma‘noni anglatadi. U tilshunoslikning tovushlar tizimini o’rganadigan bo’limi.
Fonologiya yunoncha so’z bo’lib, tovush yoki ovoz haqidagi ta‘limot ma‘nosini bildiradi. Tilshunoslikning nutq tovushlarini, so’z va morfemalarning tovush qobig’ini farqlovchi vosita sifatida o’rganadigan sohasi.
Fonema yunoncha so’z bo’lib, tovush degan ma‘noni anglatadi. Til moddiy tomonining eng kichik birligi, farqlovchi fonologik belgilarning barqaror yig’indisi.
Nutq tovushi nutq a‘zolarining artikulyatsiyasi bilan hosil bo’luvchi eng kichik nutqiy birlik. O’zbek tilida 29 ta nutq tovushi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |