O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,09 Mb.
bet164/182
Sana08.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#332331
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   182
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANLARINI O‘QITISH METODIKASI MODULI BO‘YICHA O‘Q U V - U S L U B I Y M A J

Islom Karimov

Alisher Navoiy, Navoiy (taxalluslari; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher)- buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi.

Alisher Navoiy 1441 yil, 9 fevralda Hirot shahrida tug‘ildi.
Alisher Navoiyning ota tomonidan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma’lum, ba’zi manbalarda Halimabonu) Kobul amirzodalaridan Shayx Abdusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohruh hukmronligining so‘ngi yillariga to‘g‘ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga da’vogarlar orasida o‘zaro kurash boshlanadi. Urush – janjallar ko‘p kishilarni Xurusondan turli tomonga ko‘chib ketishga majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi o‘z tinchligini ko‘zlab, Iroqqa ko‘chishdi (1449 y). Taf shahrida Alisher mashhur “Zafarnoma” tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin taassurot qoldiradi. G‘iyosiddin Bahodir oilasida Hirotga, qariyb ikki yil muddat o‘tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur G‘iyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o‘qishni davom ettiradi. Alisher Navoiy she’riyatga g‘oyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unga adabiyotga zo‘r havas tug‘dirgan edi. Tog‘alari Mirsaid – Kobuliy, Muhammad Ali – G‘aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida shoirlar tez – tez to‘planishib, mushoira qilishar, adabiyot va san’at haqida suhbatlashar edilar.

Alisher Navoiy 10–12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher Navoiyning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono Lutfiy, uning:

Orazin yopg‘och, ko‘zumdan sochilur har lahza yosh,

Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh

matla’li g‘azalini tinglab: “Agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g‘azalga almashtirardim...” degan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She’rlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan.
Alisher Navoiyda o‘zbek tilida “Xamsa” - besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo‘lgan. Bu maqsadini 1483-85-yillarda amalga oshirdi. Asar o‘zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.

Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori Alisher Navoiy merosini o‘rganishning keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i barpo etildi va bu bog‘ o‘rtasida shoirning salobatli haykali qad ko‘tardi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish