Temuriylar davrida (II renessans) ta’lim-tarbiya va pedogogik g’oyalar taraqqiyoti reja



Download 21,07 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi21,07 Kb.
#938841
  1   2
Bog'liq
Temuriylar davrida (II renessans) ta’lim-tarbiya va pedogogik g’


TEMURIYLAR DAVRIDA (II RENESSANS) TA’LIM-TARBIYA VA PEDOGOGIK G’OYALAR TARAQQIYOTI
Reja:
1. XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti.
2. Temuriylar davrida ilm-fan, san’at va adabiyot rivoji.
3. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.
4. “Temur tuzuklari”, uning tarbiyaviy mohiyati.
5. Temuriyzodalar hukmronligi davrida tarbiyaga munosabat va Mirzo Ulug‘bekning tarbiyaga oid qarashlari.


1. Ma’lumki, mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri Temur va temuriylar hukmronligiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat yana qayta yuksalishi, ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishi turli qabila-urug‘lar, qavmlar, elatlar o‘rtasidagi mushtaraklikni kuchaytirdi, ularning milliy jipslashishini tezlashtirdi. Eski o‘zbek adabiy tili shakllana boshladi. U Taroz va Yassadan to Hirotgacha fors tili bilan bir qatorda umumiy aloqa va ijod vositasiga aylandi. Milliy ong, tafakkur, milliy adabiyot va san’at, ilm-fan rivojida kishilarning qaror topayotgan yangi tarixiy birligi ehtiyojlari o‘z aksini topdi. Biz bejiz bu davrdagi O‘rta Osiyo o‘troq turkiy xalqi tilini eski o‘zbek tili, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur ijodini mumtoz o‘zbek adabiyoti deb atamaymiz.
Bugungi mumtoz o‘zbek adabiyoti, san’ati, ma’naviy madaniyatining oyoqqa turishi va rivojlanishida Temur va temuriylar davri hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mo‘g‘ullardan hokimiyat Temurga va temuriylarga o‘tgandan so‘ng ma’naviy hayotda haqiqiy uyg‘onish davri boshlandi. Madaniyat, ma’rifat, hunarmandchilik, savdo-sotiq gullab yashnadi, shaharlar va qishloqlarda obodonchilik keng ko‘lamda olib borildi. Ariqlar, kanallar qazildi. Yangi erlar o‘zlashtirildi, bog‘lar barpo etildi. Karvonsaroylar, madrasalar, hammomlar, bozorlar, rastalar, saroylar, hashamatli imoratlar, suv quvurlari barpo etildi. Amir Temur bu ishlarni faqat ota yurtidagina emas, zabt etilgan mamlakatlarda ham amalga oshirdi.
Sohibqiron milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va bir-birini boyitishi aslo zo‘ravonlik natijasi emas, balki buyuk bunyodkorlik, xalqlarning o‘zaro yaqinlashuvi, hamkorligi natijasidir. SHu bois, biz yuqorida keltirib o‘tganimizdek, akademik N.I.Konrad Amir Temurni CHingizxonga emas, balki Aleksandr Makedonskiyga va Kanishkaga qiyoslaydi, ularning davomchisi deb hisoblaydi.
Temur davridagi allomalar haqida gapirganda, avvalo, uning xos, yaqin kishilaridan bo‘lgan mavlono Abdulmalikni eslash kerak. U Burhoniddin Marg‘inoniyning avlodlaridan biridir. Abdumalik mudarrislik qilgan, she’rlar yozgan. Turkiy, arab va fors tillarini, turli ilmlarni mukammal egallagan shaxs bo‘lgan. U Temurning arab olimlari va fozilu ulamolari bilan suhbatlarida, bahslarida tarjimonlik qilgan. Temur bilan suhbat qurgan, bir qancha muddat uning qarorgohida yashagan buyuk alloma Ibn Xaldun va boshqa allomalar o‘z xotiralarida Abdulmalikka yuksak baho berganlar.
XV asrgacha mintaqamizda arab va turkiy tilda bitilgan asarlar, bu tilda ijod qilgan adiblar kam bo‘lmasa-da, ular orasida daho darajasidagi yirik ijodkorlar yo‘q edi. Lekin bu turkiy xalqlardan adabiyot soxasida bunday ijodkorlar XV asrgacha chiqmagan ekan degan tushunchani anglatmaydi.
Mirzo Bedil, keyinchalik Saido Nasafiy va boshqa ko‘plab klassiklarning nafaqat turkiyligi, hatto turkiylariing qaysi urug‘, qabilasidan ekanligi ma’lum. Jaloliddin Rumiyning ham Balx turkiylaridan chiqqanligi ehtimoldan xoli emas. Chunki uning turkiycha she’rlari ham bor. Shu sababli bizning madaniy merosimiz ko‘prok zullisonayndir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning biz, o‘zbeklar va tojiklar, aslida ikki tilda so‘zlashuvchi bir xalqmiz, degan gapida katta tarixiy haqiqat bor. Fors tilida ajdodlarimiz yaratgan durdonalar bilan biz bu tilda so‘zlashuvchi xalqlar kabi, xakqoniy ravishda faxrlanamiz. Temur va temuriylar davrida madaniyatimizning ikki-uch til vositasida rivojlanishi tabiiy edi. Temur tevaragida olimu fuzalolar, qatorida shatranj, nard o‘yinlari va turli sohalarning mohir ustalari ijod kildilar.
Ta’kidlash joizki, Samarqandga va mamlakatimizning boshqa shaharlariga o‘zga yurtlardan ko‘chirib keltirilgan hunarmandlar, san’atkorlar, olimlarning, ular oila a’zolarining haq-huquqlari cheklanmagan, ular qulga yoki haq-huquqsiz xizmatkorga aylantirilmagan. Balki mahalliy aholi bilan bir xil sharoitda bir huquqqa ega bo‘lib yashagan va o‘z kasb-kori bilan shug‘ullangan. Yuqorida iqtibos keltirilgan Ibn Arabshoh 12 yoshida Samarqandga oilasi bilan ko‘chirilgan edi. Uning Samarqandda har tomonlama bilim olib, etuk tarixnavis, shoir va adib, ko‘p fanlar bo‘yicha chuqur bilimdon bo‘lib etishgani yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
U eski o‘zbek, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Turkiyda she’rlar yozgan, hatto o‘zining ayrim tarixiy asarlarini, Qohiraga mamluk sultonlari xizmatiga borganda, turkiy tilga she’riy usulda tarjima qilib, doston shaklida baxshilardek mamluklarga kuylab bergan. Temur faoliyatining bosh g‘oyasi va amaliy shiori «Kuch — adolatda» degan hikmatki, u umuminsoniy ahamiyatga ega. Bu g‘oya hozir ham, bundan keyin ham eng e’zozli umuminsoniy ma’naviy qadriyatlardan, axloqiy va huquqiy me’yorlardan biri bo‘lib qolajak. Rostgo‘ylik, haqiqatgo‘ylik, adolatparvarlik, yurti va fuqarolari to‘g‘risida qayg‘urish, mamlakati tinch va osoyishta, obod va farovon bo‘lishiga butun kuchg‘ayratini, aql-zakovatini yo‘naltirish kabi Temurning xos fazilatlari uning chinakam buyuk ma’naviy shaxs bo‘lishiga, buyuk yaratuvchi davlat boshlig‘i sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirishiga xizmat qildi. Mazkur fazilatlar uning avlodlariga ibrat bo‘ldi va hozirgacha ibrat bo‘lmoqda.
2. Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g'amxo'rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashxur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Axmad, Ulug'bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko'rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar soxasida buyuk olimlar yetishib chiqdi xamda jaxon faniga munosib xissa qo'shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Xofizi Abro', Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshox Samarqandiy, Atoullo Xusayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashxur bo'ldi.
Mirzo Ulug'bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o'lchash va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo'lib, jixozi va ilmiy yutuqlari jixatidan unga teng keladigan rasadxona yo'q edi. Rasadxonada Ulug'bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar soxibi edi. Ali Qushchi, Muxammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bo'lgan.
Temur va temuriylar davrida xalq og'zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jixatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O'zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.
Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muxammad Solix va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o'zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko'lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko'tardi.
Movarounnaxr va Xurosonda o'zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Turkiston va boshqa shaxarlardagi olimlar shoiralar va san'atkorlar bilan o'zaro juda yaqin munosabatda bo'la boshladilar. Qaysi ijodkor o'ziga qaysi mamlakat yoki shaxarni qulay deb bilsa, yosha yerda yashab ijod qildi.
XV asrning ikkinchi yarmi o'zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo'lib, bu yuksalik Temuriy Boyqaro va o'zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog'liq. Boyqaro xukmronligi davrida adabiyot, san'at va fanning ko'p soxalari rivojiga katta axamiyat bergan. «Xusayniy» taxallusi bilan she'rlar yozgan, bu ulug' zot o'z xukmronligi davomida Navoiyga «muqarrabi xazrati sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga xomiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan xamkorlikda ma'naviyat taraqqiyotiga raxnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «xasht avrang» va she'riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo'ldi. Xusayn Boyqaro o'z «Risolasida» uning xukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.
3. Amir Temur Kuragon ibn Amir Tarag`ay (1336-1405). Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida man qilinganligi natijasida nafaqat Temur tarixi, balki Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi tarixi, madaniyati deyarli o`rganilmay qolgan edi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi:
"Amir Temur nomi tariximiz sahifalarida qora buyoq bilan o`chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalkimizning(ongidan) yuragidan milliy ong, milliy g`urur tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka kundirish edi. Lekin o`zbek xalki o`z ajdodlarini, uz bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to`rida saqladi". Mustaqilligimizdan so`ng esa o`z milliy qadriyatlarmizni, tariximizni haqqoniy o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik.
Shuningdek, birinchi prezidentimiz Amir Temur hayoti, faoliyati, koldirgan buyuk merosiga katta e’tibor berdi. "Istiqlol va ma’naviyat" asarida Temurning yoshlikdan mard, dovyurak, mag`rur, o`tkir zehn va aql egasi bo`lganligi, Qur’onga amal qilib yashaganligini ta’kidlab o`tadi.
Birinchi Prezidentimiz "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" asarida ham Amir Temur qoldirgan katta meros haqida yozadi: "Amir Temur kim edi? U birinchi navbatda ulug` bunyodkor shaxs edi. Samarqanddagi obidalar, Shaxrisabzdagi yodgorliklarni kim qurdi? Turkistondagi Yassaviy maqbarasini kim tikladi? Kim "Kuch - adolatdadir" degan olamshumul, teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Yurtboshimiz Temur va Temuriylarning biz uchun qoldirgan meroslarini yuksak qadrladi va baholadi.
Temurning qanchalik buyuk zot bo`lganligini uning nomiga qo`shilgan unvonlardan ham kurish mumkin. Uning ismiga "Kuragon" (xon kuyovi yoki kurkam, toza urug`dan), "Sohibqiron" (yulduz burjlarining baxtli kelishi (qiron)da tug`ilgan farzand) Iskandar, Muhammad payg`ambar, Temur), "Qutbiddin" (zamona peshvosi), "Abulmansur" (zafarmand, g`alaba qozonuvchi) kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan.
Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini hurmatlovchi shaxs bo`lgan. Temur tuzuklarida shunday yoziladi: "Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, honaqalar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim".
Amir Temur odob, axloq,iymon - e’tiqod, tarbiya sohasida o`zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan insonlardan bo`lgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun sohibqiron haqidagi asarlar, uning o`zi yartagan tuzuklar va ugitlarni kurish kifoya.
Tarix fanlar doktori, professor Ashraf Axmad Temurning o’zi amal qilgan quyidagi sifatlarni yuksak baholaydi.

  1. Jiddiy va odil bo’lish, boyni kambag’aldan ustun qo’ymaslik.

  2. Islomga qata’iy rioya qilish.

  3. Xayri-ehson qilish.

  4. Birovga noxaq ozor yetkazmaslik, rahm shafqatli bo’lish.

  5. Islomga ta’lukli bo’lgan ishlarni har doim kundalik va dunyo ishlardan ustun qo’yish.

  6. Barcha so’zlarida doim haqiqatgo’ylikka amal qilgan .

  7. Vadasiga vafo qilish.

  8. Birovlar mulkiga ega bo’lishga intilmaslik.

  9. Nopok ishlardan o’zini tiyish.

  10. Insofli bo’lish va iymonlikka chorlash.

  11. Ilmli kishilarni e’zozlash.

Turkiston zaminini hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg’or mamlakattaga aylantirildi. Amir Temurning sa’y harakati tufayli obod etilgan shaharlar, qishloqlarni Shaxrisabz, Buxoro, Yassi (Turkiston)shaharlarida qad ko’targan imoratlar «Temur va Temuriylar davlati «Temuriy madaniyati», «Ulug’bek va Samarqand», «Observatoriya maktabi» kabi ulug tushunchalarni dunyoga kelishi va dunyo halqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog’liqdir.



Download 21,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish