Kontekstlar uchta darajada bo‘ladi:
shaxsiy;
mahalliy/milliy;
global (umumbashariy).
PISA 2015 kontekstlari
Kontekst
|
Shaxsiy
|
Mahalliy / milliy
|
Global
|
Salomatlik va
kasallik
|
Salomatlikni
asrash, baxtsiz
hodisalar, to‘gʼri
ovqatlanish
|
Kasalliklarni nazorat
qilish, kasalliklarning
jamoada tarqalishi, oziq-ovqatni tanlash, jamoa
salomatligi
|
Epidemiyalar,
yuqumli
kasalliklarning
tarqalishi
|
Tabiiy manbalar
|
Shaxsning
moddalar va
energiyani
isteʼmol qilishi
|
Аholi soni, yashash
darajasi, xavfsizligi,
oziq-ovqat ishlab
chiqarish, energiya
taʼminotini qo‘llabquvvatlash
|
Tiklanadigan va
tiklanmaydigan tabiiy
sistemalar, aholi
sonining ortishi,
turlardan barqaror
foydalanish
|
Аtrof-muhit holati
|
Аtrof-muhitga
do‘stona
munosabat, texnik
asbobuskunalardan
foydalanish va
egalik qilish
|
Аholining atrof-muhitni
ifloslantirishi,
chiqindilarni atrofmuhitga chiqarish, atrofmuhitga salbiy taʼsir
|
Bioxilma-xillik,
ekologik barqarorlik,
atrof-muhit
ifloslanishi, ishlab
chiqarish va tuproq
yemirilishi/biomassani
nazorat qilish
|
Xavf-xatar
|
Tanlangan
yashash tarzi
xatarlarini
baholash
|
Favqulodda bilan
kechadigan o‘zgarishlar
(masalan, zilzila, obhavo), sekin va rivojlanib
boradigan o‘zgarishlar
(masalan, qirg‘oq
yemirilishi, tuproq
cho‘kishi), xavf-xatarni
baholash
|
Iqlim o‘zgarishi,
zamonaviy
kommunikatsiyaning
taʼsiri
|
Fan va texnologiyalar
ning
bog‘liqligi
|
Mashg‘ulotlarning
ilmiy jihatlari,
shaxsiy texnika,
musiqa va sport
bilan
shug‘ullanish
|
Yangi moddalar, asbobuskuna va jarayonlar,
genetik modifikatsiyalar,
sog‘liqni saqlash
texnologiyalari, transport
|
Turlarning yo‘q bo‘lib
ketishi, fazoning
tadqiq etilishi,
koinotning paydo
bo‘lishi va tuzilishi
|
1.4.Kognitiv darajalar
Har qanday topshiriqning qiyinlik darajasi (kognitiv daraja) – bu uning
intellektual jihatdan murakkabligi, ya’ni talab qilinadigan fikrlash jarayonining
murakkabligi va topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar.
Topshiriqlar quyi, o‘rta, yuqori qiyinlik darajalaridan biriga ega bo‘ladi.
Quyi daraja. Bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalil, atama, qonuni
yat va tushunchani yodga olish, jadval yoki grafikdan maʼlumot saqlaydigan
yagona nuqtani topish.
O‘rta daraja. Hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda tegishli bilimlardan
foydalana olish va qo‘llay olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab
qiladigan tegishli amallarni tanlay olish, grafiklar yoki jadvallar ko‘rinishidagi
oddiy maʼlumotlar to‘plamini talqin qila olish yoki qo‘llay olish.
Yuqori daraja.Murakkab maʼlumotlarni tahlil qilish, dalillarni
umumlashtirish yoki baholash, asoslash, axborotning turli manbalarini inobatga
olgan holda muammoni hal qilish rejasini tuzish yoki amallar ketma-ketligini
belgilash
1.5.Tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlikni baholashga qaratilgan topshiriqlarga qo’yilgan asosiy talablar.
Bunday topshiriqlar tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlikni tavsiflovchi
kompetensiyalarni baholashga qaratilgan hamda real hayotiy vaziyatlarga
asoslangan bo’ladi.
Baholanadigan
kompetensiya
Ilmiy bilish
turlari
Tabiiy fanlar
bo’yicha
savodxonlikka oid
PISAtopshiriqlari
Real hayotiy
vaziyatlar
Konteks
PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni bilish katta ahamiyatga ega. O‘qituvchilar o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodligini oshirishda fanning nazariy asoslari bo‘lgan g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarnigina o‘rgatib qolmasdan, balki tabiiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish, tadqiqot natijalarini talqin etib, xulosalar chiqara olish k o‘nikmalarini ham shakllantirishga e‘tibor qaratishlari zarur.
Kompetentsiyalar
hodisalarni ilmiy
jihatdan tushuntirish
ilmiy tadqiqotlarni
loyihalash va baholash
maʼlumotlar va
dalillarni ilmiy talqin
qilish
Kontekst
shaxsiy
mahalliy/milliy
global
Munosabat
tabiiy fanlarga qiziqish
tadqiq etilayotgan masalaga
ilmiy yondashish
atrof-muhit bilan bogʼliq
masalalardan xabardorlik
Ilmiy bilish turi
(bilim)
fanning
mazmuniga oid
metodologik
epistemik
2. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni baholash uchun topshiriqlardan namunalar
2.1. Asalari oilalarining nobud bo‘lishi sindromi
Dunyodagi mavjud asalari oilalariga xavfli hodisa tahdid solmoqda. Mazkur hodisa asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromi deb nomlanadi. Bu hodisa asalarilarning o‘z uyalarini tark etishi bilan ifodalanadi. Uyadan uchib chiqqan arilar nobud bo‘lishadi, natijada asalari oilalarining nobud bo‘lish sindromi o‘n milliardlab asalarilarning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, asalari oilalari halokatga uchrashining bir necha sabablari mavjud.
1-savol. Yuqorida keltirilgan “Asalari oilalarining nobud bo‘lishi sindromi”
matnini o‘qing. Savolga javob yozing.
Asalarilarni boqadigan va ularni o‘rganadigan odamlar uchun asalari
oilalarining nobud bo‘lishi sindromini tushunish muhimdir, biroq asalari
oilalarining nobud bo‘lishi sindromi asalarilardan boshqalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Qushlarni o‘rganadigan odamlar bunday ta‘sirni payqashgan. Kungaboqar asalarilar hamda ayrim turdagi qushlar uchun ozuqa manbaidir. Asalarilar kungaboqarning nektari bilan oziqlansa, qushlar ularning urug‘i bilan oziqlanadi.Yuqoridagi bog‘liqlikni inobatga olgan holda, nima sababdan asalarilarning yo‘q bo‘lib ketishi qushlar populyatsiyasining kamayishiga olib keladi?
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |