1. 2.5.Kimyoviy ta’limda rivojlantirish metodlari.
Kimyo ta’limida o’qitish va tarbiya masalalarini yechish bilan bir qatorda o’quvchilarning psixofizik, intelektual va manaviy rivojlanish (diqqatning tasvvur, xotira, ntuq, fikrlash, iroda, emotsiyalar, ehtiyojlarning rivojlanishi) masalalarini hala qilish ham ko’zda tutiladi.
Diqqatni rivojlantirish metodlari.
Diqqat-biron bir ob’ektga qaratilgan psixologik konsentratsiya holati. O’quvchilarning diqqatini rivojlantirish o’qituvchi o’quvchilarga har bir kimyoviy ob’ektning o’ziga xos reaksiyalar payrida sodir bo’ladigan matnlarni o’qishda tez va manosini chaqqan holda oqiy olishga, bir paytning o’zida bir nechta ishni bajara olishga o’rgatib borishi zarur.
Tasavvurni rivojlantirish metodalari. Kimyo o’qituvchisi o’quvchilarga ko’rgan kimyoviy ob’ektni tasavvur qilish va xotirasida saqlab qolishiga yordam berishi, kimyoviy ob’ektlarning rasmlari, sxemalari, shartli belgilarini tasvirlay olishiga o’rgatib borishi zarur. Tassavvurni rivojlantirish maqsadida kimyoviy insho, bazi kimyoviy ob’ektlarni modellashdan foydalanish zarur.
Xotirani rivojlantirish metodlari. O’quvchilarga turli ma’lumotlardan yozmasdan turib yodlab qolishiga, ma’lumotlarni sezgi organlari orqali idrok qilgandan keyin ongida saqlab qolishga, avvaldan ma’lum bo’lgan kimyoviy faktlar bilan taqqoslashga o’rgatib borish, o’quvchilarga emotsional ta’sirga ega qiziqarli, noananaviy materiallardan foydalanish zarur.
Fikrlash rivojlantirish metodlari quyidagi ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi:
O’quv gipotezalarini ilgari surish va aniq ta’riflash;
Ma’lum fakt va hodisalarni tushuntirishda kimyoviy nazariya va qonunlarni qo’llash;
Kimyoviy tushunchalarni to’g’ri ta’riflash;
O’z fikrlarini mantiqiy izchil bayon etish va to’g’ri xulosalar chiqarish;
Analiz, sintez, taqqoslash, aktsraktlash, umumlashtirishni bajarish;
Fikrlash qobilyati amaliy masalalar yechishda , kimyoviy ob’ektlarni modellashda, kimyoviy eksperiment o’tkazishda rivojlanadi.
Emotsiyalarni rivojlantirish metodlari. Emotsiyalar avvalambor o’quv materialini maxsus tanlash orqali vujudga keltiriladi. Kimyoviy tajribalar did bilan tayyorlangan ko’rgazmali qurollar o’quvchilarda quvnoqlik, lol qolish, hayron bo’lish hislarini uyg’otishi kerak. O’quvchilar o’z bilimlari va ko’nikamlari baholanish paytida chuqur hissiyotlarni o’tkazadilar. Bunda omad quvochi, muvaffaqiyatsizliklardan uyalish, sinf munosabati yoki baholash uslubidan qoniqmaslik, yuqori bahodan hayron bo’lish yoki bahoning past bo’lishiga ichki qarshilik va boshqa hissiyotlar chalkashib ketadi.
Motivlarni rivojlantirishning asosiy metodlari:
Ayni vaqatda o’qishning istiqbollariga yo’nalish;
O’quvchilarning faoliyatining faol turlariga kiritsh;
O’rganilayotgan ob’ekt, boshqa inson, o’z- o’ziga va o’zining faoliyatiga bo’lgan yangi munosabatlarning paydo bo’lishi;
Ta’lim tizimini nafaqat tayyor bilimlar, balki maxsus ishlab chiqilgan bilish masalalari sistemasi sifatida namoyon etish.
Masalan, “mis gidroksikorbanat (malaxit) ning parchalanishi” tajribasini bajarish paytidagi suhbat.
Modda qizdirilganda qandaydir o’zgarishlar sodir bo’ladi? (Ha)
O’zgarishlar sodir bo’layotganini qanday qilib bildinggiz? (Mmalaxit kukini qoraydi, gaz pufaklari ajraldi va ohakli suv loyqalanadi).
Bu xulosalarni qanday hodisalarga kiritasiz-kimyoviymi yoki fizikaviymi? (Kimyoviy)
Nima uchun (Yangi moddalar hosil bo’ladi)
Moddaning yana qanday o’zgarishini kuzatyapsiz? (Reeaksiya probirkasida suv tomchilarining hosil bo’lishi)
Moddani qizdirganda nechta yangi modda hosil bo’ladi? (Uchta: mis (II)oksid-qora, karbonat angidirid va suv)
Shunday qilib, bir moddadan bir yoki bir nechta yangi modda hosil bo’lishi bilan boradigan reaksiyalar parchalanish reaksiyalari deb ataladi.
Mustaqil ish- (M.L) kimyoviy ta’lim jarayonida keng qo’llaniladigan metod bo’lib, uning sinflanishi turli kriteriyalar asosida amalgam oshiriladi [18-20].
Do'stlaringiz bilan baham: |