1.2.3.Kimyoviy masalalar yechishning spesifik metod ekanligi.
Kimyoviy masalalar o’qitishning spesifik metodi sifatida ta’limiy jarayonning sifatini mukammallashtirishga; o’quvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlashga; bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash ko’nikmalarnishakllantirishga; shaxsning fikrlash va boshqa xossalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Hisoblashga doir, eksperimental va aralash kimyoviy masalalar farq qilinadi. Maktab dasturi bo’yicha o’quvchilar kimyoviy formula va tenglamalar yordamida masalalar ishlashni bilishlari zarur. Hisoblashga doir masalalarning quyidagi tiplarini o’quvchilar ishlab o’rganishlari zarur. Bular[32-34]:
-kimyoviy formulalar asosida moddalarning nisbiy molekulyar massasini hisoblash topish;
-reagentlar yoki mahsulotlardan birining ma’lum miqdoriga qarab kimyoviy tenglamadan massani topish;
-kimyoviy tenglama bo’yicha reagent yoki mahsulotlardan birining ma’lum miqdoriga qarab gaz hajmini hisoblash;
-eritmadan moddaning massa ulishi va massasini hisoblash;
-termokimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash;
-kimyoviy tenglamalar bo’yicha gazlarning hajmiy nisbatlarini hisoblash;
-gazlarning nisbiy zichligini hisoblash;
-reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri ortiqcha olinganda, kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash;
-reaksiya tenglamasi bo’yicha mahsulot unumini, nazariy chiqishiga nisbatan massa yoki hajmini aniqlash;
-boshlang’ich modda tarkibida qo’shimchalar tutganda uning massasi yoki hajmi berilganda mahsulot massasini yoki hajmini aniqlash;
-gazsimon holatdagi moddalarning molekulyar formulasini aniqlash;
-murakkab modda tarkibidagi elementlarning massa ulishlari ma’lum bo’lganda uning molekulyar formulasini topish.
Barcha keltirilgan hisoblashga oid masalalarni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:
Kimyoviy formulalar bo’yicha hisoblab yechiladigan masalalar.
Kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblab yechiladigan masalalar.
Eritmalarga oidmasalalar.
Kimyoviy formulalar keltirib chiqarishga doir masalalar.
Kimyoviy reaksiya tezligi va kimyoviy muvozanatga doir masalar.
Odatda, kimyodan barcha masalalar o’zining mazmuni bilan birinchi navbatda nazariya, qonun, jarayon, moddalarning xossalari va kimyoviy reaksiyalarning borish sharoitlari, hamda kimyoviy tenglama va formulalarni tuzishni ko’zda tutadi. Matematik hisoblashlar oddiy bo’lgani uchun, hisoblangan malalarni yechish nazariy materiallarni mustahkam o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Masalalarni muntazam yechib borish kimyodan va yondash fanlardan olingan bilimlarni amalda, o’xshash va yangi sharoitlarda qo’llashga imkon beradi. Bularning hammasi yuqori darajada mantiqiy fikrlashni talab etadi. Kimyodan barcha hisoblanadigan masalalarni shartli ravishda ikki asosiy guruhga bo’lish mumkin:kimyoviy formulalar bo’yicha yechish va reaksiya tenglamalari bo’yicha yechish. Lekiin masalalarning shart va mazmunlari juda ham turlicha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |