O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 211,4 Kb.
bet18/25
Sana30.07.2021
Hajmi211,4 Kb.
#133083
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Kuvvatova

Mustahkamlash : o’quvchilar bilan quyidagi jadvalni to’ldirish va masala yechish orqali amalga oshiriladi .

Moddaning nomi

Agregat holati

Spirt




Osh tuzi




Temir




Kislorod




Suv




Karbonat angidrid




Uyga vazifa (2 daqiqa): darslikning ------- – betlaridagi 10-§ni konspekt qilish.

Baholash. Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.
Biz sizlar bilan quyida metallamslarga oid sud jarayoni bilan tanishib chiqamiz.

Sudya (o’qituvchining kirish so’zi): Bugun biz siz bilan galogenlar guruhi ustidan sud o’tkazamiz. Ular o’zlarining faoliyati bilan insoniyatga ozmi ko’pmi darajada zarar keltirdilar, shu bois biz ular ustidan hukm chiqarib: ular bizning hayotimizda va davriy sistemada qolish huquqiga egami yoki ularni jamiyatdan ajratish va davriy sistemadan badarg’a qilish lozimmi degan masalani ko’rib chiqamiz.

Sudda ayblovchilar, advokatlar, sud maslahatchilari ishtirok etmoqdalar, shuningdek, betaraf ekspert ham taklif etilgan.

Bu masalani atroflicha muhokama qilganimizdan so’ng sud maslahatchilari ularni oqlash yoki badarg’a qilish to’g’risida hukm chiqarishlari lozim. Sizdan barcha asosiy jihatlarni o’z daftaringizga qayd qilib borishlaringiz talab etiladi. Galogenlarning 5 nafar vakili ham sizning oldingizda.

Ular Davriy sistemaning 7-guruhini asosiy guruhchasida o’z kvartirasida yashashadi. Ularning nomi Ftor, Xlor, Brom, Yod va Astat.



(doskada bitta ustunga galogenlarning kimyoviy belgilari va ularning atomlari tuzilishi yozib qo’yiladi)

Galogen atomlariga tavsif berish uchun so’z sud kotibiga beriladi.



Kotib: (doskada galogenlarning atomlari tuzilishini yozadi)



Guruhda yadro zaryad va atom radius kattalashadi.

Oksidlovchilik xossasi kamayadi, qaytaruvchilik esa ortadi.

SHunga muvofiq eng kuchli oksidlovchi FTOR hisoblanadi.



Sudya: Bergan ma’lumotlaringiz uchun raxmat, marhamat o’tirishingiz mumkin.

Ftor o’zining barcha birikmalarida faqat oksidlovchilik xossasini namoyon qiladi, bunda uning oksidlanish darajasi -1 ga teng bo’ladi.

Qolgan galogenlar qaytaruvchilik xossasini ham namoyon qilib +1, +3, +5, +7 oksidlanish darajalariga ega bo’lishlari mumkin.

Barcha galogenlarning molekulalari ikki atomli bo’ladi: (doskada galogenlarning molekulalari yozilgan taxtacha ilib qo’yiladi) F2, Cl2, Br2, I2.

Ularning molekulasida atomlararo qutbsiz kovalent bog’lanish mavjud. Qattiq holatda ular molekulyar kristall panjara hosil qiladi. SHunga muvofiq ularning suyuqlanish harorati past bo’ladi.

FTOR guruhning boshlig’i bo’lishiga qaramasdan, ularni boshqacha tartibda, ya’ni ularni kimyoviy arenada paydo bo’lish tartibida sud qilib chiqamiz. Ushbu guruhda XLOR boshqalaridan oldin kimyoviy arenaga kirib kelgan.

So’z uning qoralovchisi tomoniga beriladi. Siz xlor haqida nimalarni gapirib bera olasiz?



1-Qoralovchi. Xlor so’zi o’zbekchaga tarjima qilinganda “sarg’ish-yashil” degan ma’noni beradi.

Bu gaz o’tkir bo’g’uvchi hidli bo’lib, u erkin holda 1774 yilda Karlь SHeele tomonidan olingan. U juda faol modda. U ko’pchilik metall va metalmaslar bilan birikadi, ko’pchilik organik moddalarni yemiradi; biroq havo tarkibidagi gazlar va temir bilan birikish reaktsiyasiga kirishmaydi, shu bois, uni po’lat ballonlarda saqlanadi va tashiladi.

O’zining o’tkir bo’g’uvchi va zaharli hidi sababli birinchi jahon urushida nemislar kechqurun rus harbiylari joylashgan okopga sepib uni kimyoviy qurol sifatida ishlatganlar. U askarlarning ko’zini ko’r qilib qo’ygan. SHu kuni bir kechaning o’zida jang maydonida 15 ming askar halok bo’lgan.

Xlor sovutkichlarda ishlatiladigan freonlar tarkibiga kiradi. Freonlar atmosferaga ajralib chiqishi oqibatida Yerning ozon qatlamini yemiradi. Qoralovchi tomon XLORni badarg’a qilish hukmini chiqarishingizni so’raydi.



Sudya: Raxmat. O’tirishingiz mumkin. Bunga qarshi himoyalovchi tomon nima deydi?

1-Himoyalovchi.

Xlor tabiatda faqat birikma holida uchraydi. Uning tabiatda uchrovchi birikmalari bu galit (osh tuzi) – NaCl, silьvin - KCl, bishofit - MgCl2 va boshqalar.

Bishofit davolovchi vositadir. Undan yaralar, teri kasalliklari va revmatizmni davolashda foydalaniladi. Osh tuzi ovqatga ishlatiladi. Kaliy xloriddan mineral o’g’it sifatida foydalaniladi.

Xlor birikma holida inson uchun kerak, u hujayra suyuqligi va qon tarkibiga kiradi. Ko’p qon yo’qotgan kishiga osh tuzining 0,9% li eritmasi fiziologik eritma sifatida quyiladi. Xlor sanoatda xlorid kislota ishlab chiqarishda ishlatiladi, ko’pchilik dezinfektsiyalovchi vositalar tarkibida xlor tutadi, shaharlarda suv undagi kasallik tug’diruvchi mikroblarni o’ldirish uchun xlorlanadi. Xlorning birikmalaridan foydalanib gazlamalar oqartiriladi. SHuningdek undan gugurt ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Xlor xladogenlar (sovituvchi vositalar) tarkibiga kiradi. Sovituvchi vositalarsiz xolodilьniklar ishlamaydi. Xlor organik sintezda sun’iy charm, linoleum ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Yuqorida keltirilgan dalillarga asoslanib himoyalovchi tomon Xlorni javobgarlikdan ozod qilishingizni va unga davriy sistemada yashashiga ruxsat berishingizni so’raydi.

Sudya: Biz sizning talabingizni hisobga olamiz. O’tirishingiz mumkin.

Keyingi sudlanuvchi – bu YOD. Qoralovchilar so’z sizga.



2-Qoralovchi. 7 guruhning asosiy guruhchasining ikkinchi vakili - bu YOD.

Yod grekchadan tarjima qilinganda “binafsha” degan ma’noni beradi. U 1811 yilda frantsuz kimyogari B.Kurtua tomonidan kashf etilgan bo’lib, uning tomonidan qizdirilganda binafsha rangli bug’ hosil qiluvchi qora kukun holida olingan. U boshqa galogenlar kabi zaharli modda hisoblanadi. Uning 2-3 grammi o’limga olib kelishi mumkin. Qoralovchi tomon YODni davriy sistemada yashashga huquqiga emas deb hisoblaydi.



Sudya: Biz sizning fikringizni inobatga olamiz. So’z navbati himoyachiga beriladi.


Download 211,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish