O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Kimyoviy eksperiment spesifik metod sifatida



Download 211,4 Kb.
bet10/25
Sana30.07.2021
Hajmi211,4 Kb.
#133083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Kuvvatova

1.2.2.Kimyoviy eksperiment spesifik metod sifatida.

Kimyoning o’quv fani sifatidagi o’ziga xosligi, unikalligini kimyoviy eksperiment ta’minlaydi. U uchta vazifani bajaradi (o’qitish, tarbiyalash, o’quvchilarni rivojlantirish). Kimyoviy eksperriment tarbiya (mehnat, madaniy, iqtisodiy, ekologik va boshqalar); rivojlantirish (xotira,fikrlash, ijodiy, mustaqillik va boshqalar) o’qitishning turli vazifasini bajaradi.

Maktab kimyoviy eksperimenti quyidagi turlarga ajratiladi.


  1. Demonstratsion kimyoviy eksperiment.

  2. Laboratoriya kimyoviy tajribalari.

  3. Laboratoriya ishi.

  4. Amaliy ish.

  5. Laboratoriya praktikumi.

  6. Uydagi kimyoviy eksperiment.

Maktab kimyoviy eksperimentining muhim turlari va ularning didaktik xususiyatlari 3-jadvalda keltirilgan.


Demonstratsiya

Laboratoriya

Amaliy

1.Yangi materialni o’rganish

1. Yangi materialni o’rganish

1.O’rganilganni mustahkamlash,qo’llash

2.Kimyoviy ob’ektlar to’g’risida tasavvurlarni vujudaga keltirish

2.Yangisini samarali mustahkamlash

2.Bilimlarni amaliyotda qo’llash, ko’nikmalarni rivojlantirish

3.Yangi kimyoviy tushunchalarni shakllantirish




3.Eksperimental ko’nikmalarni mukammallashtirish

4.Jihozlar,xavfsizlik texnikasini ko’rsatish

4.Eksperimental ko’nikmalarning shakllanishi

4.Integrativ eksperimental ko’nikmalarning shakllanishi

5.Tadqiqot, illyustratsiya vositasi

5.Tadqiqot, illyustrasiya vositasi

5.Asosan illyustratsiya vositasi

Demonstratsion eksperimentning o’qituvchining o’zi yoki o’quvchi (shunga maxsus tayyorlangan) o’tkazadi.

Demonstratsion eksperimentning asosiy vazifalari: 1) kimyoviy hodisalarning mohiyatini ochib beradi; 2) o’quvchilarga laboratoriya jihozlarini namoyish etish; 3) eksperimental ish usullarini kimyoviy laboratoriyalarida ishlash xavfsizligi qoidalarini ochib berish.

Demonstratsion eksperiment jarayonida quyidagi talablar bajarish zarur:

1)ko’rinuvchanlik (barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishini ta’minlash);

2)ko’rgazmallilik (o’quvchilar tomonidan to’g’ri idrok qilinishini ta’minlash);

3)bajarishning be’nuqson texnikasi;

4) o’quvchilar va o’qituvchi uchun xavfsizligi;

5) eksperiment metodikasining optimalligi (eksperiment texnikasi va o’qituvchi so’zlarining muvofiqligi );

6)ishonchlilik;

7)ifodalilik (ob’ekt mohiyatini kuch va vositalarini minimal sarf qilgan holda ochish);

8)emotsionallik;

9)qisqa vaqtda bajarilishi;

10)did bilan bezatilishi;

11)bajarish texnikasining oddiyligi;

12)tushunish uchun qulay;

13)eksperimentni oldindan tayyorlash;

14)eksperiment metodikasi repetitsiyasi.

Demonstratsion eksperimentga tayyorgarlik

Material-texnik.



  1. Asboblarning mavjudligi va to’g’ri ishlab turganligini tekshirish, bo’lmasa topish, buzuq bo’lsa tuzatish;

  2. Reaktivlarning mavjudligi va sifatini tekshirish (yo’q bo’lsa- topish; sifat yomon bo’lsa-yangi eritmallar tayyorlash);

  3. Turli asbob qismlari, jihozlar, materiallarning mavjudligini tekshirish;

  4. Kimyoviy tajribadan kelib chiqishi mumkin bo’lgan ko’ngilliksizliklarning oldini olish va yo’qotish choralarini ko’rib chiqish;

  5. Demonstratsiya stolida jihoz va reaktivlarni ratsional joylashtirish;

  6. Demonstratsion eksperimentga bo’lgan barcha talablarga rioya etish;

  7. Eksperimentni bajarish texnikasining repetisiyasini o’tkazish

Metodik:

  1. O’qitish metodini tanlash (illyustrativ yoki tadqiqot);

  2. Eksperimentning so’z bilan muvofiqlik shakllarini tanlash;

  3. Eksperiment metodikasi repetisiyasini o’tkazish;

Laboratoriya tajribalariga tayyorgarlik:

  1. Tarqatma material komplektlarining mavjudligi va sifatini tekshirish (har bir o’quvchi stoliga);

  2. Asboblar mavjudligi va yaxshi ishlab turishini tekshirish;

  3. Reaktivlar mavjudligi va sifatini tekshirish;

  4. O’quvchilarning o’tkazilgan laboratoriya tajribalari va kuzatuv natijalari to’g’risida yozib berish shaklini tanlab qo’yish;

  5. Laroratoriya tajribasini o’tkazish bo’yicha yo’riqnoma (yozma yoki og’zaki) tayyorlash;

  6. O’quv mehnatining xavfsizlik choralarini ko’rib chiqish;

  7. Laboratoriya tajribalarini dars tarkibiga kiritish metodikasini ishlab chiqish va uni repetitsiya qilish.

Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik:

  1. O’quvchilarga oldinroq (yaxshisi bir hafta oldin); a)amaliy mashg’ulot mavzusi, maqsadi va mazmunini aytish; b)unga tayyorlanish uchun darslikdagi betlarni ko’rsatish; v) ish tartibi va uni bajarilishi to’g’risidagi hisobotni oldindan o’ylab ko’rishni taklif qilish;

  2. Jihozlar, reaktivlar, materiallar va asboblar komplektlarining mavjudligi va sifatini tekshirish;

  3. Amaliy mashg’ulotni o’tkazish rejasini ishlab chiqish, ishning maqsadi, mazmuni va uni bajarish tartibini aniqlash;

  4. Xavsizlik texnikasi bo’yicha joriy yo’riqnoma tayyorlash va o’quv mehnati xavfsizlik choralarini ko’rish;

  5. O’quvchilarning amaliy mashg’ulotga tayyogarligini tekshirish uchun suhbat mazmunini (savollar va o’quvchilarning tahminiy javoblari) ishlab chiqish;

  6. O’quvchilarning bajarilgan ish to’g’risidagi hisoboti shakli va mazmunini oldindan tayyorlash;

  7. Amaliy mashg’ulot metodikasini repetitsiya qilish


Download 211,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish