O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Kimyoviy ta’limda umummantiqiy metodlar



Download 211,4 Kb.
bet7/25
Sana30.07.2021
Hajmi211,4 Kb.
#133083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Kuvvatova

1.1.3. Kimyoviy ta’limda umummantiqiy metodlar.

Hozirgi kunda o’rta maktabdagi kimyo kursining mazmunigina emas, balki o’quv materialni bayon qilish mantiqi, metodlar, jumladan, umummantiqiy metodlarning optimal birlashuvidan foydalanish imkoniyatlari ham o’zgarib bormoqda. Shunga muvofiq bu guruhdagi har bir metodning ustun va zaif tomonlarini bilish zarur.

O’qitish jarayoning dinamik strukturasi ma’lum mantiqiy munosabatlarning realizasiya orqali vujudga keladi. Buni quyidagi sxemada ko’ramiz.

Xususiydan → xususiyga

Xususiydan →umumiyga

Umumiydan→ xususiyga

Umumiydan →umumiyga

Aniqdan→ mavhumga

Mavhumdan→ aniqga

Bo’lakdan→ butunga

Butundan→ bo’lakga

Emperikdan → nazariyga

Nazariydan → emperikga va hokazolar

Bu sxema kimyoviy ta’limda bo’lshi mumkin bo’lgan sxemalar

Induksiya (lotincha inductio- “yo’naltirish”) - xususiydan umuiyga o’tish. Masalan, o’rta maktabda kimyoni o’rganishning boshlang’ich bosqichi moddalar, kimyoviy reaksiyalar to’g’risidagi materialning yetarli zahirasini to’plashga imkon beruvchi induktiv metodlarning qo’llanishi bilan xarakterlanadi. Olingan material asosida kimyoviy tushunchalarga o’tish mumkin.

Deduksiya (lotinch deductio-“chiqarib olish”) - umumiydan xususiyga o’tish. Deduksiya va induksiya o’zaro uzviy bog’liq. Deduktiv metod odatda emperik materialni yig’ib nazariy tushuntirishdan keyin qo’llaniladi (sistemalash va undan barcha xossalarni aniq ketma-ketlikda chiqarish maqsadida). Kimyoviy ta’limda deduktiv metod yuqori sinflarda, o’quvchilar davriy qonun, atom tuzilish nazariyasi, kimyoviy bog’lanish to’g’risidagi ta’limotni o’rganib bo’lgandan keyin keng qo’llaniladi. D.I.Mendeleyev davriy jadvalidagi o’rni asosida kimyoviy elementlarni tavsiflash deduktiv yondashuvga misol bo’ladi.

Analogiya (yunoncha analogia- “mos kelish”) - tekshirilayotgan ob’ektlar ma’lum belgilarining o’xshashligi asosida boshqa belgilarda ham o’xshashlik bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi xulosa chiqarish. Masalan, xlorid kislota indikatorlarga ta’sir qiladi, zux, mis(II)oksid, kaliy gidroksid, kalsiy karbonat bilan reaksiyaga kirishadi. Sulfat kislota eritmasi ham indikatorlarga ta’sir qiladi, rux, mis(II)oksid, kaliy gidroksid bilan reaksiyaga kirishadi. Bu eritma kalsiy karbonat bilan ham ta’sirlashishi mumkin.

Analiz (yunoncha “analyusis”- “parchalanish”) - butunni mantiqiy (fikran) yoki amaliy jihatdan bo’laklarga ajratish metodlari va bo’laklarni butunga biirlashtirish. Masalan, suvni elektroliz qilish orqali uning tarkibini analiz qilish mumkin.

Taqqoslash - kimyoviy ob’ektlarni ular orasidagi farq va o’xshashliklarni aniqlash maqsadidagi solishtirish metodi. Taqqoslash metodi analogiya bo’yicha xulosa chiqarishda muhim ro’l o’ynaydi, umumlashtirishning zarur asosidir. Taqqoslash maqsadli bo’lishi kerak: nimani taqqoslash kerakligini bilish zarur. Buning uchun o’xshash va farq qiluvchi belgilarni ajratish kerak (masalan, moddalarning agregat holati, fizik xossalari, kimyoviy xossalari, reaksiya tezligi, kimyoviy jarayonlar qaytarligi va hokazolar). Kimyo o’qitishda taqqoslash belgilarini sekin-asta ko’paytirib borishi kerak.

Umumlashtirish - xususiydan umumiy bilimga o’tishning mantiqiy metodi. Bu metodning natijasi umumlashtirilgan tushuncha, kimyoviy qonunlar, kimyoviy nazariyalar. Masalan, “asosli oksidlar” tushunchasidan “oksidlar” tushunchasiga o’tishda asosli oksidlarga xos belgilar olib tashlanadi.

Abstraktlash (lotincha abstractio - “chetlashish”) - kimyoviy ob’ektlarning bir qator belgilaridan fikran chetlashib bitta muhimroq belgini ajratish metodi. Kimyo ta’limida abstrakt tushunchalar (kimyoviy element, atom, metall, metllmas, model va boshqalar) keng qo’llaniladi. Abstraktlash metodlari turli kimyoviy tushunchalarni (kimyoviy nazorat, to’g’ri, teskari reaksiyalar, oksidlanish darajasi, valentlik va boshqalar) shakllantirishda zarur bo’ladi.

Konkretlash (lotincha concretus - “quyuqlashgan, yopishgan”) - kimyoviy ob’ektlar xilma-xilligini kimyoviy elementlar, turli organik, noorganik moddalarni o’rganish metodi. Sodda mantiqiy sxemada konkret kimyoviy ob’ektni o’rganish (masalan, temir yoki oltingugurt).

Sistemalash (yunoncha sistema –“bo’laklardan iborat birlashgan”)- kimyoviy ob’ektlarni butun xossalarga ega sistemaga solish metodi.

Umummantiqiy metodlarga modellash, oldindan aytish, tushuntirish kiradi.


Download 211,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish