Ishning ilmiy yangiligi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo o’qitishning o’qitishning o’ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o’rganilib,ularni uslubiy jihatdan to’g’ri hal etishda noan’anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi
1- BOB. KIMYO O’QITISH METODLARINING UMUMIY TAVSIFI
1.1.Kimyo o’qitishdagi umumiy metodlar
1.1.1. “O’qitish metodlari” tushunchasi
“Metodika” nomi “metod” (yunoncha metodos-tadqiqot, yo’l) og’zakiidan kelib chiqqan. Falsafa lug’atida metod maqsadga erishish yo’li, ma’lum tartibga solingan faoliyat. Maorif va o’qitish metodlarning muammosi nafaqat kimyo o’qitish metodikasi va nazariyasida, balki didaktikada ham yetarlicha ishlab chiqilgan emas. “o’qitish metodlari” tushunchasining aniq ta’rifi ommalashgan tasnifi mavjud emas.
Didaktikada o’qitish metodlari deganda ta’lim maqsadlariga erishishga qaratilgan o’quvchilar va o’qituvchi o’rtasida o’zaro bog’langan tartibga solingan faoliyat usullari tushuniladi. G.I.Shukina o’qish metodlarini o’quv jarayoning eng murakkab, ko’p sondagi aloqalar va ular orasida bog’liqliklarga xizmat qiluvchi komponenti deb qaraydi. O’qitish metodlari u 4 ta aspektni (gnoseologik, mantiq-mazmuniy, psixologik va pedagogik) va 4 ta funksiyani (undovchi, o’qituvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi) ajratadi.
Kimyo o’qitish metodikasida ham “kimyo o’qitish metodlari” tushunchasiga hozircha aniq ta’rif yo’q. I.N.Borisov o’qituvchi o’quvchilarga bilim va ko’nikma berishda hamda dunyoqarashni shakllantirishda foydalanadigan vositalar yig’indisini o’qitish metodlari deb ataydi.
V.P.Gorkunov kimyoni o’qitish metodlarini ko’pchilik komponentlardan iborat murakkab pedagogik ma’lumot sifatida qarydi. U eng muhim 3 ta aspektni ajratadi: bilish- tadqiqot (o’quv fani mazmunini o’z- o’zidan harakatini aks ettiruvchi), mantiqiy (kimyo o’qitish metodlarining ichki tomonini o’z-o’zidan harakat shakllarini xarakterlovchi), tashkiliy (kimyo o’qitish metodlarining ichki tomonini,bayon qilish metodlari, mustaqil ishni xarakterlovchi).[3]
O’qitish metodlarini tasniflash muammosini hal qilish qiyin bo’lib qolmoqda. Tasnif sistemalarining turli tumanligi ularini asoslashga turlicha yondashishga bog’liq.
Kimyogar- didakt va metodistlar o’qitish metodlarini sinflash uchun asos sifatida bilim manbalari (E.A.Goland, S.I.Perovskiy, P.I.Gruzdev, S.G.Shapovalenko), didaktik maqsadlar (M.A.Danilov, M.M.Levina, D.M.Kiryushkin, V.S.Polosin), o’quvchilarning bilish faoliyati darajalari (L.Y.Lerner, M.N.Skatkin, M.I.Maxmutov, M.I.Lametkin) tavsiya etadilar. O’qitish metodlarini sinflash maqsadida olimlar bilimlar manbalari va mantiqiy negiz asosidagi (N.M.Verzulin, E.P.Brunovey, B.E.Raykov, R.G.Ivanova, M.M.Levina); bilim manbalari va o’quvchilar faoliyatining xarakteri asosidagi (R.G.Ivanova) binar sistemalarni, bilim manbalari, o’quvchilarning bilish faoliyati darajasi va bilishning mantiqiy yo’li asosidagi (V.F.Palamarchuk, V.I.Palamarchuk, M.I.Laxmetkin) uch o’lchamli sxemalarni va tetraedrik sxemani (S.G.Shapovalenko) tavsiya etadilar.
Keyingi paytlarda o’qitish metodlarini sinflashga faoliyativ yondashuv kuzatilmaoqda. Y.K.Babanskiy metodlarining quyidagi guruhlarini ajratadi:
O’quv bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari;
O’quv billish faoliyatini motivasiya va stimulyasiya qilish metodlari;
O’quv bilishjarayonini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari.
V.P.Garkunov o’zining o’qitish metodlari tasnifida strukturaviy funksional va darajaviy yondashishlarni amalga oshiradi. U metodlarni o’qitish jarayoning funksional elementlari kabi ko’rib chiqqan holda tasnif uchun asos sifatida 3 muhim kriteriyani ajratadi: kimyo o’qitish jarayoning dinamik strukturasi, uning mazmuni va o’qituvchi o’quvchilarning o’zaro faoliyati. Muvofiq ravishda V.P.Garkunov o’qitish metodlarining 3 guruhini farqlaydi:
1. Umummantiqiy 2. Umumpedagogik 3. Spesifik (kimyoviy tadqiqot)
R.G.Ivanova kimyo o’qitish metodlari sistemasida umumiy metodlar (tushuntirish- namoyish, qisman izlanish va tadqiqot), xususiy metodlar (og’zaki, og’zaki- ko’rgazma, og’zaki- ko’rgazma- amaliyot) va metodik usullarni ajratadi. Xususiy metodlarning har biri ma’lum metodik usullar yig’indisiga ega. Masalan,og’zaki metodlarining guruhi bayon, suhbat, matn bilan mustaqil ishlashni o’z ichiga oladi; og’zaki- ko’rgazma metodi o’z ichiga namoyish qilgan holda bayon etish, illyustratsiya bilan birgalikda suhbatni, matn va ko’rgazmali qurol bilan mustaqil ishlashni o’z ichiga oladi. Og’zaki- ko’rgazmali- amaliy metodlari o’quvchilarning tarqatma material bilan ishlashi, kimyoviy tajribalar, asboblarni tuzish, modellastirish, yozma va grafik ishlarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |