1.2.4.Kimyoviy ta’lim jarayonida tarbiya metodlari.
Kimyoviy ta’limda pedagogikada taklif qilingan 3 guruh tarbiya metodalari qo’llaniladi:
Faoliyat jarayonida o’zini tutushning ijobiy tajribasin shakllantirish metodlari o’quvchilarni ijobiy harakatlar qilishga undovchi pedagogik talablar va omma fikri; ma’lum xulqni shakllantirish va odatlanishiga yordam beruvchi mashqlar o’tirish;
Ong tushuncha, fikirni shakllantirish metodalari; etik va boshqa tushunchalarni tushuntirish; estetik, ekologik, siyosiy suhbatlar, hikoyalar, disputlari;
Rag’batlantirish (maqullash, maqtash, minnatdorchilik bildirish, mukofotlash) va jazolash (tanbeh, xayfsan, muhokama, mashg’ulotdan chiqarib yuborish, boshqa sinflarga o’tkazish)
Hozirgi zamon maktabida kimyoviy ta’lim uzluksiz o’zgarib turgan ijyimoiy- iqtisodiy sharoitda yuqorida ko’rsatilganlar amalga oshiriladi. Bunday sharoitda yuqorida ko’rsatilgan tarbiya metodlaridan boshqalari ham qo’llanilishi zarur.
Ijtimoiy yo’nalgan ta’lim metodi. Bu metod o’quvchilar tomonidan qadriyatlar, xulq- atvor namunalarining o’zlashtirilishini ko’zda tutadi. Bunda buyruq, qaror, so’roq, tanqit, tahdid, ogohlantirish, nasihat, oyaliqqa olish, shahsiy muvaffaqiyatga urg’u berish kabi metodlardan foydalaniladi. (N.E.Shurkova). Biroq ijtimoiy yo’nalgan metodlani qo’llagan paytda kimyo o’qiyuvchini o’quvchining “Men” iga bosim o’tkazilayotgani va bu unda passivlik, befarqlik va boshqa oqibatlarga olib kelishini esda tutishi kerak.
Pedagogik ta’sir metodi. Pedagogik ta’sir tovush, rang, yorug’lik, kimyoviy tajribaning ta’siridan sifat jiatdan farq qiladi. O’qituvchining psixofizik aparati (ovoz, og’zaki, mimika, qo’l harakati, harakat ritmi, qiliqlari, baholari) qo’llaniladigan bevosita pedagogik ta’sir metodalari va turli ta’lim vositalari (natural jismlar, tasviriy va grafik qo’llanmalar) qo’llaniladigan bevosita pedagogik ta’sir metodlari farqlanadi.
Kompromiss metodi. Bu metod subektlari: o’qiyuvchi- o’quvchi, o’qituvchi- o’quvchilar guruhi, o’qituvchi ota-onalar, o’quvchi-o’quvchi orasidagi ziddiyatlar bartaraf etishning eng qulay metodir kompromiss- bu ikki tomonlama ulay chekinish. Kimyo o’qituvchisi o’quvchining ijtimoiy qadriyatlaridan chetlanmagan talablarni qabul qilgan holda o’zining hurmatini ham yo’qotmaydigan talablarni qo’yadi.
O’quvchilar ongida o’qituvchining yoqimli qiyofasini shakllantirish metodi. Kimyo o’qituvchisi doimo o’zini chetdan nazorat qilib, o’zining mimik, plastik, verbal, rang qiyofasini baholab berishi zarur.
Verbal qiyofani shakllantirish metodlari. Kimyo o’qituvchisi doimo o’z nutq madaniyati ustida ishlashi va nutq qobilyatini mukammallashtirib borishi zarur.
Mimik qiyofani shakllantirish metodlari. Tabiiy qiyofa o’qituvchining mimik qiyofani shakllantirishda muhim ro’l o’ynaydi, ammo u muomala paytida ikkinchi p;anga o’tadi. Muomala paytida shaxs portretida tabassum, ko’zlarning chaqnashi kabi harakatlar qayd qilinadi. Kimyo o’qituvchisining mimik qiyofasi eng kuchli ta’limiy vositalardan biri sifatida o’z ichiga “jahldor yuz”, “jahl qarash”, “chimrilgan qoshlar” ni olmasda balki “xushchaqchaq chehra”, “isarasi issiq”, “yoqimli tabassum” lardan iborat bo’lishi kerak.
Plastik qiyofa shakllantirish metodlari. O’qituvching tashqi qiyofasi, harakatlar tempi, qaddini tutishiga e’tibor berishidan iborat.
Rang qiyofasi shakllantirish metodlari. O’qituvchining kiyimi hamda sochining va ko’zlarining rangi o’rtasida muvofiqlikka erishish usullaridan iborat.
Pedagogik polliativ metodi. Kimyo o’qituvchilari bu metodn ko’pqo’llaydilar. O’qituvchi o’quvchi tomonidan ijtimoiy meyorlardan chiqib ketishini “ko’rmaydi”, “e’tibor qilmaydi” ammo kelajakda bu ishlar takrorlanmasligi uchun sharoit tayyorlaydi. O’ining professional g’ururini orqaga surgan holda o’qituvchi o’quvchi faoliyatida eng kam bo’lsa ham yaxshi tomonini topa olishi, maksimal darajada sabrl bo’lishi diqqatning markaziga o’quvchi shaxsini qo’yishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |