1-mavzu. Kirish. Ma’naviyat xazinasi. (1 soat)
Badiiy adabiyot va yoshlar ma’naviyati. Adabiy asarlarning insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishdagi o‘rni. Komil inson tarbiyasida kitobning ahamiyati. Axloq-odob bilan badiiy adabiyot o‘rtasidagi mushtaraklik. Adabiyotning odob so‘zidan olinganligi. Xalq va mamlakatning ma’naviy-madaniy ravnaqida badiiy adabiyotga muhabbatning muhim ahamiyatga ega ekanligi.
Bola – uchqur xayol egasi
(12 soat, A2+:8 soat )
2-4-mavzu. G‘afur G‘ulom. “Shum bola” qissasi. (3 soat, A2+: 5 soat)
G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“Shum bola” qissasida topqir, hozirjavob bola obrazining hajviy talqin etilishi. Hayotiy hodisalarga kulgi nazari bilan qarash, qissada yozuvchining tarjimai holiga doir unsurlarning ifodalanishi va bu holning yozuvchi ijodiy uslubiga xos xususiyat ekanligi. Asar tilidagi xalqchillik, jamiyatning turli tabaqalariga xos jihatlarning mohirona tasvir etilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |