11-13-mavzu. Janni Rodari. “Hurishni eplolmagan kuchukcha”. (3 soat A2+:4 soat)
O‘tgan asrning eng mashhur adabiy ertakchisi Janni Rodari hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning “Rim ertaklari” asari va “Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumi to‘g‘risida. Bir ertakning uch turli tugallanishi jahon ertakchiligi tarixidagi yangilik ekanligi va buning ma’rifiy-didaktik ahamiyati. “Hurishni eplolmagan kuchukcha” ertagining turli tugallanishlarida kuchukchaning turlicha holati tasviri va buning sabablari.
Ertakning uchinchi tugallanishidagi tabiiylik va kuchukning sevinib ketishi sabablari. Ertakning badiiy jihatlari va undan kelib chiqadigan ijtimoiy ma’no. Ertakning to‘rtinchi va hokazo tugallanishini o‘quvchilarga vazifa qilib berish mumkinligi va uni muhokama qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |