Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Nazorat ishi: Test topshiriqlari asosida. (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar:
G‘afur G‘ulom. “Shum bola” qissasi.
Turob To‘la. “Yetti zog‘ora” qissasi.
X.To‘xtaboev. “Sariq devni minib” romani.
Janni Rodari. “Hurishni eplolmagan kuchukcha” asari.
Kechagi kun saboqlari
(14 soat, A2+:6 soat)
14-15-mavzu. Muqimiy. “Tanobchilar” asari. (2 soat)
Muqimiyning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Muqimiyning “Tanobchilar” hajviyasida foydaxo‘r, imonsiz va yolg‘onchi kimsalarning tasvir etilishi. Hajv qahramonlari Sulton Ali va Hakimjon o‘rtasidagi munosabatlar tufayli tug‘iladigan hajviy kulgining kuchi. Muqimiy asarlarining xalqchilligi, soddaligi va ta’sirchanligi.
Hajviya haqida tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |