Takrorlash: (1 soat)
“Vatan” (Shukur Qurbon), “Tog‘larning oq ro‘moli...” (M.Ulug‘ova), “Bir daraxtning so‘nggi qo‘shig‘i” (Usmon Azim), “Vatan” (Muhammad Ali), “Vatan” (Xurshid Davron), “Yo‘q halovat istamayman” (E.Vohidov), “Vatan yoshlari” (Azim Suyun), “So‘nggi qo‘ng‘iroq” (Humoyun) asarlari asosida takrorlash.
Ifodali o‘qish mashqi: (1 soat)
Mavzularni o‘rganish va amaliy mashg‘ulotlar uchun – 32 soat
Takrorlash uchun – 2 soat
6- SINF
(68 soat, haftasiga 2 soat, A2+: 102 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish.
A2+
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash va ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
A2+
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |